1 7
va qabul qilib olish punktlari) bayon etilgan arizani taqdim etsa
yetarli, yuk avtomatik ravishda sug‘urtalangan hisoblanadi.
Kvotali qayta sug‘urtalash — sug‘urta
kompaniyasi qayta
sug‘urtalovchi kompaniya bilan kelishgan holda unga risklarning
bir qismini beradi. Bu operatsiya
kvota shartnomasi orqali
rasmiylashtiriladi. Qayta sug‘urtalovchi kompaniyaga sug‘urta
mukofotining tegishli qismi beriladi va qayta sug‘urtalovchi
kompaniya mutanosib ravishda ko‘rilgan
zararni qoplashda
ishtirok etadi.
Vositachilik haqi — mijozlarni sug‘urtaga tortganligi uchun
sug‘urta kompaniyasi tomonidan vositachilarga (sug‘urta brokeri,
agent) to‘lanadigan haq. Vositachilik haqining miqdori sug‘urta-
ning turiga va kelib tushgan mukofotning hajmiga bog‘liq holda
sug‘urta mukofotiga nisbatan foizlarda to‘lanadi.
Sug‘urta polisi — sug‘urta shartnomasi tuzilganlik faktini
tasdiqlovchi hujjat. Sug‘urta polisida quyidagi rekvizitlar bo‘lishi
shart: sug‘urta kompaniyasining
yuridik manzili, sug‘urta-
lanuvchining nomi, sug‘urta obyekti, sug‘urta
mukofotining
miqdori, shartnomaning amal qilish muddati. Sug‘urta qoplamasini
to‘lashda sug‘urtalanuvchi sug‘urta polisini sug‘urta kompaniyasiga
taqdim etishi zarur.
Sug‘urta dalolatnomasi — sug‘urta hodisasi ro‘y berganda
sug‘urta kompaniyasi tomonidan tuziladigan hujjat. Dalolatno-
mada mol-mulkning zararlanish yoxud nobud bo‘lish sabablari,
ko‘rilgan zarar miqdori va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘ladi.
Dalolatnomaga, zarur hollarda, sug‘urta hodisasi va mol-mulkning
zararlanganligini tasdiqlovchi tegishli tashkilotlarning (yong‘inga
qarshi kurash, davlat avtomobil nazorati, qishloq xo‘jaligi,
veterinariya xizmati va boshqalar) yozma xulosasi ilova etiladi.
Xalqaro sug‘urta munosabatlarida sug‘urta dalolatnomasini
adjaster yoki avariya komissari tuzadi va mohiyatan avariya
sertifikatiga yaqinlashadi.
Dostları ilə paylaş: