O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə20/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Sug‘urta faoliyatini
tartibga soluvchi
qonunlar


4 0
joriy etilgan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun sug‘urta


faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonun hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, sug‘urta munosabatlarida
ishtirok etuvchi tomonlarning qonuniy manfaatlarini himoya etish
maqsadida 1993-yili Oliy Majlis «Sug‘urta to‘g‘risida» Qonun
qabul qilgan edi. O‘tgan yillar mobaynida mazkur Qonunga ikki
marta qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Tabiiyki, bu Qonun
o‘sha paytda mavjud bo‘lgan iqtisodiy jarayonlarni hisobga olgan
holda ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Boshqacha so‘z
bilan aytganda, ushbu Qonun sug‘urta munosabatlari qatnash-
chilari uchun biroz yumshatilgan holatda amal qildi. Jumladan,
unda sug‘urta tashkilotlari tugatilgan taqdirda ularning sug‘urta-
lanuvchilar oldidagi majburiyatini bajarish tartibi to‘liq yoritil-
magan. Shuningdek, bu Qonunda qonunchilik talablarini
buzganlik uchun tomonlarning javobgarligi o‘z aksini topmagan
hamda davlat sug‘urta nazorati organining sug‘urta tashkilotlariga
nisbatan ta’sir qilish imkoniyati keskin chegaralangan edi.
Bayon etilgan holatlar mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining
hozirgi bosqichi talablarini hisobga olgan holda, amaldagi
«Sug‘urta to‘g‘risida»gi Qonunni yangilash va takomillashtirish
zaruriyatini keltirib chiqardi. Shuni e’tiborga olib, 2002-yilning
4—5-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning
sakkizinchi sessiyasida «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi yangidan
ishlab chiqilgan Qonun loyihasi deputatlar tomonidan atroflicha
muhokama qilindi va qabul qilindi.
Ma’lumki, sug‘urta sohasini huquqiy tartibga soluvchi 2002-yil
aprel oyigacha amalda bo‘lgan qonun «Sug‘urta to‘g‘risida» deb
ataladi. Holbuki, biz fikr-mulohaza yuritmoqchi bo‘lgan qonunning
nomi esa «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida» deyiladi, va shubhasiz, bu
holat diqqatimizni o‘ziga jalb etdi. Ko‘pchilik muhtaram
o‘quvchilarimizda haqli savol tug‘ilishi mumkin: sug‘urta va sug‘urta
faoliyati tushunchalari o‘rtasida farq bormi? Savolga javoban biz
mutaxassislar aytamizki: farq bor. Sug‘urtaning mohiyatini oddiy
til bilan ifodalaydigan bo‘lsak, oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan har
xil hodisalar ro‘y berishi oqibatida yuridik va jismoniy shaxslar
ko‘radigan zararlarni sug‘urta tashkiloti tomonidan qoplash bilan
bog‘liq munosabat. Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, sug‘urta
tashkiloti o‘z xizmatini mijozlarga tegishli haq — sug‘urta mukofoti
to‘lash evaziga ko‘rsatadi. Sug‘urtalovchi mijozlardan kelib tushgan


4 1
sug‘urta mukofotlari hisobidan maqsadli pul jamg‘armalarini tashkil


etadi va bu jamg‘arma mablag‘lari faqat sug‘urta hodisalari tufayli
ko‘rilgan zararlarni qoplaydi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, sug‘urta
munosabatlarida ikkita tomon ishtirok etyapti: sug‘urta tashkiloti
(sug‘urtalovchi) va yuridik hamda jismoniy shaxslar (sug‘urtala-
nuvchilar). Endi, sug‘urta faoliyati tushunchasiga kelsak, qonunda
ta’kidlanishicha, u sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining
sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati. Sug‘urta
bozorining professional ishtirokchilari faqatgina sug‘urtalovchi va
sug‘urtalanuvchidan iborat emas. Unda qayta sug‘urtalovchilar,
qayta sug‘urtalanuvchilar, sug‘urta brokerlari va agentlari ham
ishtirok etadi.
Yangi qonunning e’tiborga molik tomonlaridan biri, unda,
aniqroq aytadigan bo‘lsak, uning 4-moddasida sug‘urtalovchilar-
ning sug‘urtani amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emasligi qayd
etilgan. Qayd etish joizki, sug‘urta faoliyati ham tadbirkorlikning
bir ko‘rinishi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish jara-
yonlari kechayotgan va tadbirkorlik harakatlariga keng yo‘l ochi-
layotgan bir paytda, tadbirkorlik tizimining muhim bo‘g‘inlari-
dan bo‘lgan sug‘urtalovchilar uchun bunday cheklovning qonun
yo‘li bilan belgilanishiga sabab nima? O‘tgan yillar tajribasi
shundan dalolat beradiki, ko‘pgina sug‘urta tashkilotlari «sug‘urta-
lovchi» niqobi ostida turli tijorat operatsiyalarini, xususan, savdo-
vositachilik ishlarini amalga oshirdilar. Yuridik va jismoniy
shaxslarni sug‘urta qilish hisobiga kelib tushgan sug‘urta muko-
fotlari, qoidaga ko‘ra, sug‘urta qoplamalarini to‘lashga mo‘ljal-
langan zaxira jamg‘armalarini tashkil etishga sarflanmasdan, balki
sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirishga sarflangan holatlar ham bo‘lgan. Sug‘urtaning
eng asosiy prinsiplaridan biri — sug‘urtalovchilarning o‘z zimma-
lariga olgan majburiyatlarini bajarishni ta’minlaydigan sug‘urta
zaxiralariga ega bo‘lishidir. Taassufki, ba’zi sug‘urtalovchilarimiz,
bunday zaxiralarni shakllantirmaganliklari oqibatida murakkab
moliyaviy holatni boshidan kechirganligi sir emas. Ayniqsa, bu
ko‘p ming sonli sug‘urtalanuvchilar uchun noqulay vaziyatni
vujudga keltirishi mumkin.
«Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning diqqatga sazovor
joylaridan yana biri, uning 10-moddasida sug‘urta tashkilotlarini


4 2
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibining aniq ko‘rsatib qo‘yilgan-


ligidir. Ma’lumki, qonun hujjatlariga muvofiq, aksiyadorlik
jamiyati shaklida tashkil etilgan sug‘urta tashkilotlari O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olinganlar.
Ammo, uzoq vaqt, aniqrog‘i, 1998-yilning birinchi yarmigacha
sug‘urta faoliyatini tartibga solish vakolati berilgan davlat sug‘urta
nazorati organining tashkil etilmaganligi va ilgari Adliya vazirligida
davlat ro‘yxatiga olingan tashkilotlarning faoliyati hech kim
tomonidan nazorat qilinmaganligi oqibatida yangi tashkil etilgan
sug‘urta tashkilotlarini davlat ro‘yxatiga olishda muammolar paydo
bo‘lgan.
«Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun 29 ta moddadan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobi
sug‘urtaviy huquqiy munosabatlarga bag‘ishlangan. Unda jami 47
ta modda mavjud. Kodeks sug‘urta tashkilotlari bilan sug‘urta-
lanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solsa, «Sug‘urta
faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun sug‘urta tashkilotlari va davlat
o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Qonun osti hujjatlariga O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmonlari va
farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va
idoralarning normativ hujjatlari kiradi.
Mustaqillik davrida sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq bir qancha
Prezident Farmonlari qabul qilingan. Ulardan biri 1995-yilning
26-iyulida tashkil etilgan «Madad» sug‘urta agentligi faoliyati bilan
bog‘liq Prezident Farmonidir. Ushbu Farmonga ko‘ra, agent-
likning faoliyat yo‘nalishlari ko‘rsatilgan hamda uni 3 yil muddatga
daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod etilganligi ta’kidlangan.
Shu yerda qayd etish kerakki, «Madad» sug‘urta agentiligini tashkil
etish bilan bog‘liq Prezident Farmoni ijrosini ta’minlash uchun
Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qilgan.
Shu bilan bir qatorda 1997-yil 18-fevralda «O‘zbekinvest»
eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasini, 1997-yil 25-fevralda
esa «O‘zagrosug‘urta» davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasini
tashkil etish bo‘yicha Prezident Farmonlari qabul qilingan. Bu
Farmonlarda qayd etilgan kompaniyalar 5 yil muddatga daromad
(foyda) solig‘i to‘lashdan ozod etilgan.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin