O’rta osiyoda paleografiya, epigrafika va me’morchilik tarixi


Toq, tim va hammomlar arxitekturasi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/55
tarix14.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#178112
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

Toq, tim va hammomlar arxitekturasi.
Toqlar bosh magistral yo'llarning 
chorrahalarida barpo etilgan. Ularning konstruksiyasi oddiy bo'lmagan. 
Toqlar hozirgi vaqtda birnchi («Toqi Sarrafon»), ikkinchi («Toqi 
Telpakfuro'shon») va uchinchi («Toq Zargaron») gumbazlar deb ham 
yuritiladi.
 
Toqi Zargaronning arkali bosh gumbazi kvadrat asos ustidagi shaklda 
konstruksiyasining ustida o'rnatilgan. U chorrahada nafaqat yo'l harakatini 
tartibga solgan, shuningdek, uning ichki qismida chuqurlik bo'yicha 36 ta 
murakkab bo'lmagan ishlab chiqarish inventarlari joylashgan ustaxona va tilla 
do'konlar ish yuritgan. 
«Toqi Zargaron» shahriston bozorining taxminan bosh chorrahasiga mos 
keladi. U o'zining nomini bugungacha saqlab kelgan. Ushbu inshoot qatnov 
yo'lining ustida bunyod etilgan, qadimgi shahristonning markazida bo'lgan. 
«Toqi Zargaron»dan janubga boraverishda chap qo'lda Abdulloxon timi
,
undan keyin, ro'parasida «Toqi Telpakfuro'shon» joylashgan.
 
Abdulloxon timi 
(usti berk savdo rastasi) 1577-yilda bunyod etilgan. Tim kvadrat shaklida, 


devorlariga ikki tomondan ravoqli tokchalar joylashgan. O'rtadagi miyon 
saroy baland gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz ostidagi ravoqli teshiklar yorug' 
tushishi uchun mo‘ljallangan. 
O'tmishda bu timda shoyi va jun gazlama bilan savdo-sotiq qilingan. Inshoot 
faqat kun yorug'ligida faoliyat ko'rsatgan. Kunduzlari xonalarni yoritishni 
yaxshilash maqsadida gumbaz va qator gumbazchalar tepasidan baraban shaklida 
arkali fonar va fonarchalar o'rnatilgan. Bosh gumbaz sakkizlik konstruksiyasi 
ustida o'rnatilgan. Bosh gumbaz osti maydoni usti kichik gumbazlar yordamida 
yopilgan galareyalar bilan birlashib, yaxlit yopiq bozorni tashkil etgan. Yopiq 
bozorning ichi doim salqin va nisbatan qorong'i bo'lgan. 
XVI asrda qurilgan bu hammomlarning yechim Buxoroning an'anaviy 
fuqarolik binolari sifatida katta qiziqish uyg'otgan. Unda o'rta asr sharqining 
hammomlariga o'xshash boy tuzilish yo'q, biroq injener-texnik yechim nuqtai 
nazaridan zamonaning yutuqlari aks ettirilgan. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin