1 6 5
5. Sug‘urta shartnomasini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladimi?
6. Sug‘urta shartnomasiga muvofiq auditorlik tashkiloti qanday majburiyat-
larni bajarishi kerak?
7. Sug‘urta shartnomasiga muvofiq auditorlik tashkiloti qanday huquqlarga ega?
8. Sug‘urta shartnomasi qanday holatlarda bekor qilinadi?
9. Auditorlik tashkilotiga to‘lanadigan sug‘urta
summasi shartnomada
ko‘rsatilgan summadan oshib ketishiga yo‘l qo‘yiladimi?
10. Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda tomonlar o‘rtasidagi munosabat qanday
tartibga solinadi?
22-mavzu. O‘zbekistonda va xorijiy mamlakatlarda
bank riski sug‘urtasi
Bank depozitlarini sug‘urtalashning zarurligi.
Fuqarolarning bankdagi omonatlarini sug‘urtalash mexanizmi.
Xorijiy mamlakatlarda bank omonatlari sug‘urtasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Bank tizimini yanada erkinlashtirish va
isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar
to‘g‘risida» 2000-yilning 21-martida
qabul
qilingan Farmoniga asosan, «Omonat-himoya» sug‘urta
Jamg‘armasi negizida Ustav fondi 500,0 mln so‘m
miqdorida
bo‘lgan aholi jamg‘armalari jamoa sug‘urta Jamg‘armasi tashkil
etildi. Ushbu Farmonda bu Jamg‘armaning asosiy vazifalari sifa-
tida quyidagilar belgilandi
1
:
— aholining moliya va bank tizimiga ishonchini oshirish;
— omilkor va samarali sug‘urta tizimlarini ishlab chiqib, joriy
etish negizida banklarning aholi omonatlari bo‘yicha
javobgarligining yetarli sug‘urta himoyasini ta’minlash;
— mablag‘larni ishonchli yuqori likvidli davlat va korporativ
qimmatli qog‘ozlar hamda bank depozitlariga investitsiya qilish-
ning eng maqbul strategiyasini amalga oshirish.
1998—2001-yillar davomida
fuqarolarning bankdagi
omonatlarini sug‘urta qilish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar ku-
tilgan natijalarni bermadi. Tijorat banklari tomonidan mazkur
sug‘urta jamg‘armasiga nisbatan munosabat salbiyligicha qoldi.
Dostları ilə paylaş: