O’rta osiyoda paleografiya, epigrafika va me’morchilik tarixi


Islomdan keyingi turkiy epigrafik yodgorliklarning umumiy tavsifi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/55
tarix14.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#178112
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

Islomdan keyingi turkiy epigrafik yodgorliklarning umumiy tavsifi. 
O‗rta Osiyoga arablar kirib kelganidan va islom dini bu hududda tarqala 
boshlaganidan keyin o‗sha davrgacha amalda qo‗llanib kelingan qadimgi turkiy 
yozuvlar siqib chiqarilgan va bu yerda arab yozuviga asoslangan eski o‗zbek 
yozuvi qolgan. Davlat muassasalaridagi barcha yozishmalar, shuningdek odamlar 
o‗rtasidagi yozma munosabatlar arab alifbosiga ko‗chirilgan edi. Shuning uchun 8-
9 asrlardan boshlab bu hududdagi epigrafik yodgorliklar ham mana shu yozuvda 
bajarila boshlagan. Lekin bu yodgorliklardagi bitiklarning yozuvi arabiy bo‗lgani 
bilan, tili asosan turkiy, ba'zan forsiy, goho esa arabcha edi. 
Arabiy yozuvda bitilgan epigrafik bitiklarni o‗rniga qarab diniy pand-
nasihat mazmunidagi bitiklarga va xotira (esdalik uchun yozilgan) bitiklarga 
ajratish mumkin. Esdalik uchun yozilgan bitiklarga imoratlarning ustki qismidagi 
yozuvlar ham kiradi. Bu bitiklarda asosan imoratning qurib bitkazilgan sanasi, uni 
qurish tashabbusi bilan chiqqan kishilarning yoki shu binoni qurgan usta-
me'morning nomi hamda shu binoni qurish bilan bog‗liq bilgan voqyea-hodisalar 
bayon etilgan. Bundan tashqarii O‗rta Osiyo hududida juda ko‗p epitafiyalar-
maqbaralar yoki qabrlarning ustiga bitilgan yozuvlar ham borki, ularni o‗rganish 
tarix fani uchun juda katta va muhim materiallar beradi. 
Epigrafik yodgorliklar O‗rta Osiyoning barcha shahar va qishloqlarida 
topiladi. Lekin ularning ko‗pligi va xilma-xilligi jihatidan oldingi o‗rinlarni 
Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz (Kesh), Termiz, Toshkent (Shosh) kabi 


shaharlar egallaydi. Bundan tashqari juda ko‗plab epigrafik yodgorliklar Axsi, 
Chust, Koson, Pop, Dalvarzintepa, Ko‗hna Urganch kabi hozirda shahar sifatida 
o‗z qiymatini pasaytirgan yoki turli tarixiy sababalrga ko‗ra, xarobaga aylangan 
aholi punktlaridan ham topilgan. 
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli 
ta‘lim, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin