2 3
«Qabul qilingan sug‘urta majburiyatlari bajarilishini ta’minlash
uchun sug‘urtalovchilar ham so‘mda, ham chet el valutasida
to‘langan sug‘urta mukofotlaridan maxsus vakolatli davlat organi
belgilaydigan tartibda va shartlarda sug‘urta
zaxiralarini
shakllantiradilar hamda joylashtiradilar.
Sug‘urtalovchining sug‘urta zaxiralariga mos keluvchi aktivla-
ri olib qo‘yilishi mumkin emas»
1
.
Sug‘urta zaxirasi — jismoniy va yuridik shaxslarning sug‘urta
munosabatiga kirishlari, ya’ni sug‘urta mukofotlarini to‘lashlari
hisobiga shakllanadi. Ushbu zaxirani shakllantirish har bir
sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta mukofotlari o‘z vaqtida va to‘liq
to‘lanishi evaziga yuz beradi. Zaxira mablag‘lari faqat maqsadli
sarflanadi hamda uning resurslari hajmi sug‘urta tashkiloti tomonidan
statistik, ekonometrik andozalarga va ehtimollik nazariyasiga
asoslanib aniqlanadi hamda shakllantiriladi. Shuningdek, sug‘urta
zaxirasi mablag‘laridan samarali foydalana bilish sug‘urta faoliyati
natijasi qanday bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Sug‘urta hodisasi yuz berishi oqibatida ko‘rilgan zararlar
sug‘urta zaxirasini shakllantirgan subyektlar o‘rtasida o‘zaro
taqsimlanadi, ya’ni mablag‘larning qayta taqsimlanishi amalga
oshiriladi. Bu esa, o‘z navbatida, sug‘urtalanuvchilarning mahsulot
ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) imkoniyatlarini
kengaytiradi.
Amaliyotda sug‘urta zaxiralarini shakllantirish orqali risklardan
himoyalashning optimal darajadagi shakli ishlab chiqilgan.
Sug‘urta zaxirasini samarali boshqarish sug‘urta tashkilotining
talab darajasidagi moddiy-moliyaviy va insoniy zaxiralarga ega
bo‘lishini ta’minlaydi. Bu jarayonda, bir tomondan, sug‘urta
xizmatining talab darajasida amalga oshirilishi kafolatlansa,
ikkinchi tomondan, mijozlarning sug‘urta xizmatiga bo‘lgan
ishonchi ortadi. Sug‘urta tashkiloti moliyaviy barqarorligini ta’-
minlashning asosiy omili sifatida sug‘urta zaxirasini shakllanti-
rish muammosi mamlakatimiz sug‘urta
nazariyasida yetarli
o‘rganilmagan jabhadir.
Sug‘urtachi subyektning boshqa xo‘jalik yurituvchi subyekt-
lardan (odatda ularning mablag‘lari to‘liq o‘z ixtiyorida bo‘ladi)
farqli jihati shundaki, sug‘urtachining mablag‘lari:
1
O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni,
21-modda.
2 4
— sug‘urta zaxirasi;
— o‘z mablag‘laridan tashkil topgan.
O‘z mablag‘lari taqsimotini qanday olib borish subyektning
xohishiga ko‘ra amalga oshirilsa, zaxiradan foydalanish imkoniyati
qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Sug‘urtachi zaxira mablag‘lari hisobidan:
— sug‘urta qoplamasini to‘lashi;
— sug‘urta shartnomasining amal qilish davri tugashi vaqtida
uning bir qismini, shartnoma shartlariga binoan, o‘z mablag‘lari
tarkibiga o‘tkazishi mumkin.
Bunday shaklda olingan daromadning hajmi har bir shartnoma
bo‘yicha qoplama to‘langanligi va boshqa qator sabablarga
bog‘liqdir. Sug‘urta qoplamasi to‘lovi holati yuz beradimi yoki
yo‘qmi bu noma’lum bo‘lsa-da, sug‘urtalanuvchi manfaatining
himoyasi ta’minlangan bo‘ladi. Shunday himoya hisobiga sug‘urta
tashkiloti sug‘urtalanuvchidan mukofot undirib oladi, va albatta,
bu undirilgan summa uning o‘z mablag‘i hisoblanadi.
Endi, o‘z mablag‘larining bir qismiga nisbatan sug‘urtachi-
ning erkin taqsimlash huquqi cheklanganligiga kelsak, bu boshqa
shaxslar manfaatlari shuni talab etganligidan kelib chiqadi
1
.
Sug‘urtachi asosan sug‘urta mukofotlari va investitsiya faoliyatidan
daromad oladi. Ayrim hollarda boshqa sug‘urtachi uchun sug‘urta
brokeri vazifasini bajarishi hisobiga komission yig‘imlarni undirishi
ham mumkin. Ammo, bu manba uncha katta bo‘lmaganligi
uchun
sug‘urtachi daromadida ahamiyatli o‘rin tutmaydi.
Demak, sug‘urtachi daromadlarining bir qismini zaxira uchun
saqlaydi, boshqa qismidan esa, o‘z xohishiga ko‘ra foydalanadi.
Zaxira bir necha turda bo‘lishi mumkin, uning hajmi maxsus
vakolatli Davlat organi tomonidan belgilanadi.
Daromadning
zaxiraga ajratilgan qismi soliq solish bazasidan chiqariladi. Mazkur
mablag‘dan sug‘urtachiga faqat maxsus vakolatli Davlat organi
tomonidan belgilangan qoida asosida foydalanishga ruxsat beriladi.
— O‘z belgilangan muddatiga ko‘ra,
sug‘urta xizmatini ko‘rsatish uchun olin-
gan sug‘urta mukofotlari — zaxira sifa-
tida. Shartnoma shartlari bo‘yicha u sug‘urtachi hisobiga o‘tka-
1
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, T.: «O‘zbekiston»,
1994, XII bob, 54-modda, 33-bet.
Dostları ilə paylaş: