1 8
Sug‘urta puli — sug‘urta majburiyatini bajarish hamda sug‘urta
operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmasdan, o‘zaro kelishgan holda
bir qancha sug‘urta kompaniyalarining ixtiyoriy uyushmasi.
Sug‘urta puli, asosan, xavfli, yirik obyektlarni sug‘urtalash
maqsadida tashkil etiladi. Har qaysi kompaniya o‘z sug‘urtalangan
riskini pulga beradi va buning uchun, pul orqali yig‘ilgan sug‘urta
mukofotlarining bir qismini oladi. Olingan sug‘urta mukofotlari
hajmida sug‘urta qoplamasini to‘lash bo‘yicha javobgarlikni o‘z
zimmasiga oladi. Xorijiy mamlakatlarda aviatsiya, atom, harbiy
risklarni sug‘urtalash uchun sug‘urta puli tashkil etiladi.
Sug‘urta obyekti — shaxsiy sug‘urtada fuqarolarning hayoti,
sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati bilan bog‘liq manfaati; mulkiy
sug‘urtada binolar, qurilmalar, transport vositalari, uy-joy mulki,
tashiladigan yuklar va boshqa moddiy boyliklarni saqlashga bo‘lgan
yuridik va jismoniy shaxslarning manfaati; jismoniy yoki yuridik
shaxsning o‘z xatti-harakati bilan uning shaxsga zarar keltirish
fuqarolik mas’uliyati — mas’uliyatni sug‘urtalashda sug‘urta
obyektlari bo‘lib hisoblanadi. Riskni baholash maqsadida sug‘ur-
ta obyekti sug‘urta kompaniyasining mutaxassislari tomonidan
ekspertiza qilinishi mumkin.
Sug‘urta shartnomasi — ikki yoki undan ortiq tomonlar o‘rtasida
tuziladigan yozma ravishdagi bitim bo‘lib, bunda sug‘urta
kompaniyasi sug‘urta hodisasi tufayli zarar ko‘rilganda
sug‘urtalanuvchiga sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasini
to‘lash majburiyatini, sug‘urtalanuvchi esa, belgilangan muddatlarda
sug‘urta mukofotini to‘lash majburiyatini oladi. Sug‘urta
shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlash uchun sug‘urtalovchi
sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisi beradi. Sug‘urta shartnomasini
tuzishdagi asosiy, oddiy va qo‘shimcha shartlar sug‘urta
shartnomasining mazmunini tashkil etadi.
Xalqaro darajada qo‘llaniladigan sug‘ur-
taga oid atamalarga quyidagilarni kiritish
mumkin:
Abandon — to‘liq miqdordagi sug‘urta
summasini olish uchun sug‘urtalanuvchining sug‘urtalangan mol-
mulkdan sug‘urtalovchining foydasiga voz kechishi (sug‘urtalangan
kema nobud bo‘lganda, u bedarak yo‘qolganda,
kema yoki yuk
Dostları ilə paylaş: