QIZILQUM PALEOGRAFIYASI
Reja:
PALEOGRAFIYA haqida tushuncha
Qizilqum haqida
Paleogeografiya (paleo... va geografiya) — Yer va Yer poʻstining oʻtgan geologik zamonlardagi tabiiy geografik holatini oʻrganadigan fan, tarixiy geologiyaning bir qismi. P.ning asosiy vazifasi qad. davrlardagi quruklik va dengizlarning joylashishi, chuqurligi, suvning shoʻrligi, suv osti relyefi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, yer landshafti, iqlimi, quruqlik va dengizlarda sodir boʻlgan fizikkimyoviy hamda tabiiy-geografik jarayonlarni tadqiq qilishdan iborat. P. togʻ jinslari, ulardagi organik qol-diqlarning tarkibi, strukturasi, teksturasi, joylanishi va boshqalarni batafsil oʻrganishga asoslanadi. U fatsiyalar haqidagi taʼlimot, litologiya, stratigrafiya, tektonika, paleontologiya, paleoekologiya, paleoiqlimshunoslik, geokimyo va geofizika bilan uzviy bogʻliq.
Ilk paleontologik maʼlumotlar oʻrta asr Sharq olimlari, xususan, Abu Ray-hon Beruniy asarlarida keltirilgan. Birok, P. yaxlit fan sifatida 19-asrning oʻrtalaridan tarkib topa boshladi. Biostratigrafiya maʼlumotlari asosida nisbiy geoxronologik shkalaning ishlab chiqilishi, fatsiyalar haqidagi taʼlimotning vujudga kelishi, ingliz geologi Ch. Layel tomonidan aktualizm metodining asoslanishi, turli paleo-geografik haritalarning tuzilishi P.ning vujudga kelishiga asos boʻldi.
20-asrning 30-yillaridan paleogeografik rekonstruksiyalar foydali qazilmalarni qidirib topishning zaruriy asosi boʻlib qoldi. Fatsiyalar haqidagi taʼlimot (U. Tvenxofel, D. V. Nalivkin) takomillashdi. Xilma-xil tad-qiqot usullari yaratilib, buning na-tijasida P.da bir necha yoʻnalishlar paydo boʻldi; ular Yerning oʻtgan zamonlardagi tabiiy-geografik sharoitlarini turli tomondan oʻrganadi. Paleoekologik yoʻnalish choʻkindi jinslar tarkibi va boshqa xususiyatlari hamda ulardagi organik qoldikdarni tadqiq etadi; oʻtgan geologik davrning hayvonot va oʻsimlik dunyosi, suv havzalari, ularning qoʻshni dengizlar bilan bogʻliqligi, iqlim sharoiti, shoʻrlik darajasi va boshqa xususiyatlarini oʻrganadi. Paleobiogeografik yoʻnalish ayrim geologik davrlardagi zoogeografiya va flora provinsiyalari hamda oblastlarini belgilab beradi. Paleobiogeofafik, litologik-geokimyoviy va boshqa maʼlumotlar paleoiqlim rekonstruksiyalarida foydalaniladi. Terrigen-mineralogik yoʻnalish muayyan tarkibli chaqiq choʻkindilarning joydan-joyga koʻchish yoʻllari, toʻplanish oblastlari va kelib chi-qishini aniqlash imkonini beradi. Geokimyoviy yoʻnalish qad. suv havzalari shoʻrligi va fizikkimyoviy xususiyatlari hamda ularning evolyusiyasini oʻrganadi. Shuningdek, autigen mi-nerallar Cl, F, V, Br, Ca. Mg, Sr kabi elementlar konsentratsiyami, gilli va karbonatli jinslarda temir oksidi [Gʻe(Gʻe2O3)]ning miqdoriga asoslanib, qad. davrlar atmosferasining tarkibini aniklaydi. Dinamik P. qadimgi suv havzalari, koʻl, daryolar harakatini oʻrga-nadi, oqimlarni, choʻkindilar toʻplangan muxit xususiyatlarini tekshiradi. 30-yillardan paleotektonik usul keng tarqaldi. Bu usul fatsiyalarni ajratish, qad. yotqiziqlar qalinligi, formatsiyasini aniklashga asoslangan. P.ning maxsus tarmoqlaridan biri paleovulkanologiyadir. U vulkanli oblastlarning paleo-geografik rekonstruksiyasi bilan shugʻullanadi. Paleogeomorfologiya qad. rel-yeflarni oʻrganadi. 1968-yildan okeanlar tubida burgʻilash oʻtkazila boshlashi okeanlar P.sini toʻgʻridan-toʻgʻri aniklashga imkon berdi.
P. yordamida Oʻzbekiston hududining koʻp qismi mezozoy erasining kello-vey, Oksford, alb, turon, senon asrlarida va eotsenda dengiz suvi bilan qoplanganligi aniqlandi. Bu yerlar, ak-sincha, yura davrining boshlari va oʻrtalarida, boʻr davrining neokom, senoman va turon asrlari 2yarmida quruqlik boʻlgan. Toshkent atrofi, Qizilqum choʻli, Amudaryo etaklari, Orol dengizi oʻrni va Ustyurt platosida tarqalgan turon asri qumtoshlaridan topilgan dinozavr skeletlari va ulkan daraxtlarning toshga aylangan ta-nalari hamda quyi va oʻrta yura davrlarida hosil boʻlgan konlar oʻsha davrlar botqoqlik, oʻrmonlar va togʻlar bilan oʻralgan laguna va koʻllar, sayoz daryolar mavjud boʻlganligidan dalolat beradi.
Qizilqum — Markaziy Osiyodagi qumli choʻl. Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, qisman Turkmaniston hududida) joylashgan. Shimoli-gʻarbda Orol dengizi, sharqda Tyan-Shan va Pomir-Olay togʻ tizmalari bilan chegaradosh. Umumiy maydoni 300 ming km². Hududining koʻp qismi tekislik. Qizilqumda oʻrtacha balandlik janub va janubi-sharqida 300 metr, shimoli-gʻarbida 53 metr. Qizilqum hududidagi Sulton Uvays togʻi, Boʻkantov, Yetimtogʻ, Tomditov, Quljuqtov va boshqa past togʻlar yuvilib ketgan alp antiklinalining oʻzagidir. Vaqginchalik oqar suvlar togʻlardan yuvib tushgan materiallar togʻ etaklariga toʻplanib nishab prolyuvial tekisliklarni hosil qilgan. Ular togʻlardan uzoqlashgan sari pasaya boradi. Shuningdek, Qizilqum hududida qirlar (Beltov va boshqalar), yassi plitalar, berk botiqlar (Mingbuloq, Oyoqogʻitma, Qoraxotin, Moʻlali va boshqalar) hamda qadimiy suvsiz daryo oʻzanlari: Aqchadaryo, Janadaryo, Daryosoy, Quvonchdaryo, Mahandaryo va boshqalar mavjud.
Toğlar va ularni oʻrab turgan togʻ oldi tekisliklari bir-biridan qum massivlari bilan ajralib turadi. Qum massivlari uchun qator tepa va koʻzanak qumlari xosdir. Qizilqumning katta qismini qum massivlari: Juranqum, Toshquduq, Yomonqum, Kemirekqum va boshqalar egallagan. Qum massivlarida eol relyef shakllari — qum marzalari, doʻng qumlar, barxanlar uchraydi. Qum marzalari koʻproq meridianal yoʻnalishga ega, oʻsimliklar bilan mustahkamlangan. Ularning. nisbiy balandligi 3—30 metr, baʼzan 75 metrga yetadi. Qizilqumning markaziy qismida koʻpincha doʻng qumlar tarqalgan (ular ham oʻsimliklar bilan mustahkamlangan). Barxanlar nisbatan kam boʻlib, bular aholi yashaydigan joylar va quduqlar atrofida uchraydi. Barxanlarning harakatga kelishi insonning xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq. Marza qumlar orasidagi past joylarda taqirlar hosil boʻlgan, ular Qizilqumning shimoli-ģarbiy va shimoli-sharqiy qismida, ayniqsa, keng tarqalgan. Tektonik jihatdan Qizilqum Turon plitasida joylashgan. Qizilqumdagi past togʻlar paleozoy davriga mansub metamorfizlashgan slanets, rogovik, ohaktosh, marmar, granitlardan tashkil topgan. Tekislik qismida mezokaynozoy davri gillari, qumtoshlar, konglomeratlar, mergellar, shimoliy qismida esa Amudaryo va Sirdaryoning qadimiy daryo yotqiziqlari tarqalgan.
Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq, qishi sovuq. Havoning oʻrtacha yillik temperaturasi shimoliy qismida 9,8°—10,5°, janubida 13°—15°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0° dan –9° gacha, eng past temperatura –30, –31°, ayrim joylarda –34°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 29°, ayrim joylarda 30—31°. Eng yuqori temperatura (iyulda) 46—49°. Qizilqumda yozda yer yuzasi qizib ketadi. Namlik serob va oʻsimliklarga boy boʻlgan Amudaryoning quyi oqimiga qaraganda Qizilqumda vegetatsiya davrida musbat tralar yigʻindisi ancha yuqori, nisbiy namlik esa kunduzi oʻrtacha 10—12% past. Havoning nisbiy namligi iyulda kunduz kunlari hech qayerda 20% dan oshmaydi. Qizilqumga yillik temperatura amplitudasining kattaligi xos. Amudaryo etagiga qaraganda bu yerda yogʻin kam. Yillik yogʻin 80–160 mm, asosan, qish (30%) va bahor (48%) fasllarida yogʻadi. Yozda yogʻinning faqat 3% tushadi. Yozda havo quruq keladi va temperatura yuqori, tuproq qurgʻoqchiligi birmuncha vaqtliroq boshlanadi. Qumli massivlar va qumoq tuproqlardagi oʻsimlik oʻdgan joylarda qumoq va gilli joylarga qaraganda tuproq u qadar kuchli emas.
Qizilqumda yil davomida shimoliy, shimoli-sharqiy va shimoli-gʻarbiy shamollar tezligi oʻrtacha (3–4 m/sek.) esib turadi. Baʼzida kuchli boʻronlar ham boʻladi. Iqlimi quruq boʻlganidan Qizilqumda doimiy oqar suvlar yoʻq. Past togʻlardan boshlanuvchi quruq soylarda faqat bahorgi yogʻingarchilik paytlaridagina suv oqadi. Qizilqum yer osti suv zaxirasiga boy, lekin, ularning koʻp qismi shoʻr. Faqat Turon plitasi poydevorida joylashgan karstlashgan ohaktoshlardagi yer yoriqlarida chuchuk suvlar zaxirasi mavjud boʻlib, ular qulay joylarda yer yuzasiga buloqlar sifatida (Tomdibuloq, Irlir va boshqalar) chiqadi.
Qizilqumda qumli massivlar va past qirlar katta maydonni egallaydi. Qumli massivlar uchun choʻl qumli tuproqlari, qirlar uchun boʻz qoʻnģir tuproqlar xos. Taqir, shoʻrxok tuproqlar tarqalgan. Bularda chirindi moddalari kam. Qizilqum oʻsimliklari xilma-xil. Choʻl sharoitida namlikning taqchilligi va havo, tuproq haroratining balandligiga oʻsimliklar ham moslashgan. Oʻsimlik turi 900 ga yaqin, shundan 226 turi (25%) Oʻrta Osiyo uchun xos va 34 turi (3,5%) Qizilqumga xos oʻsimliklardir. Qizilqumda oʻsimliklar rivojlanishining tez yetiluvchanligi (efemerligi), qurgʻoqchillikka moslashuvchanligi (kseromorfligi), baʼzi oʻsimlik ildizlarining tuproqqa chuqur kirib borishi (freatofit), shoʻr muhitda ham vegetatsiya qilish xususiyatiga ega ekanligi (galofit) bilan ajralib turadi. Oq va qora saksovul, ularga aralash holda oʻsuvchi cherkez, qandim, chogon, borjok (qizilcha), shuvoq va boshqalar keng tarqalgan. Oq saksovulzorlar biyurgʻun, boyalich, keyreuk shoʻralar bilan, goho yulgʻun aralash ham uchraydi. Shuvoqzorlar Qizilqumning katta hududlarini egallagan. Shoʻr bosgan tuproqlarda sarsazan, qorashoʻra, shohilak, yulgʻun va boshqalar bor.
Sutemizuvchilardan jayron, saygʻoq, choʻl mushugi, barxan mushugi, qoʻshoyoq, yumronqoziq, qumsichqon, tulki, boʻri, quyon, olakoʻzan, uzun quloq tipratikan; sudralib yuruvchilardan qum boʻgʻma iloni, oʻqilon, uzun quloqli va taqir dumaloqbosh kaltakesak, agama, echkemar; qushlardan boyqush, chil, xoʻjasavdogar, saksovul toʻrgʻayi, choʻl qargʻasi, bulduruq, burgut, boyqush; hasharotlardan chayon, qoraqurt, biy, chigirtka va boshqalar uchraydi. Qizilqumda mayin junli va qorakoʻl qoʻylar boqiladi. Artezian havzalardan suv chiqarilib, chorvachilikni rivojlantirish maqsadida kichik vohalar vujudga keltirilmoqda. Qoldiq togʻlardan marmar, grafit, feruza, Muruntovdan oltin, uran, shuningdek, fosforit, korund, boksit konlari topilib, qazib olinmoqda. Gazli hamda Qandim gaz-kondensat konlaridan foydalanilmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Fyodorovich B.A., Lik pustshi, M., 1954;
Baratov P., Oʻzbekiston tabiiy geografiyasi, T., 1996;
Baratov P., Mamatqulov M., Rafiqov A., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiyasi, T., 2002.
Dostları ilə paylaş: |