O’rta osiyoda paleografiya, epigrafika va me’morchilik tarixi


Chor Bakr arxitekturaviy ansabli



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/55
tarix14.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#178112
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi

Chor Bakr arxitekturaviy ansabli. 
Buxoro shahrining g'arb tomonida
undan 5 km uzoqlikda joylashgan. Sumitan qishlog'ida Jo'ybari 
shayxlarining shahardan tashqaridagi nekropoli - Chor Bakr qurilgan
.
Ziyoratgohning bosh kompleksi 1560-1569-yillarda barpo etilgan.
 
Kompleks uzoq vaqt shakllangan. Daxmala r, darvoza, hovli, yo'lak, 
ko'p sonli qabrlar usti inshootlari bunyod etilgan. Chor Bakr oxirgi marta 
Mustaqillik davrida restavratsiya qilindi. 
Me'moriy kompleks negizini tashkil etgan xonaqoh (shimolda), 
madrasa (janubda) va namozgoh (g'arbda) orasidagi sahn supa tarzida. 
1900-yilda u yerda katta bo'lmagan minora bunyod etilgan.
Xonaqoh gumbazli xona (9x15,8 m) va peshtoqdan iborat. Xon fasadning 
qo'sh qavat ravoqlari va peshtoqi jozibador ishlangan bo'lib, peshtoqning ikki 
qanoti guldastalar bilan ulug'vor ko'rinadi. 
Peshtoq bezagida koshindan terilgan yirik kufiy xatlar diqqatni jalb 
etadi. Gumbazning ostki konstruksiyasi ancha murakkab. Xonani ikki, 
ravoq ko'ndalangiga bog'lab, gumbaz uchun asos bo'lgan.
Madrasa peshtoqi kengroq, fasadni deyarli egallag an. Peshtoq 
dahanasi uch ravoqqa bo'lingan. Darsxona chortoqli, o'rtasi gumbaz bilan 
berkitilgan. Madrasaning yon fasadlari qo'sh qavat ravoqlar qatorini 
takrorlaydi Masjid va xonaqohning bosh fasadlarini peshtoq keng 
gumbaz bilan egallashi, yon tomonlari ikki qavatli ayvonlardan tashkil 
topishi shu xildagi binolar uchun an'anaviy yechim hisoblanmagan. Kufiy 
xatlar va mayda koshinkorli bezaklar mahorat bilan ishlangan.


Gumbazning tashqi ko'rinishi salobatli. Masjid maydoni sahnining to'rida 
joylashgan. 
Marjid va xonaqohning bosh zallari baraban shakldagi gumbazlar
bilan yopilgan. Ularning intereri jonli ishlangan. O'zaro kesishgan
arkalar va chatishib ketgan paruslar ustida derazachali barabanlar,
ularning usti esa gumbaz bilan yopilgan

XVII asrnirg ikkinchi yarmi va XVIII asrda Buxoroda iqtisodiy va 
siyosiy jhatdan tushkunlik yuzaga kela borgan. Bu davrlarda qurilishlar 
davom etsa-da, biroq me'morchilik san'ati sezirarli darajada to'xtab 
qolgan. Yaratilgan inshootlarning sifatlari badiiy va texnik jihatdan 
avvalgilarga nisbatan pasaygan. 
XVIII asrning kkinchi yarmiga kelib Buxoro xonligi o'zining
iqtisodiy va madaniy mavqeini yo'qota boshlagan.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin