O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə2/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

1-mavzu
.
Sug‘urtaning mohiyati
va funksiyalari
Sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
Sug‘urtaning funksiyalari.
Bozor munosabatlari takomillashuvi
iqtisodiy infratuzilmaning qaror topishi
bilan birgalikda kechadigan jarayondir.
Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi
sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi
tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali
turli sug‘urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot subyektlari
manfaatlarining himoyasini ham o‘z zimmasiga oladi.
Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini
himoya qilish, ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi
ehtimol bo‘lgan zararlarini qoplashning zaruriy vositasi sifatida
paydo bo‘ldi hamda rivojlandi. Shunday anglanilgan zarurat —
aniq sug‘urta manfaatlari negizida sug‘urta munosabatlari yuzaga
keldi.
Sug‘urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan
qat’i nazar, sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir.
Ta’kidlash lozimki, sug‘urta munosabatlari — murakkab va keng
qamrovli moliyaviy-pullik iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, ular yuzaga
kelishi uchun o‘zaro bog‘liq shart-sharoit majmuasi mavjudligi ham
muhimdir.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida
ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllantirilmoqda. Mamlakatimizda «2001-
yili 63 mingga yaqin korxonalar xususiy tarmoq vakillari sifatida faoliyat
ko‘rsatgan»
1
bo‘lsa, «2002-yilda ... ularning umumiy soni 240 mingtaga
Sug‘urtaning ijtimoiy-
iqtisodiy mohiyati
1
Qarang: «Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan
foydalanish — bosh yo‘limiz». Prezident Islom Karimovning 2001-yilda
Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, iqtisodiy islohotlarning
borishini baholash hamda 2002-yilgi vazifalarga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi
yig‘ilishida so‘zlagan nutqi.// «Xalq so‘zi» gazetasi, 2002-yil, 16-fevral.


6
yetdi»


1
. «2003-yilda tasdiqlangan xususiylashtirish dasturi doirasida...
980 dan ziyod xususiy korxona va mulkchilik shakli davlatga tegishli
bo‘lmagan 400 ta boshqa turdagi korxonalar tashkil etildi»
2
.
«2005—2006-yillarda xususiylashtirish dasturiga muvofiq 627
davlat korxonasi, obyektlar, aksiyalar paketlari va ulushlar sotil-
gan..., joriy yilning 9 oyi mobaynida 729 davlat korxonasi
mulkchilik shaklini o‘zgartirdi, 659 korxona va obyektlar xususiy
mulkdorlar tomonidan sotib olindi»
3
.
O‘zbekistonda tadbirkorlikning rivoj topishi jarayonida turli
risklarning yuz berishi ehtimoli mavjudligi, shuningdek, ijtimoiy
hayotning o‘zida namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarama-
qarshiliklar subyektlarning sug‘urta faoliyatiga, xususan, risklar
transferiga bo‘lgan munosabatlarini ijobiy tomonga o‘zgartirdi.
Sug‘urta faoliyati bozor munosabatlarining eng muhim unsuriga
aylandi. «Sug‘urta faoliyati deganda sug‘urta bozori professional
ishtirokchilarining sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati
tushuniladi»
4
. «Shu narsa aniqki, bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi
subyektlar... sug‘urta tizimisiz samarali ishlash, investitsiya
faoliyati bilan shug‘ullanish, kredit olish imkoniyatiga ega emas»
5
.
Shu o‘rinda, ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)da
uzluksizlikni ta’minlash imkoniyatini yaratish maqsadiga
yo‘naltirilgan, mulkchilik shakllariga ko‘ra, maxsus qayta
taqsimlash munosabatlari tizimi mavjudligi iqtisodiyot subyektlari
1
«Islohotlar strategiyasi — mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir».
Prezident Islom Karimovning 2002-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivoj-
lantirish yakunlari va 2003-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi.// «Xalq
so‘zi» gazetasi, 2003-yil, 18-fevral.
2
Qarang: «Erishgan marralarimizni mustahkamlab, islohotlar yo‘lidan izchil
borish — asosiy vazifamiz». Prezident Islom Karimovning 2003-yilda mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2004-yilda iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi maj-
lisidagi ma’ruzasi.// «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004-yil, 10-fevral.
3
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-oktabrda
bo‘lib o‘tgan majlisi materiallari. // «Xalq so‘zi» gazetasi, 2005-yil, 21-oktabr.
4
O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni, 3-
modda.
5
Qarang: «Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish — eng
muhim vazifamiz». Prezident Islom Karimovning 1999-yilda mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2000-yilda iqtisodiyotni erkinlashtirish va
islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar
Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.// «Xalq so‘zi» gazetasi, 2000-yil, 16-fevral.


7
ravnaqiga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda ularning mulkka egalik


qilish, undan foydalanish hamda daromad olishlari kabi
manfaatlari yuzaga chiqadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda sug‘urta faoliyatida talab
darajasidagi risk transferi shakllanishi va rivojlanishi hamda uni
ilmiy asosda o‘rganish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb
etmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyot subyektlarining erkinliklari kengayib
borayotgan, ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish,
xizmat ko‘rsatish)ning yangi turlari o‘zlashtirilishi sug‘urta faoli-
yatida risk transferining ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish va
takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojni orttirmoqda.
Sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini to‘liqroq ochib berish
uchun ilmiy adabiyotlarda bu masalaga bo‘lgan yondashuvlarni
o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Ularda «sug‘urta-xizmat ko‘rsatish
industriyasi»
1
ekanligi qayd etilgan, shunga asoslanib, keyingi
yillarda xalqaro iqtisodiy atamashunoslikda «xizmatlar iqtisodiyoti
nazariyasi» qaror topayotganligini ta’kidlash mumkin.
Sug‘urta faoliyatida o‘z mohiyati nuqtayi nazaridan, aynan
«xizmat» tushunchasi fundamental hisoblanadi. Sug‘urtachi
tomonidan taklif etilayotgan «xizmat» o‘zida dastlab moddiylik-
ni aks ettirmaydi, ya’ni u o‘z mijoziga faqat «va’dani sotadi».
Shu nuqtayi nazardan xalqaro savdoda unga «ko‘rinmaydigan
faoliyat»
2
deb ham tasnif beriladi. Sug‘urtalanuvchiga shartnoma
tuzilganligini tasdiqlovchi dalil-hujjat sifatida «polis»
3
beriladi,
xolos. Sug‘urta shartnomasida sug‘urtalanuvchiga sug‘urta
voqeasiga ko‘ra, ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararining ekvivalent
qiymatidagi pul to‘lovi (ayrim hollarda mol-mulk ko‘rinishida)
ta’minlanishi nazarda tutiladi. Shartnomaning bajarilishi unda
qayd etilgan ma’lum davr oralig‘ida amalga oshiriladi.
Sug‘urtachining sa’y-harakati o‘z mijozlarini sug‘urta polisini
sotib olishlari orqali foydali kelishuvni amalga oshirganliklariga
ishontirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi muhimdir.
Mamlakatimizda bosqichma-bosqich bozor munosabatlari
shakllanishi va rivojlanishi, iqtisodiyot subyektlarining yuksak
1
Qarang: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland,
The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993. p. 1 b. 3.
2
Qarang: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland,
The Chartered Insurance Institute, Great Britain, 1993. p.1 b. 4.
3
Qarang: Åôèìîâ Ñ. Ë. Ýíöèêëîïåäè÷åñêèé ñëîâàðü. Ýêîíîìèêà è
ñòðàõîâàíèå. M.: Serix -PEL, 1996. I-X, ñ. 347.


8
darajadagi iqtisodiy mustaqilligi, erkinligi darajasi ortib borayotgan


jarayonda doimo risklar mavjud bo‘lishi kuzatiladi. Ular
manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va doimiy
takrorlanib turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya’ni o‘ziga xos
bo‘lgan maxsus xizmat bilan sug‘urta shug‘ullanadi.
«Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan
sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan
muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda, ushbu shaxslarga
sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini)
to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi»
1
.
Sug‘urtaning o‘ziga xos funksiyalari uning
doimiy takrorlanib turuvchi qator vazi-
falarida namoyon bo‘ladi. Sug‘urtaning
funksiyalari (Sf) riskdan himoya (RH), ogoh etish (OE),
investitsiya (I), jamg‘armachilik(J)dan, ya’ni: Sf=RH+OE+I+J
dan iborat bo‘lgan bo‘lsa, XXI asr boshida uning yangi (axborot
berish va texnologik (AT), shuningdek, rivojlanayotgan davlatlar
misolida ijtimoiy himoya (IH) kabi funksiyalari namoyon
bo‘layotganligi haqida ham fikr bildirish mumkin. Sug‘urta
funksiyalarining yangi majmuasi (1-chizma) Sf=RH+IH+OE+
+I+J+AT kabilardan iborat bo‘lib qoldi.
Individual sug‘urta doirasida har bir shaxs o‘z ehtiyoji hamda
manfaatidan kelib chiqib, sug‘urta shakli va qoplama summasi
hajmini ixtiyoriy asosda belgilaydi. Shu o‘rinda, sug‘urta faoliya-
tining ijtimoiy himoya funksiyasi yaqqol namoyon bo‘ladi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin