Bugunga qadar saqlanib kelinayotgan madaniu meros obyektlari,
inshootlari
tiklangan. Noyob arxitekturaviy yodgorliklarning barpo etilishi Buxoroning
o'ziga xos me'morchilik maktabi borligidan va o'sha
davrda bu maktabning
naqadar rivojlanib ketganligidan guvohlik beradi.
Ana shu rivojlangan davrning noyob arxitektura yodgorliklaridan biri
Masjidi Kalondir Masjidi Kalon joyida dastlab 1121-yilda
Juma masjidi bunyod
etilgan. Vaqt o'tishi bilan u inshoot vayronaga aylangan. 1514-yilga kelib, bu
inshoot Masjidi Kalon sifatida qayta qurilgan. 1097-yilda Buxoroning 2500 yillik
yubileyi munosabati bilan Masjidi Kalon obdon restavratsiya qilindi.
Mir Arab madrasasining arxitekturasi.
Mir Arab madrasasi 1520-1536-
yillarda Mir Arab nomi bilan tanilgan Abdulla Yamainiy rahbarligida qurilgan
.
Tarixdan ma'lumki, ko'p yuz yilliklar davomida
Buxoroda islom dini
o'rganuvchi ahli toliblar tarbiyalangan. Feodalizm davrida Buxoroda juda ko'p
monumental inshootlar qurilgan. Faqat XVI asrda o'ndan ortiq madrasalar barpo
etilgan. Ulardan bir qanchalari bizgacha saqlanib qolgan.
Bu davrda Buxoroning va butun Markaziy Osiyoning siyosiy va
ma'naviy hayotida islom dinining roli oshgan. Ko'pchilik dinga sig'inuvchi
xizmatchilar yirik feodallardan bo'lgan. Ular o'zlarini ko'rsatish,borliklarini
bildirish, nomlarini ko'rsatish va ulug'lash maqsadida masjid
va madrasalar
qurdirganlar.
Mir Arab madrasa jahonga tanilgan va musulmon dunyosining yirik diniy
oliy maktablaridan hisoblanadi. U madrasa inson tafakkurining mahsuli
bo'lgan ajoyib arxitektura yodgorligidir. Mir
Arab madrasasining peshtoqi
Masjidi Kalonning portali bilan yagona o'qda joylashgan. Biroq madrasa bir
oz balandroqda bunyod etilgan. Manbalarda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra,
u joy bir oz past bo'lgan, shuning uchun bino asosi tuproq bilan to'ldirilib
ko'tarilgan.
Rivoyat qilishlaricha, o'sha davrdagi Buxoro
podshosi uch ming nafar
erkak va ayollarni qul sifatida pullagan. Bundan tushgan mablag'ni u Abdulla
Yamaniy degan mashhur kishiga madrasa barpo etish uchun bergan.