subyektlarning qarorni qabul qilish bosqichlari.
1 0
— inson omilidan foydalanishga bo‘lgan talabga binoan;
— tashqi muhit ta’sirini optimallashtirish yuzasidan himoyaga
bo‘lgan zaruratga ko‘ra;
b) sug‘urta xizmatining muqobil variantlarini izlash o‘z-o‘zini
sug‘urtalash hisoblanadi. Unga ko‘ra, ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan
zararni qoplash uchun maxsus fondga ajratmalar hisobiga riskning
to‘liq yoki uning ma’lum qismini sug‘urtalash amalga oshiriladi.
Yirik korxonalar, ishlab chiqarish guruhlari keptiv sug‘urta
tashkilotini
1
tashkil etish yoki sotib olish borasida kengroq
imkoniyatga ega bo‘lib, ular mazkur sug‘urta tashkilotiga risklarni
boshqarish vazifasini ham yuklab qo‘yishlari mumkin.
d) takliflarni o‘rganish, tahlil etish va tanlash. Bunda yuz
berishi ehtimol bo‘lgan risk holatlariga ko‘ra, subyekt o‘z oldiga
qo‘ygan vazifalaridan kelib chiqib, sug‘urtalash strategiyasini (3-
chizma) tanlaydi.
Sug‘urta riskini qoplash maqsadida, aniq bir sug‘urta turini
tanlash bo‘yicha qaror qabul qilishda, yakka tartibda takliflarni
ishlab chiqish mijozning sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talabidan kelib
chiqib amalga oshiriladi.
Mazkur tanlov jarayonida sug‘urta hodisasi, ya’ni risk darajasi
muhim rol o‘ynaydi. Masalan, birinchi holatda subyektning
1
Keptiv sug‘urta tashkiloti (ing. «Captive insurance company») — bu yirik
moliya-sanoat guruhlari yoki ko‘p tarmoqli konsernlar tarkibiga kiruvchi xo‘jalik
subyektlari hamda ta’sischilarning korporativ sug‘urta manfaatlariga xizmat
qiluvchi aksionerlik sug‘urta kompaniyasidir. Uning faoliyati asosan qayta
sug‘urtalash operatsiyalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgandir. (Qarang. Åôè-
ìîâ Ñ. Ë. Ýíöèêëîïåäè÷åñêèé ñëîâàðü. Ýêîíîìèêà è ñòðàõîâàíèå. M.:
Serix-PEL, 1996, I—X, c. 224.)
.
3-chizma. Sug‘urta riskini qoplash bo‘yicha strategiyani tanlash.
1 1
sug‘urta fondidan risk qoplamasini olishga bo‘lgan zarurati yuqori
ekanligi kuzatilsa, boshqa holatlarda, ya’ni o‘rtacha va yengil risk
darajasidagi hodisalar yuz berishi oqibatlarini odatdagi me’yoriy
qoplamalar yoki o‘z hisobidan tugatish imkoniyati mavjudligi
sababli, subyekt sug‘urta xizmatiga ehtiyoj sezmaydi.
Bu jarayonda risk darajasi yuqoriligi subyektning sug‘urtaga
bo‘lgan talabini oshirsa, aksincha holat, risk darajasi o‘rtacha yoki
yengilligi, uning bunday kafolatli himoyaga bo‘lgan talabini
pasaytiradi. Shu o‘rinda, aholining sug‘urta xizmatiga bo‘lgan
talabini o‘rganib chiqish ham maqsadga muvofiqdir.
Keyingi yillarda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi tub
o‘zgarishlar aholining ham sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talabini
orttirmoqda. Sug‘urta xizmatining aholi tomonidan sotib olinishi
subyektiv tanlov, oqilonalik va ixtiyoriylik asosida amalga
oshiriladi. Shuningdek, shaxsning o‘ziga xos xususiyati, hayot
muhiti va shu kabi omillar bu tanlovga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Oila daromadining ortishi va shaxs yoshining ulg‘aya borishi ham
riskdan himoyalanishga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi
1
.
Sug‘urta tashkilotlari tomonidan taklif etilayotgan yuz berishi
ehtimol bo‘lgan riskdan sug‘urtalash doimiy takomildagi xizmat
bo‘lib, u ko‘p jihatdan mijozning talab va istaklariga bog‘liqdir.
Demak, sug‘urta xizmati darajasining qandayligi o‘ziga xos
takomillashuv an’anasiga ega bo‘lib, u mahsulot ishlab chiqarishdan
farqlidir. Bu farqlilik quyidagi oqibatlarni keltirib chiqaradi:
— birinchidan, me’yoriy va samarali ishlab chiqarish jarayo-
nini ta’minlash uchun zaxira fondidan foydalanish orqali talabning
o‘zgaruvchanligini muvofiqlashtirish imkoniyati mavjud emas.
Bunday talabga javob berish uchun uning eng yuqori darajasida
ham unga muvofiq ravishdagi ishlab chiqarish zaxiralari
mavjudligini ta’minlash muhim bo‘lib, u universal zaxiralar
tizimini yaratish yoki talabni boshqarish usulini joriy etish
zaruratini keltirib chiqaradi. Bu muammo sug‘urta tashkilotlari
uchun birmuncha murakkab kechadi. Mazkur murakkablik
polislarni boshqarish, sug‘urta hodisasi yuz berganligini tekshirish
va uning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan sug‘urtalanganlar-
ga sug‘urta qoplamasining to‘lanishida namoyon bo‘ladi;
1
Qarang: Ôîðåñüåòè Ä. Ñòðóêòóðà ñïðîñà â ñòðàõîâàíèè. Ïåð. ñ èòà-
ëüÿíñê. Strategy and Marketing Uniwersita Commerciale L. Bjccjni Milano,
1995. ñ.74.
1 2
— ikkinchidan, mijoz to sug‘urta xizmatidan foydalanguniga
qadar sug‘urta tashkiloti va uning imkoniyatlari darajasi to‘g‘risida
ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishi muhimdir. Bu holat, o‘z
navbatida, mazkur xizmatni taklif qilish hamda uni ko‘rsatish
jarayonlarida sug‘urtachidan qator tadbirlarni amalga oshirishni
talab etadi. Sug‘urta xizmatidan foydalanishda sug‘urta
tashkilotining kafolati qandayligi mijoz uchun yaratilgan imkoniyat
darajasi bilan o‘lchanadi.
Bizning fikrimizcha, bu borada sug‘urta faoliyatida risk transferi
jarayonida qo‘llaniladigan ba’zi bir terminlarga aniqliklar kiritilishi
talab etiladi. Mijoz tomonidan sug‘urta xizmatining sotib olinishi,
uning «polis»ga imzo chekishidan boshlanadi. Bu holat mijoz
sug‘urta xizmatining tashkillashgan tuzilmasidan foydalanish
imkoniyatiga ega bo‘lganligini anglatadi.
Sug‘urta faoliyatidan farqli ravishda xizmat ko‘rsatuvchi
korxonalarda «ishlab chiqarish» va «iste’mol» tushunchalari o‘zaro
mos keladi. Sug‘urta faoliyatida esa, xizmatning «ishlab chiqarish»
konsepsiyasi keng ma’noda qo‘llaniladi, unda «iste’mol» mijoz
tomonidan biron-bir aniq mulkka egalik qilishini anglatmaydi.
Haqiqatda, mijoz polisni sotib olishi bilanoq, sug‘urta xizmatidan
foydalanishi nisbiydir. Bunda yuz berishi ehtimol bo‘lgan risk bo‘yicha
javobgarlik «mijozdan — sug‘urtachiga» o‘tkazilganligi kuzatiladi.
Ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan risk bo‘yicha javobgarlik polisga
egalik boshlangan davrdan to bu muddat tugagunga qadar, ya’ni
shartnomaning amal qilish jarayonida sug‘urtachining sug‘urta
qoplamasini ta’minlash borasidagi iqtisodiy imkoniyati qandayligi
bilan belgilanadi.
Mijoz sug‘urtachi bilan o‘zaro kelishuv shartlariga muvofiq
aniq bir sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta xizmatini sotib olishi
vaqtidan to sug‘urta hodisasi yuz bergunga qadar, shartnomada
qayd etilgan talab qanday bajarilishini oldindan aniq bila olmaydi.
Bu xizmat darajasini ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini aniqlash
kabi an’anaviy o‘lchamlar orqali bilib bo‘lmaydi.
Ehtimollikka ko‘ra, sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda,
sug‘urtalanuvchi shartnomada belgilangan majburiyat bajarilishida
sug‘urta tashkiloti tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilsa yoxud
ko‘rsatilayotgan xizmatdan qoniqish hosil qilmasa, u boshqa
shunday muqobil xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega
bo‘lmaydi. Bu holat, ya’ni sug‘urtachini oldindan sinab ko‘rish
1 3
imkoniyati mavjud emasligi, albatta, mijozning, sug‘urtaga bo‘lgan
ishonchini pasaytiradi.
Sug‘urtalanuvchining riskni o‘z zimmasiga olmoqchi bo‘lgan
sug‘urta tashkiloti tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat sifati va
majburiyatlari bajarilishi darajasi, uning moliyaviy imkoniyatlarini
bilishi sug‘urta xizmatini ko‘rsatuvchi subyektni to‘g‘ri tanlash
imkoniyatini yuzaga keltiradi. Jismoniy shaxslar tomonidan ham
bunday ma’lumotlar o‘rganib chiqilishi ahamiyatlidir.
Sug‘urta xizmatini ishlab chiqarish bilan taqqoslab o‘rganish orqali
ular o‘rtasidagi tafovutni anglab olish mumkin. Ishlab chiqarish
bosqichlari quyidagicha tasniflanadi: «moddiy-texnik ta’minot —
ishlab chiqarish jarayoni — sotish». Odatda, «oddiy» ishlab
chiqarishda omillar sotib olinib, qayta ishlanib, tovarga aylantirilib,
so‘ngra sotuvga chiqariladi. Bu tasnif sug‘urta faoliyatiga mos tush-
maydi va bunday ketma-ketlik uning uchun xarakterli emas.
Xuddi boshqa ishlab chiqaruvchi subyektlar singari sug‘urta
tashkiloti ham ishlab chiqarish omillarini xarid qilsa-da, unda
xizmat ko‘rsatishning davriy ketma-ketligi farqlidir. Sug‘urta
xizmati mijozning talabiga ko‘ra, uni omillar bilan ta’minlashdan
boshlanadi. Bu omillar, albatta, o‘zida riskni namoyon etadi.
Agarda risk omili mavjud bo‘lmasa, sug‘urta faoliyati uchun talab
yuzaga kelmaydi.
Mijozni sug‘urta omillari bilan ta’minlash bir vaqtning o‘zida
sug‘urta tashkiloti riskni o‘z zimmasiga olganligini va ayni vaqtda,
sug‘urta xizmati sotilganligini ham anglatadi. Shundan kelib
chiqib, sug‘urta xizmatini sotish ishlab chiqarish (xizmat
ko‘rsatish) dan oldin keladi.
Dostları ilə paylaş: |