O`rta osiyo va o`zbekistonda tasviriy san`atni o`qitilishi


O`zbekistonda tasviriy san`atni o`qitilishiga doir dastlabki ma`lumotlar



Yüklə 70,83 Kb.
səhifə3/8
tarix28.12.2023
ölçüsü70,83 Kb.
#200935
1   2   3   4   5   6   7   8
O`rta osiyo va o`zbekistonda tasviriy san`atni o`qitilishi-www.hozir.org (2)

1.1 O`zbekistonda tasviriy san`atni o`qitilishiga doir dastlabki ma`lumotlar
1918 yilda Toshkentda badiiy kommuna ochiladi, bir yildan keyin Samarqandda Turkiston o`lka badiiy xalq maktabi ishga tushadi. 1920 yilda Andijonda rangtasvir maktabi, YAngi Buxoroda san`at to`garagi tashkil etildi, musulmonlar uchun tasviriy san`at kurslari ochildi. Bir yildan so`ng respublikada badiiy maktab va studiyalar soni 29 taga etdi va unda shug`ullanuvchilar soni 500 kishidan oshib ketdi. 1921 yil kuzida ochilgan badiiy politexnikumda 170 o`quvchidan 150 tasi o`zbeklar edi.
1924 yilda Toshkent tasviriy san`at muzeyi qoshida badiiy studiya ochildi. Unda M.Kupriyanov (MashHur Kukrinikslar guruHidan), S.CHuykov, maHalliy yosh rassomlardan O`. Tansiqboevlar yoshlar bilan mashg`ulotlar olib bordilar. 1927 yilga kelib Toshkent va 1929 yilda O`zbekiston poytaxti Hisoblangan Samarqandda badiiy bilim yurti tashkil etildi. Bu bilim yurtlariga ko`proq maHalliy yoshlar qabul qilindi. Bu bilim yurtlarining asosiy maqsadi rassomlar tayyorlash bo`lsa-da umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun o`qituvchilar tayyorlash borasida Ham ma`lum rol o`ynadi.
SHu bilan birga ta`lim tizimida estetik va badiiy ta`lim masalalariga Ham e`tibor qaratila boshlandi.
1918 yilda umumiy ta`lim maktablari uchun ishlab chiqilgan “Osnovno`e prinsipo` ediniy trudovoy shkolo`” nomli asosiy Hujjatda “Estetik ta`lim deganda qandaydir sodda bolalar san`atini o`qitilishini tushunmaslik lozim, u xissiyot organlari va ijodiy qobiliyatlarni muntazam rivojlantirib boradi va u go`zallikdan zavqlanish va ularni yaratuvchanlik imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu elementdan maHrum qilingan meHnat va ilmiy ta`lim jonsiz gavdaga o`xshab qoladi. CHunki Hayotdagi zavq va ijod quvonchi meHnatning Ham, ilmning Ham yakuniy maqsadidir” deb yozilgan edi. Bu Hujjat O`zbekiston maktablari uchun Ham asos qilib olindi.
Bolalar ijodi bilan shug`ullanayotgan ko`pchilik rassomlar bolalar ijodini ideallashtirdilar va Evropada keng tus olgan “Erkin ijod” deb ataluvchi tushukunlikka yuz tutgan nazariyadan kelib chiqqan qarashlarni yoqladilar. Bu yo`nalishdagi mutaxassislar pedagog faqat bola ijodini erkin rivojlantirishi va malakasini oshirishga yordam berishi lozim deb qaradilar. Mana shunday mutaxassislardan biri Peterburglik an`atshunos A.V. Bakushinskiy edi. U o`zining “Xudojestvennoe tvorchestvo i vospitanie” nomli kitobida badiiy tafakkur va badiiy ijodga to`liq erkinlik berish kerak, bolalarning badiiy didini, badiiy asarini “tuzatish”, “qotillik Hisoblanadi” deb yozdi. Bu fikr o`sha davr pedagogika nazariyasiga tamomila zid edi.

Yüklə 70,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin