2 2
3-mavzu.
Sug‘urta zaxirasi va uning turlari
Sug‘urta zaxirasi haqida tushuncha va uning shakllanishi.
Sug‘urta zaxirasining turlari.
Bozor
munosabatlari rivojlangan
mamlakatlarda sug‘urta
bir tomondan,
aynan riskdan himoya vositasi hisoblan-
sa, ikkinchi tomondan, u tadbirkorlik
faoliyati hamdir. Keyingi yillarda sug‘urta mamlakatimizda ham
tadbirkorlik faoliyatiga aylanmoqda.
Shu nuqtayi nazardan, bizning fikrimizcha, sug‘urta faoliya-
tini uning funksional mohiyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan
xizmatlarni tashkil etish hamda ularni ko‘rsatish (uning mulkiy
shakli, boshqaruv tizimi va boshqa iqtisodiy omillar bilan o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan) sa’y-harakatlar majmuasi deb ta’kidlash mumkin.
Mazkur faoliyatning asosiy maqsadi iqtisodiyot subyektining
talabiga ko‘ra, uni sug‘urta risklaridan himoyasini ta’minlashga
qaratilgandir.
Aynan shu maqsadni amalga oshirish uchun sug‘urtachi to-
monidan sug‘urtalanuvchidan sug‘urta mukofotlari undirib olinadi.
Bu undirilgan
mukofotlar hisobidan, o‘z mijozi bo‘lgan
subyektning, ehtimollikka ko‘ra, zarar ko‘rishining oldini olish,
undan ogoh etish, sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, uning
oqibatlarini tugatish uchun maqsadli sug‘urta zaxirasini (4-chizma)
shakllantiradi. Sug‘urtachining sug‘urta zaxirasini shakllantirish
jarayoni qayta taqsimlash munosabatlari sifatida namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: