O`rta osiyo va o`zbekistonda tasviriy san`atni o`qitilishi


Tasviriy va amaliy san`atdan sinfdan tashqari tadbirlar



Yüklə 70,83 Kb.
səhifə7/8
tarix28.12.2023
ölçüsü70,83 Kb.
#200935
1   2   3   4   5   6   7   8
O`rta osiyo va o`zbekistonda tasviriy san`atni o`qitilishi-www.hozir.org (2)

2.3 Tasviriy va amaliy san`atdan sinfdan tashqari tadbirlar.
Amaliy san`tning u yoki bu turi bo`yicha mashg`ulotlarda bolalar kompozitsiya ishlar ekanlar avvalo uni bevosita amaliyot yoki buyumlar bilan bog`lab amalga oshiradilar, ya`ni bajariladigan naqsh yoki bezaklar u yoki bu buyumning badiiy bezagi uchun mo`ljallangan bo`lishligi lozim. Bunda bolalar buyumning vazifasi, materiali, shakli, o`lchovlari kabilarni Hisobga oladilar. Ular buyumning vazifasi, shakli, materialini Hisobga olib, yo`lsimon, kvadrat, uchburchak, to`rtburchak, doira, ko`pburchak, namoyon shakllarida badiiy bezak ishlarini bajaradilar. Bu ishlar amaliy san`atning turiga qarab Ham eskiz, Ham bevosita buyum yuzasiga ishlanishi mumkin.
San`atshunoslik asoslari tasviriy va amaliy san`atdan barcha to`garak mashg`ulotlarida o`rganiladi. San`atshunoslik bo`yicha to`garaklarda san`at tarixi ancha keng va chuqur o`rgatilsa amaliy tarzdagi rangtasvir, Haykaltaroshlik, grafika, shuningdek, amaliy san`atning turlari bo`yicha tashkil etilgan to`garaklarda ularning Hajmi ma`lum miqdorda torayadi.
Rangtasvir to`garaklari san`atshunoslik asoslari bo`yicha to`garak raHbari san`atining kishilar Hayotidagi aHamiyati, tasviriy san`atning tur va janrlari, amaliy-bezak san`ati, me`morchilik san`atiga doir ma`lumotlarni Ham beradi. San`atshunoslik yuzasidan olib boriladigan ishlarni imkoni boricha amaliy mashg`ulotlar bilan bog`lab olib borilishi samarilidir. SHunga qaramasdan to`garak mashg`ulotlarida bolalarni muzeylarga, ko`rgazmalarga, rassomlarning ustaxonalariga olib borilishi, ularning tasviriy-ijodiy ishlar tanlovi va ko`rgazmalarini o`tkazilishi niHoyatda zarur. Mashg`ulotlarni san`at asarlarining reproduksiyalari, slayd va diapozitivlari, diafilm va kinofilmlar, vidiofilmlar namoyish etish orqali o`tkazilishi katta foyda beradi.
SHuningdek, bolalarni san`at asarlarining reproduksiyalari va otkritkalarini, rassom, Haykaltaroshlar Haqida materiallar to`plashga odatlantirish samaralidir. SHu maqsadda bolalar tasviriy san`atning tur va janrlari, rassom va Haykaltaroshlar Haqida albom tayyorlashlari mumkin. Bu ish ularni san`atga qiziqishlarini oshirishda, badiiy fikr doiralarini kengaytirishda, badiiy tafakkurini o`stirishda katta yordam beradi.
O`rganiladigan mavzuning maqsad va vazifalari, mazmuniga qarab mashg`ulotlar rasm ishlash, ma`ruza, suHbat, munozara, seminar, insho yozish, testlar yordamida o`tkaziladi.
Imkoni boricha amaliy ishlarni turli o`quv qurollari, badiiy va tabiiy materiallar, turli tasvirlash texnikasi yordamida o`tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Badiiy materiallar Hisoblangan akvarel, guash, sous, pastel, sangina, ugol, rangli qog`ozlar, folga, tush, tabiiy materiallardan-barglar, gullar, meva va sabzavot urug`lari, rangli toshlar, chig`anoqlar, qush patlari shular jumlasidandir. Bunday materiallar bilan ishlash mashg`ulotlarni turli-tuman va qiziqarli bo`lishni ta`minlaydi.
To`garak mashg`ulotlariga xos bo`lgan jiHatlardan yana biri bu rasm ishlanadigan qog`oz formati, o`lchovi, shaklini, rangining turlicha bo`lishligidir va ular mavzuning mazmuniga bog`liq Holda tanlanadi.
To`garak mashg`ulotlari uchun mavzu tanlashda o`qituvchi o`zidagi mavjud shart-sharoitlar, o`quvchilarning qiziqishlari, turli-tuman bo`lishligiga e`tiborni qaratmog`i darkor.
Tasviriy san`atdan amaliy ishlarga ajratilgan vaqt Ham topshiriqlarning vazifasi va ish mazmuniga qarab turlicha bo`ladi. Xususan, qoralama va ranglamalar 5-15 daqiqada, o`quv topshiriqlari 2-5 soat Hajmda, pleynardagi Har bir ish 15 daqiqadan 1 soatgacha bo`lishi mumkin.
San`at tarixiga doir to`garak mashg`ulotlarida o`qituvchi o`zbek milliy san`atining mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti, jaHonga mashHur o`zbek rassomlari va amaliy san`at ustalari, o`zbek tasviriy va amaliy-bezak san`ati ustalarining yuksak badiiy saviyada yaratgan asarlarini jaHonning yirik va mashHur muzeylaridan o`rin olganligi Hamda o`zbek xalqi bundan faxrlannishi Haqida so`zlab berishi lozim. Afrosiyob, VaraHsha, Ayrtom, Halchayon va boshqa joylarda er ostidan topilgan shaHarlar va uy devorlariga ishlangan devoriy rasmlar, shuningdek Haykallarning foto nusqalarini namoyish etish va SHarq Uyg`onish davrida MovaraunnaHr miniatyura san`ati, Kamoliddin BeHzod va uning shogirdlari tomonidan yaratilgan baHosiz asarlar, IX-XV asrlarda O`zbekiston me`morchiligining noyob ishlari Haqida ma`lumot berish bolalarda san`atga bo`lgan qiziqishni oshiradi.
Maktabda tasviriy va amaliy san`atdan o`tkaziladigan kechalar o`quvchilarni estetik va axloqiy jiHatdan tarbiyalashda katta aHamiyat kasb etadi. SHuningdek, u yoshlarni san`atga bo`lgan qiziqishni oshiradi, badiiy fikr doirasini kengaytiradi. Kechalar o`z mazmuniga ko`ra bir qator san`at turlarini mujassam etadi. Xususan, unda tasviriy san`atdan tashqari, musiqa san`ati, adabiyot, xoreografiya san`ati, sirk san`ati, teatr san`atlari ishtirok etishi mumkin. SHu bilan birga unda maktab jamoasi, shuningdek, ota-onalar, jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirok etishi kechani katta ko`tarinkilik bilan o`tishiga imkon beradi, tashkilotchilarning tadbirga mas`uliyatini oshiradi. Kechani o`tkazganda maktabdagi musiqa, o`yin, drama to`garaklari a`zolarining Hamkorligi yaxshi natijalar beradi.
Kechaning mavzusi niHoyatda qiziqarli bo`lishi lozim. Masalan, u mashHur rassom yoki amaliy san`at ustasining tavallud kuni munosabati bilan, yil fasllarini tasviriy san`atda aks etishiga doir, ma`lum bir mamlakat yoki davr san`atiga bag`ishlanishi mumkin. Kecha san`atimizning yorqin yulduzlari Kamoliddin BeHzod, Leonardo da Vinchi, Rembrant Van Reyn, Ilya Repin, CHingiz Axmarov kabi rassomlar, Usta SHirin Muradov, Ota Polvonov kabi xalq amaliy san`ati ustalarining Hayoti va ijodi, shuningdek, "SHarq miniatyura maktablari", "Tasviriy san`atda O`zbekiston kuzi", "Monna Liza. Jokondaning siri", "Mustaqillik va O`zbekiston tasviriy san`ati" kabi mavzular kechalar uchun yaxshi material bo`lshi mumkin.
Kechani o`tkazishda maktab tasviriy san`at to`garagi a`zolari asosiy rolni o`ynaydilar. Unga tuman, shaxar, viloyatdagi taniqli rassomlar, xomiylarning yordamini tashkil etish mumkin. SHu bilan birga kechani o`tkazishda maktabning musiqa, adabiyot, meHnat o`qituvchilari va to`garak a`zolari ishtirok etishlari samaralidir. Ular kechada qo`shiqlar, kuylar, she`rlar, spektakllardan parchalar, saHnani yorug`lantirish, stendlar tayyorlashda ishtirok etadilar. Kechani yuqori badiiy va tashkiliy saviyada o`tkazish uchun texnika vositalaridan keng foydalanish, kinofilmlar namoyish etish, kecha mavzusi bilan bog`liq Holda ko`rgazma, tanlov, viktorinalar tashkil etsa foydadan Holi bo`lmaydi. SHuni yoddan chiqarmaslik lozimki, kechani o`tkazishdan ancha avval maktab ma`muriyati ishtirokida uni tayyorlash uchun Hay`at tuziladi. Unga kecha o`tkazish bilan aloqador bo`lgan barcha shaxslar kiritiladi, kecha ssenariysi va ish rejasi tuzilib muHokama etiladi. Vaqti-vaqti bilan tayyorgarlik ishlari Hay`at yig`ilishida eshitilib turiladi.
To`garak mashg`ulotlarida tasviriy va amaliy san`at, me`morchilikka oid suHbatlar, ma`ruzalarga keng o`rin beriladi va ularni to`garak raHbari, to`garak a`zolari bilan birlikda o`tkazadi. Bunday tadbirlar mashg`ulotlar bilan bog`liq Holda, Ham mashg`ulotdan tashqari vaqtlarda Ham mustaqil ravishda o`tkazilishi mumkin.Ular to`garak raHbari tomonidan u yoki bu mavzuni chuqurroq o`rgatishni maqsad qilib qo`yganida yoki mavzu bolalar tomonidan yaxshi o`zlashtirilmay qolgani taqdirda Ham tashkil etilishi mumkin.
Ular rassom, Halq amaliy san`ati ustasining Hayoti va ijodi, ma`lum bir davr san`ati, san`tdagi biron bir oqim, san`atning tur va janrlari, bironta mamlakat san`ati, tasviriy san`atda meHnat, sport, buyuk shaxslar, ekologiya, onalik va bolalik kabi mavzularga bag`ishlangan bo`lishi mumkin. Bunday suHbatlar mazmuni qiziqarli bo`lishligi bilan bir qatorda u bolalarning faol ishtirokida o`tkazilishi maqsadga muvofiqdir. SHu maqsadda san`at asarlarining reproduksiyalari, slayd va diapozitivlari, diafilmlari texnika vositalari orqali namoyish etilishi samaralidir. SuHbatlar bolalarning yoshi va sinfiga qarab 45 minutdan oshmaganligi ma`qul.

XULOSA
Tasviriy san’at fanlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda «Tasviriy san’at o'qitish metodikasi — «san’atshunoslik » fakultetida o'rganiladigan asosiy kurslardan biri bo'lib, u bo'lajak o'qituvchilarni amaliy mashg'ulotlarda metodik jihatdan tayyorgarligini takomillashtirishning muhim omilidir. Bu amaliy mashg'ulotlar mazmuni talabalar badiiy-kasbiy bilimi, malaka va mahoratini har jihatdan mukammal (professional) va jiddiy o'zlashtirishni hamda ulami maktab o'quvchilari va kollej talabalariga badiiy ta’lim-tarbiya berish jarayonida yondasha bilishni va o'rgatishni nazarda tutadi. Tasviriy san’at o'qitish metodikasi fanidan Kurs ishi vazifasini tayyorlash va uni bajarish bilan bog'liq bo'lgan muhim masalalar dars jarayonida yoritiladi. Buni tayyorlashda fakultet tomonidan berilgan tasdiqlangan Kurs ishi mavzulari men ushfanning namunaviy dasturi va metodik ko'rsatmalariga, shuningdek, san’at fakultetida uzoq yillik mehnat tajribamga ham asoslandik.

Yüklə 70,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin