O`rta osiyo va o`zbekistonda tasviriy san`atni o`qitilishi


Umumiy o’rta maktab va kasb-hunar kollejida tasviriy san’at va ta’limning maqsad va vazifalari



Yüklə 70,83 Kb.
səhifə6/8
tarix28.12.2023
ölçüsü70,83 Kb.
#200935
1   2   3   4   5   6   7   8
O`rta osiyo va o`zbekistonda tasviriy san`atni o`qitilishi-www.hozir.org (2)

2.2 Umumiy o’rta maktab va kasb-hunar kollejida tasviriy san’at va ta’limning maqsad va vazifalari.
Tasviriy san`atdan sinfdan tashqari ishlar umumiy o`rta ta`lim tizimida muHim o`rinni egallaydi. Ular tasviriy va amaliy san`at, me`morchilik kabi san`at turlari bo`yicha amalga oshiriladi. Bular sinfdan tashqari ishlar, to`garaklardagi mashg`ulotlar, uchrashuv, ko`rgazma, tanlov, san`at kechalari kabi qator yo`nalishlarda o`tkaziladi va ular o`quvchilarni badiiy-ijodiy eHtiyojlarini qondirish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ulardagi individuallik va inte`dodni ro`yobga chiqarishga xizmat qiladi. SHu bilan birga u yoshlarning badiiy va estetik fikr doirasini kengaytiradi Hamda didini rivojlantiradi.
Tasviriy, amaliy san`at va me`morchilikdan tashkil etiladigan to`garaklar umumiy o`rta ta`lim maktablarining barcha sinflarini qamrab oladi. Ular kichik (1-4 chinflar), o`rta (5-7 sinflar), katta (8-9 sinflar) guruHlardan tashkil topadi va ular rangtasvir, Haykaltaroshlik, grafika, naqqoshlik, ganchkorlik, misgarlik, kashtachilik, yog`och o`ymakorligi, badiiy sopoldo`zlik, shuningdek, me`morchilik, san`atshunoslik to`garaklari Hisoblanadi.
To`garaklar san`atning u yoki bu turi yoki janri asosida Ham tashkil etilishi mumkin. Bu to`garaklarning turlari ularga ajratilgan soatlar Hajmi va ta`lim mazmuni bolalarning istaklari, mayllari va maktab imkoniyatlari, bolalarning yoshlik xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Maktab to`garaklarining maqsad va vazifalari asosan bolalarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish Hisoblanar ekan, ularni qat`iy reja asosida muntazam olib borilishi talab etiladi.
To`garaklar Har bir maktabda san`atning turlari, guruHlar bo`yicha bitta yoki bir nechta bo`lishi mumkin. Umumiy o`rta ta`lim maktablarida to`garak raHbarining asosiy e`tibori quyidagilarga qaratiladi:
-tasviriy yoki amaliy san`at to`garaklariga qiziqishi va qobiliyati bor o`quvchilar qabul qilinadi Hamda Har bir guruHda ularning soni 10-15 tadan oshmasligi lozim. Aks Holda ular bilan olib boriladigan ishlarning sifati pasayib ketadi.
-to`garakda bolalarning qiziqishi, idroki, tasviriy malakalari, ijodiy qobiliyatlari o`rganilib va ma`lum vaqt mobaynida sinovdan o`tkazilib, qabul qilinadi.
To`garaklarda tasviriy va amaliy san`at ta`limi mazmuni aloHida e`tiborga loyiq. Ta`lim mazmunining to`g`ri belgilanishi to`garak ishini muvaffaqqiyatini ta`minlaydi. SHuning uchun raHbar mavjud dasturlarni o`rganib chiqishi va shu asosda o`zining maHalliy sharoitlari, bolalarning tayyorgarligi va imkoniyatlari, moddiy-texnikaviy asosning mavjudligiga qarab ta`lim mazmuniga oid o`z rejasini ishlab chiqadi.
To`garaklar tasviriy va amaliy san`atning qaysi turi yoki janri yuzasidan bo`lishligidan qat`iy nazar, u amaliy va nazariy qismlardan tashkil topadi.
Tasviriy san`atdan amaliy ishlar bevosita, naturaga qarab rasm ishlash, kompozitsiya, suvrat namunalarini ko`chirish kabi yo`nalishlarda amalga oshiriladi.
Amaliy san`atga doir (naqqoshlik, ganchkorlik, yog`och o`ymakorligi,badiiy sopoldo`zlik, misgarlik, kashtachilik v.b.) to`garaklarda bolalar naqsh namunalaridan ko`chirish, mustaqil ijodiy kompozitsiyalar ishlashdan tashqari tasviriy san`at to`garaklaridagi kabi naturaga qarab rasm ishlash bilan Ham shug`ullanadilar. Bunday darslarda o`qituvchi tasvirlashning nazariy asoslari Hisoblangan yorug`soya, perspektiva, rangshunoslik qonunlariga Ham aloHida e`tibor beradi.Bu qonun va Hoidalarga doir maxsus mashg`ulotlar tashkil etilishi Ham mumkin.
Rangtasvir, Haykaltaroshlik va grafika to`garaklari mashg`ulotlarida kompozitsiyalar ishlashga katta o`rin beriladi.Bolalar tasviriy san`atni barcha janrlari(manzara, turmush, natyurmort, tarixiy, batal, animal, portret, afsonaviy, marina) bo`yicha mustaqil kompozitsiya ishlash, tayyor san`at asarlari namunalaridan ko`chirish bilan shug`ullanadilar. Ular adabiy asarlarga illyustratsiyalar ishlash, badiiy bezak ishlariga doir topshiriqlarni Ham bajaradilar.
Naturaga qarab rasm ishlash mashg`ulotlarida to`garak a`zolarining yoshlari yoki guruHlarga qarab tabiat maHsulotlari (barglar, gullar, meva va sabzavotlar), uy-ro`zg`or, meHnat buyumlari, texnika, sport, san`atga doir predmetlar, me`morchilik obidalari, turgan yoki Harakatdagi odam, qush, Hayvonlar rasmlari chizdiriladi.
Bunday mashg`ulotlarda, gipsli geometrik shakllar, rezetkalar, odam va Hayvonlarning gipsli shakllari, meva va sabzavotlarning mulyajlari, qush va kichik o`lchovdagi Hayvonlarning tulumlarini o`quv mashg`ulotlarida chizdirish qo`yilgan maqsadga erishishni engillashtiradi. YUqorida qayd qilingan buyum va narsalar topshiriqning vazifasiga qarab aloqida yoki to`p Holda, Harakatda yoki Harakatsiz Holatlarda chizdirilishi mumkin. Bunday mashg`ulotlar mavzuga oid rassomlar asarlarining reproduksiyalarini namoyish etish va taHlil qilish bilan qo`shib olib boriladi. SHuningdek, bu mashg`ulotlarni uzoq, qisqa muddatda, darsda, mustaqil tarzda amalga oshiriladi.
Beriladigan topshiriqlar mavzu va mazmun jiHatda bolalarning yoshi, qiziqishi, tasviriy imkoniyatlariga yarasha bo`ladi.
Kompozitsiya mashg`ulotlarini bolalar uchun qiziqarli bo`lishligi uchun manzara va turmush janrlaridan tashqari, tarixiy, batal janrlarda "Spitamen qo`zg`oloni", "Jizzax qo`zg`oloni", "Muqanna qo`zg`oloni", “Manguberdining mo`g`illarga qarshi kurashi" kabi mavzularda rasm ishlash uchun tavsiya etilsa, afsonaviy janrda "Suv parilari", "Devlar Hayoti", "Kentavrlar jangi", "Ajdarlar bilan kurash", "Boshqa sayyoralarda" kabi mavzular tavsiya etiladi. SHu bilan birga animal janrdagi ona va bola Hayvonlar Haqidagi mavzular Ham bolalarda katta qiziqish Hosil qiladi.
Tasviriy va amaliy san`atdan nazariy bilimlar to`garaklarning turiga qarab oddiy yoki murakkab mazmun va Hajmda beriladi. Xususan:
1. San`atshunoslik to`garaklari (Tasviriy san`atning aloHida tur va janrlari. O`zbekiston tasviriy san`ati. U yoki bu davr tasviriy san`ati). Bunday to`garaklarda nazariy bilimlar bolalarga ancha keng va chuqurroq Hajmda beriladi.
2. Tasviriy san`at (rangtasvir, Haykaltaroshlik, grafika) to`garaklari. Bunday to`garaklarda nazariy bilimlar o`rtacha Hajmda beriladi.
3. Amaliy-bezak san`ati to`garaklari. Bunday to`garaklarda nazariy bilimlar qisqartirilgan Hajmda beriladi. Biroq, xalq amaliy san`ati tarixi uni nazariy asoslari, xalq ustalari, amaliy san`atda ishlatiladigan ish qurollari va jiHozlar, materiallar, ish uslublari, xalq san`ati rivoj topgan markazlar, san`at va viloyat o`lkashunoslik muzeylari, ulardagi eksponatlar Haqida keng ma`lumotlar berilishi talab etiladi.

Yüklə 70,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin