O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
X . S H E N N A Y E V , T . B A Y M U R A T O V
SUG‘URTA ISHI
Kasb-hunar kollejlari uchun
o‘quv qo‘llanma
T O S H K E N T
2006
2
© «Turon-Iqbol», 2006-y.
M a s ’ u l m u h a r r i r :
A.Vahobov, i.f.d., professor.
Taqrizchilar:
A.Jo‘rayev, i.f.d., professor,
P.Saidxodjayev, i.f.n., dotsent.
1805040400- 28
SH
2006
M 361( 04)- 2006
3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlar bozor munosabatlari talablariga mos bo‘lgan sug‘urta
tizimini barpo etishni taqozo etdi. Mustaqillikning dastlabki yillarida
mamlakatda yagona — davlat sug‘urta organlari faoliyat yuritgan
bo‘lsa, hozirgi paytda raqobat muhitida sug‘urta xizmatlarini
ko‘rsatuvchi 25 ta turli mulk shaklidagi sug‘urta tashkiloti va 300
dan ortiq ularning filiallari mavjud. Mavjud sug‘urta tashkilotlari-
ning 5 dan ziyodi xorijiy kapital ishtirokidadir. Hozirgi paytda,
ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, sug‘urta tashkilotlari va ularning
filiallarida 3000 dan ortiq mutaxassislar ishlaydi.
Bugungi kunda aholiga munosib
turmush tarzini yaratish,
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash, tadbirkorlik
faoliyatini kengaytirish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‘jalik
tizimiga integratsiyalashuvini jadallashtirish — hukumat olib
borayotgan siyosatning markaziy o‘rinlaridan birini egallaydi.
Milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga erishishda sug‘urta
tizimi muhim ahamiyatga ega.
Birinchidan, oldindan ko‘rib
bo‘lmaydigan tabiiy va boshqa hodisalarning ro‘y berishi oqibatida
ko‘rilgan zararlarning sug‘urta yo‘li bilan qoplanishi korxona va
tashkilotlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydi, ikkinchi-
dan, sug‘urta tashkilotlarida zaxira shaklida yirik miqdorda bo‘sh
pul mablag‘larining mavjud bo‘lishi investitsion resurslarga bo‘lgan
ehtiyojni qondirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Yildan yilga respublikamizda sug‘urta tashkilotlari tomonidan
yig‘ib olinadigan sug‘urta mukofotlari miqdori o‘sib bormoqda.
Buni quyidagi raqamlardan ham bilib olish mumkin: 2000-y. —
8349,4 mln so‘m; 2001-y. — 16236,8 mln so‘m; 2002-y. —
21606,3 mln so‘m; 2003-y.— 27064,5 mln so‘m; 2004-y. —
32875,4 mln so‘m.
Iqtisodiyotning rivojlanishida sug‘urta sohasi strategik aha-
miyatga ega bo‘lganligi uchun ushbu tarmoqni rivojlantirishga
4
mamlakat rahbariyati va hukumati tomonidan katta e’tibor
berilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida» 2002-yil 31-yanvarda qabul qilgan
Farmoniga muvofiq, 2002-yilning 1-fevralidan boshlab, mulkchilik
shakllaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat
ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlari 3 yil muddatga daromad
(foyda) solig‘i to‘lashdan ozod etildi. Soliq to‘lashdan bo‘shagan
mablag‘larning katta qismi respublika mintaqalarida sug‘urta tash-
kilotlarining bo‘linma va agentlik tarmoqlarini rivojlantirishga
sarflandi.
Bunday sharoitda sug‘urta
sohasining yuqori malakali
mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji yanada oshadi. Shuni e’tiborga
olgan holda mamlakatimizda sug‘urta
tizimi uchun malakali
mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha
muayyan ishlar amalga
oshirilmoqda. Xususan, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti,
Toshkent Moliya institutida «Sug‘urta ishi» bakalavriat yo‘nalishi
va mazkur yo‘nalish bazasida magistratura mutaxassisliklari
bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda va sug‘urta sohasi
uchun kadrlar tayyorlash uzluksiz tizimini yaratish maqsadida o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘g‘ini darajasida sug‘urta bo‘yicha
kadrlar tayyorlash boshlandi. Jumladan, Toshkent Bank kolleji-
da «Sug‘urta ishi» bo‘yicha o‘rta maxsus ta’lim berish tashkil etildi.
Bunday kollejlarning safi yanada kengayadi, degan umiddamiz.