O'rta osiyo noyob va qizil kitobga kiritilgan o'simliklar reja


O’RTA OSIYO TABIAT YODGORLIKLARI VA ULARNING TARQALISHI



Yüklə 33,44 Kb.
səhifə4/5
tarix22.09.2023
ölçüsü33,44 Kb.
#146587
1   2   3   4   5
O\'RTA OSIYO NOYOB VA QIZIL KITOBGA KIRITILGAN O\'SIMLIKLAR

O’RTA OSIYO TABIAT YODGORLIKLARI VA ULARNING TARQALISHI
Reja:
1. Alohida muhofaza etiladigan hududlar haqida tushuncha
2. O’rta Osiyo qo‘riqxonalari
3. Milliy bog‘lar va buyurtmalar

Alohida muhofaza etiladigan hududlar haqida tushuncha Tabiatni muhofaza qilish - landshaftning bir butunligi, tabiiy komponentlarning o‘zaro muvozanatini muhofaza qilishga qaratilgan. Landshaftlarni muhofaza qilishning juda ko‘p shakllari mavjud. Bular: qo‘riqxonalar, zakazniklar, rezervatlar, xalq bog‘laridan iborat. Tabiatni muhofaza qilish ayrim hududlarda tabiiy kompleksni (landshaftlarni) o‘z holicha maxsus rejim bilan qo‘riqlashni ham talab qiladi. Bunday maxsus rejim bilan muhofaza qilinadigan hududlar xo‘jalikda o‘zlashtirishdan bevosita ajratib olinib qo‘riqlanadigan tabiiy ob’ektlardir. Hududning ayrim uchastkalarini muhofaza qilishda maxsus rejimini o‘rnatishning zarurligi fan-texnika inqilobi sharoitida inson xo‘jalik faoliyati natijasida keskin o‘zgarayotgan va kamayayotgan yer tabiiy boyliklariga insonning ongli munosabatda bo‘lishiga asoslanadi.


Bunday uchastkalarni qo‘riqxonalar, rezervatlar, tabiiy parklar, tabiat yodgorliklari, zakazniklar deyiladi. Muhofaza qilinadigan hududlarning tasnifi ishlab chiqilmagan. Ularni bo‘lishda qo‘yidagi belgilarga amal qilinadi: 1) muhofaza qilinadigan hududdan foydalanish rejimining asosiy maqsadi va harakteri; ulardan xo‘jalikda foydalanishni butunlay man etish; fan va turizm manfaatlari uchun foydalanishni chegaralash; tabiiy boyliklarni takror ishlab chiqarish (tiklash); ma’rifiy-memorial (yodgorlik) ahamiyatiga ega bo‘lgan ob’ektlarni muhofaza qilish va hokazo; 2)muhofaza qilinadigan ob’ektlarning murakkablik darajasi (tabiiy landshaftlarning ayrim komponentlari yoki butun landshaft, tabiiy boylik turlari); 3) o‘rnatilgan va chegaralangan cheklovning davom etishi (resurslardan foydalanish umuman man qilinganmi yoki foydalanish ma’lum muddatga limitlanganmi).
Ko‘pgina mamlakatlarda tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy ko‘rinishlari bir xil emas va «qo‘riqxona», «milliy park», «rezervat», «zakaznik» tushunchalariga turli xil mazmun beriladi. Mamlakatimizda alohida muhofaza qilinadigan yoki qo‘riqlanadigan hududlar – landshaftlar - qo‘riqxonalar, har xil turdagi zakazniklar, tabiiy parklar va yodgorliklar yuqoridagi belgilarga muvofiq tashkil qilinadi. Hozirgi vaqtda qo‘riqlanadigan hududlar, ya’ni xo‘jalikda foydalanish butunlay man etilgan tabiiy ob’ektlar tabiatni muhofaza qilishning asosiy va amaliy usuli emas. Lekin shunga qaramasdan qo‘riqlanadigan hudud tabiatini muhofaza qilishda muhim rol o‘ynaydi. Ularning vazifalari juda xilmaxildir. Spesifik va hududiy vazifalar bilan birga, har bir qo‘riqlanadigan hudud tabiatini muhofaza qilishning umumiy muammolarini hal etishga xizmat qiladi. Qo‘riqlanadigan hudud tabiiy komplekslar tabiiy holatining etaloni bo‘lib xizmat qiladi. Inson tomonidan nisbatan kam o‘zgartirilgan tabiiy komplekslarda geografik, geofizik, biologik va boshqa jarayonlarni o‘rganish mumkin. Har xil tabiiy hududlar tipi va komplekslari uchun xos bo‘lgan jarayonlarni bilish tabiatni o‘zgartirishni loyihalashtirish va insonning geografik muhitga ta’sir etishining oqibatlarini taxminiy tahlil qilish uchun muhim ahamiyatga ega.
Milliy bog‘lar va buyurtmalar Buyurtmalar (zakazniklar) tabiatni muhofaza qilish tadbirlaridan biri sifatida juda qadimdan ma’lum. Buyurtmalarda larda tabiiy-geografik komplekslar, komponentlarning ayrim qismlari, ayrim hayvon yoki o‘simlik turlari muhofaza qilinib, unda qator tabiiy boyliklardan xo‘jalikda foydalanishga ruxsat beriladi. Qo‘riqxonalardan farq qilgan holda buyurtma maydonlari yer yoki o‘rmon fondidan ajratib olinmaydi. Buyurtmalar doimiy va vaqtincha bo‘ladi. Vaqtincha buyurtmalar ko‘pincha ovchilik xo‘jaliklarida ov qilinadigan hayvon va qushlarning sonini tiklash va ko‘paytirish maqsadida ma’lum muddatga tashkil qilinadi. Muhofaza qilinayotgan turlarning o‘rtacha soni tiklangandan keyin cheklov bekor qilinadi va buyurtma yana ov qilinadigan joyga aylanadi. Keyingi yillarda botanik, zoologik, geologik, ixtiologik, ornitologik va boshqa xil buyurtmalar tashkil qilinmoqda. O‘zbekistonda umumiy maydoni 197 ming gektarli 8 ta zakaznik bo‘lib, ularda Respublikamizning hayvonot va o‘simliklar dunyosi muhofaza qilinadi va tiklanadi. To‘dako‘l cho‘l-ko‘l davlat zakaznigi 1960 yilda Buxoro viloyatining cho‘l qismida, 1952 yilda sho‘rxok To‘dako‘l botig‘iga Zarafshon daryosining toshishi natijasida hosil bo‘lgan ko‘l asosida tashkil etildi. Uning maydoni 30000 gektar. Ko‘l atrofidagi sho‘rxok cho‘lda turli xil cho‘l o‘simliklari bilan birga qamish, yulg‘un o‘sadi. Buyurtmada o‘rdaklar, oqqushlar, saqoqushlar, kulrang g‘ozlar, shuningdk, quyonlar, qamish mushugi, jayronlar muhofaza qilinadi. Ko‘hitang tog‘-o‘rmon davlat zakaznigi Surxondaryo viloyati Hisor tizmasining janubi-sharqiy yon-bag‘irlarida, Ko‘lsoy, Sariqamish, Mochayli daralarida 1970 yilda tashkil etilgan. Buyurtmaning maydoni 43500 gektar. Bu zakaznikda burama shoxli echki (morxo‘r), tojik tog‘ qo‘yi (urial), burgut, shuningdek, arxeologik yodgorliklar – tosh davridagi ovchilarning rasmi solingan tasvirlar muhofaza qilinadi. Nurumtubek to‘qay davlat zakaznigi 1971 yilda Qoraqalpog‘iston hududida, Amudaryoning qo‘yi qismida tashkil etilgan. Buyurtmaning maydoni 29 ming gektar bo‘lib, yovvoyi cho‘chqa, bo‘rsiq, tolay quyon, xiva qirg‘ovuli muhofaza qilinadi. Oqbuloq tog‘ davlat zakaznigi Toshkent viloyati hududining Chotqol tizmasida joylashgan bo‘lib, Oqbuloqsoy havzasidagi hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish maqsadida 1973 yilda tashkil etilgan. Uning maydoni 11 ming gektarni tashkil qiladi. Bu yerda yovvoyi cho‘chqa, yelik, Markaziy Osiyo echkisi, oq tirnoqli ayiq, Farg‘ona oq suvsari, suvsar, Farg‘ona bo‘rsig‘i, Turkiston silovsini, bars, ilvirs, menzbir sug‘uri va qizil sug‘ur, kaklik, burgut, tasqaralar muhofaza qilinadi. Dengizko‘l cho‘l-ko‘l davlat zakaznigi 1974 yilda Qizilqumning janubida Buxoro viloyatida tashkil etilgan. Uning maydoni 25 ming gektar. Buyurtmaning asosiy qismi hisoblangan Dengizko‘lda mavsumiy va qishlovchi qushlar (o‘rdaklar, g‘ozlar, loyxo‘rak, baklanlar, qizilg‘oz) va ko‘lga suv ichish uchun keladigan hayvonlar (cho‘chqa, jayralar, sassiq ko‘zan, quyonlar, tolay quyon, tuvaloq, qorabovurlar) muhofaza qilinadi. Amudaryo qayir davlat zakaznigi qayirda uya qo‘yuvchi va mavsumiy suv parrandalarini muhofaza qilish maqsadida 1974 yilda Qoraqalpog‘iston hududida tashkil etilgan. Uning maydoni 60 ming gektarni tashkil qiladi. Shabboz to‘qay zakaznigi Amudaryoning chap sohilidagi (Xorazm vohasi) yovvoyi cho‘chqa, chiyabo‘ri, qum bo‘rsig‘i, qamish mushugi, qum quyoni, Xiva qirg‘ovulini himoya qilish hamda Shabboz massividagi to‘qaylarda yashagan xongul bug‘usi va yeliklarni tiklash maqsadida 1974 yilda tashkil etilgan. Uning maydoni 3800 gektarni tashkil qiladi. Xorazm cho‘l davlat zakaznigi Xorazm vohasining g‘arbiy chekkasida 1976 yilda tashkil etilgan. Uning maydoni 11300 gektar, shundan 3500 gektari ko‘llardir (Eshonravotko‘l, Buriyatko‘l, Ulushurko‘l, Kumushkon va boshqalar). Buyurtma suv havzalariga va qumli cho‘larga xos hayvonlarni tiklash va muhofaza qilish maqsadida barpo qilingan. Arnasoy cho‘l-ko‘l zakaznigi Shimoliy Nurota tizmasining shimoliy etaklaridagi Aydar, Tuzkon, Arnasoyga 1969 yildagi suv toshqini vaqtida Sirdaryo havzasidan Chordara suv ombori va Mirzacho‘ldan kollektor-drenaj suvining kelib qo‘shilishi natijasida uzunligi 160 kilometr va eng serbar joyi 30 kilometrga yetadigan katta ko‘l – Arnasoy ko‘li hosil bo‘lgan edi. 1977 yili Jizzax shahridan 60 kilometr shimolda maydoni 63 ming gektar bo‘lgan Arnasoy ko‘li qo‘riqxonasi tashkil etilgan edi. Qo‘riqxonada sho‘rxoklar, botqoqliklar, lyossli tekisliklar uchraydi. Tuzkon ko‘li ham qo‘riqxona tarkibiga kiradi. Qo‘riqxonaning lyossli, tekislik qismida cho‘l uchun xos bo‘lgan efemer o‘simliklar (lolaqizg‘aldoq, qiyoq, qo‘ng‘irbosh va boshqalar), juzg‘un o‘sadi. Qamish va butazorlarda ondatra, yovvoyi cho‘chqa, bo‘ri, bo‘rsiq, to‘qay mushugi va boshqa hayvonlar yashaydi. Qo‘riqxona akvatoriyasida qishda va bahorda o‘rdak, g‘oz, oqqush, qorabuzov, qirg‘ovul va boshqalar to‘planadi. Shuningdek, bu yerda sazan, laqqabaliq, mo‘ylovbaliq, oqqayroq, qizilqanot va boshqalar urchitiladi. 1987 yil Arnasoy qo‘riqxonasi, ornitologik buyurtmaga (zakaznikka) aylantirildi. Arnasoy zakaznigining asosiy vazifasi cho‘l va sun’iy hosil bo‘lgan akvatoriyada yashovchi va qishlovchi qushlarni o‘rganish va muhofaza qilishdan iborat. Tabiat yodgorliklari. Ba’zan ilmiy, madaniy va tarixiy jihatdan qimmatli tabiiy ob’ektlarni muhofaza qilish uchun katta maydonlarni ishg‘ol qilmagan qimmatli tabiiy ob’ektlar «tabiat yodgorliklari» deb e’lon qilinadi va jiddiy muhofaza ostiga olinadi. Tabiat yodgorliklari tabiatning o‘tmishi va unda sodir bo‘layotgan jarayonlar haqida ma’lum darajada aniq guvohlik beradi. Masalan, valunalar-muzlik qoldiqlari, «qo‘y peshonalari» - muzliklarning qoyalarga ishqalanishi, jimjimador qoyalar – tog‘ jinslari nurashining guvohi. beramiz.


Yüklə 33,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin