1 5
Sug‘urta fanida risk tushunchasiga turlicha ta’riflar berilgan.
Jumladan, risk — bu konkret hodisa yoki hodisalar yig‘indisi bo‘lib,
ular sodir bo‘lgan taqdirda sug‘urta kompaniyasi qoplamalar
to‘laydi. Risk sug‘urta obyekti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan.
Obyektga risk salbiy ta’sir ko‘rsatib, uni shikastlashi yoxud nobud
qilishi mumkin. Shu tufayli risk — bu yagona tasodifiy hodisa bo‘lib,
uning ro‘y berishi inson ongiga yoki irodasiga bog‘liq emas. Su-
g‘urta risklarining ro‘yxati sug‘urtalovchining sug‘urta javobgarligi
hajmini tashkil etadi.
Risk bahosining puldagi ifodasi sug‘urta tarif stavkasini tashkil
etadi; sug‘urta obyekti; sug‘urta javobgarligining turi.
Tibbiy sug‘urta — aholi sog‘lig‘ini himoya qilish vositalaridan
biri. Sug‘urta hodisasi ro‘y berishi munosabati bilan, sug‘urta polisi
orqali bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish
bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urta kompaniyasi to‘laydi. Tibbiy
sug‘urta majburiy yoki ixtiyoriy bo‘ladi.
Mulkiy sug‘urta — turli ko‘rinishdagi mol-mulklarni saqlash
bilan bog‘liq manfaatlar sug‘urta munosabatlarining obyekti
hisoblangan, sug‘urtaning mustaqil tarmog‘i. Sug‘urtalanuvchi-
ning shaxsiy mulki, uning qaramog‘ida joylashgan mol-mulklar
sug‘urtalanishi mumkin. Sug‘urtalanuvchi sifatida, nafaqat mol-
mulkning sohiblari, balki mol-mulkning saqlanishi uchun
mas’uliyatli bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar ham bo‘lishi
mumkin.
Netto-stavka — brutto-stavkaning asosiy tarkibiy qismi. Netto-
stavka sug‘urta qoplamasini to‘lashga mo‘ljallangan pul mablag‘lari
resurslari bo‘lib, u brutto-stavkaning 90 foizigacha miqdorini
tashkil etishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: