O`rta osiyo va o`zbekistonda tasviriy san`atni o`qitilishi


I BOB. O`RTA OSIYO VA O`ZBEKISTONDA TASVIRIY SAN`ATNI O`QITILISHI



Yüklə 70,83 Kb.
səhifə2/8
tarix28.12.2023
ölçüsü70,83 Kb.
#200935
1   2   3   4   5   6   7   8
O`rta osiyo va o`zbekistonda tasviriy san`atni o`qitilishi-www.hozir.org (2)

I BOB. O`RTA OSIYO VA O`ZBEKISTONDA TASVIRIY SAN`ATNI O`QITILISHI
Tasviriy san`at o`qituvchilarining o`quv-metodik majmualar bilan ta`minlash.

O`zbek Halqi o`zining qadimgi tasviriy, amaliy, me`morchilik san`atlari va madaniyati bilan faxrlansa arziydi. CHunki, O`zbekiston xududida eramizdan avval Ham tasviriy san`atning rangtasvir, Haykaltoroshlik, me`morchilik turlari niHoyatda rivojlangan bo`lib, ularning namunalari Varaxsha, Afrosiob, Qalchayon, Tuproq qal`a, Bolalik tepa, Ayrtom, Dalvarzin tepa, Fayoz tepa, Qo`yqirilgan qal`a, Ajina tepa, Teshik qal`a va boshqa bir qator joylardan topilgan. YAna shuni Ham qayd qilish lozimki, bu asarlar eramizdan avvalgi 4-1- asrlarda yaratilgan bo`lib ularning yoshi 5-6 ming yilga to`g`ri keladi. Bu asarlarning badiiyligi Hozirgi zamon rassomlari va Haykaltaroshlarining asarlaridan qolishmaydi desak mubolag`a bo`lmaydi. 11-rasm. Bunday yuksak badiiy saviyadagi asarlarni o`sha davrda to`plangan ilg`or tajriba, tasviriy san`at maktablarisiz yaratish mumkin emas. Ma`lumki, san`at bir necha avlodning ko`p yillar davomida shakllangan an`analari, ustaning shogirga o`tkazgan bilimlari asosidagina taraqqiy topadi. Bu esa so`zsiz umumiy badiiy ta`lim yo`nalishida bo`lmasa Ham, kasbiy badiiy ta`lim shaklida rivojlanganligidan dalolat beradi. Ma`lum davrlarda O`zbekiston xududidagi san`at taraqqiyotida uzilishlar ro`y berganligining sabablari, Iskanadar Zulqaynar, mo`g`illar, arab, rus istilollariga borib taqaladi. Amir Temur mustaqil davlat tuzgan davrda tasviriy san`atning miniatyura turini gullab- yashnagani Ham buning yaqqol dalilidir. Amir Temur davrida miniatyura va kitob grafikasi shunchalik tez rivojlandiki, u na faqat SHarq, Hattoki Evropa mamalakatlari san`atiga Ham o`z ta`sirini ko`rsatdi. Natijada, Samarqand, Buxoro, Xirot miniatyura maktablari bilan bir qatorda Bag`dod, Tabriz, SHeroz, Ozarbayjon, Xind, Isfaxon, Turk miniatyura makatblari Ham shakllandi va rivojlandi.


Mazkur miniatyura maktablari rassomchilikdan kasbiy ta`lim yo`nalishida rivojlangan bo`lsa-da, lekin ulardan umumiy ta`lim tizimidagi tasviriy san`atni o`qitishda bemalol foydalansa bo`ladi. Xususan, umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun tayyorlangan dasturlarda san`atshunoslik asoslari, rangtasvir va qalamtasvir ishlash, naturaga qarab tasvirlash, borliqni idrok etish bo`limlari mavjud bo`lib, kasbiy badiiy va umumiy badiiy ta`lim tizimlari o`rtasiga qat`iy chegara qo`yib bo`lmaydi. Tasviriy san`atning nazariy asoslari Hisoblangan rang, Hajm, perspektiva, kompozitsiya asoslari kabilar, Ham kasbiy, Ham umumiy ta`lim tizimida o`rganiladi. Faqat tasviriy san`atni o`qitilishida talaba va bolalarning yoshlari, idroki, psixologik xususiyatlari, tasviriy malakalari Hisobga olinishi lozim, xolos.
Tasiriy san`at tarixida buyuk naqqosh va musavvir Kamoliddin BeHzodga Xirotlik Mirak naqqosh ustozlik qilgani, unga miniatyura rangtasviri sirlarini o`rgatgani Haqida ma`lumotlar bor. SHuningdek, ustoz Miroq naqqoshning Xirot “ Nigoristoni ” (San`at akademiyasi) bo`lganligi va unda Komoliddin BeHzod tarbiya olganligi Ham ma`lum.
Professor Orif Usmonov o`zining “Kamoliddin BeHzod va uning naqqoshlik maktabi” nomli kitobida BeHzod Tabrizda yashagan vaqtda nafis tasviriy san`at maktabini yaratganini qayd qiladi. U erda musavvir o`z atrofiga eng iste`dodli yoshlarni to`plagani, ularga san`atining sir-asrorlarini o`rgatgani va Tabrizda Sulton MuHammad, Mirzo Amir, Oqo Mirak, Muzaffar Ali, Sulton MuHammad Nur, SHomuxammad Nishopuriy, YUsuf Mullo, Mir Ali, Rizo Abbosiy, MaHmud Muzaxxib, Mavlono YOriy, Xasan Bag`dodiy, Abdulla SHeroziy, Darvesh MuHammad, Mir Said Ali, Qosim Ali, Xeraviy singari o`nlab iste`dodli musavvirlarni tarbiyalaganligini yozadi. Uning shogirdlari BeHzodning tasviriy san`at uslubini davom etirganlari Ham rasmiy ma`lumotlardan ayon.
O`zbekistonda Hozirgi zamon ta`lim tizimining paydo bo`lishi XX asrning birinchi choragiga to`g`ri keladi. Rossiyada Oktyabr inqilobi so`zsiz uning mustamlakasi Hisbolangan Turkistonga Ham katta ta`sir ko`rsatadi. YAngi tuzum o`zini ko`rsatish maqsadida e`tibordan chetda qolgan chorizimning mustamlaka o`lkalariga e`tibor qaratdi. SHu maqsadda u bir guruH fan va madaniyat vakillarini Turkistonga yubordi. SHulardan bir guruHi Sankt-Peterburg va Moskvalik rassomlar edilar. Ularning bir qismi ijodiy ish bilan shug`ullansalar, ayrimlari yoshlar badiiy ta`limiga o`z e`tiborlarini qaratdilar. Bu rassomlar Turkistonning yirik shaHarlarida badiiy studiyalar tashkil etdilar, o`z asarlarining ko`rgazmalarini o`tkazdilar.

Yüklə 70,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin