Oʼrtа professionаl tа’limning


Maktabgacha ta’lim yoshidagi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə37/64
tarix02.06.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#60415
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64
bolalar adabiyoti

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar kitobxonligi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Hali o‘qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan butunlday bexabar bo‘ladilar. Shunga qaramay, kichkintoylar o‘zlarini qurshagan olamni tezroq bilib olishga, uni o‘rganishga intiladilar. Bunda ota-onalar, bog‘chalarda esa tarbiyachilar bolalarga yaqindan yordam berishlari, ya’ni ularga badiiy asarlardan parchalar o‘qib berishlari lozim. Bu davr bolalariga o‘qib beriladigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, bunday kitoblarning rasmlari rang-barang, harflari esa yirik-yirik bo‘lishi maqsadga muvofiq
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar tinglaydigan asarlarning ko‘pchiligini alla-qo‘shiq, ertak, topishmoq, maqol, tez aytish kabi xalq og‘zaki ijodi asarlari tashkil etadi. Bundan tashqari, yozuvchilar yaratgan va yuqoridagi talablarga to‘la-to‘kis javob beradigan ayrim asarlar ham maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun qo‘l keladi. Ammo shu narsani ham ta’kidlab o‘tish kerakki, bolalar uchun ijod qiladigan qalam sohibi hayotdagi muhim xarakterli voqea va hodisalarni badiiy obrazlar orqali bolalar nutqiga mos tilda, ularning yoshi, ruhiyati va saviyasiga muvofiq ravishda tasvirlashi lozim.Bolalar shoiri Anvar Obidjon o‘zining «Suhbat» degan she’rida bolalar yaxshi ko‘radigan g‘ozlar to‘g‘risida so‘z yuritadi. Ma’lumki, bolalar jonivorlar, xususan, qushlarga ilk yoshlaridan boshlab qiziqadilar. Shu jihatdan qaraydigan bo‘lsak, «Suhbat» bola hayotida muhim rol o‘ynaydi. Voqea juda oddiy va sodda. O‘zaro suhbatdan ma’lum bo‘ladiki, g‘ozlarning qorni och, ularni bog‘ish kerak. Buni shoir o‘yin vositasida ifoda etadi:
- G‘ozlar, bir so‘z deysizmi?
- G‘a, g‘a-g‘a!
- Totli suli yeysizmi?
- Ha, ha-ha
- Nega patni silaysiz?
- G‘og‘, g‘og‘-g‘og‘
- Mendan nima tilaysiz?
- Bog‘, bog‘, bog‘!
Bu xildagi she’rlar kichkintoylarni mustaqil fikrlashga, turmush taassurotlarini to‘plab, ulardan xulosa chiqarishga o‘rgatadi.
Xulosa qilib aytganda, bolalar o‘zlari tinglagan asarlari yordamida asta-sekin atrof-muhit bilan tanishadilar, ona-yurtga mehr-oqibatli bo‘lishni, tabiatni asrashni, mehnatni sevishni o‘rganadilar.Birinchi Prezidentimiz nutq va kitoblarida bolalar kitobxonligi, ayniqsa, kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘qish-u xulq-odoblari tilga olinadi. Bularga ko‘proqe’tibor berish, ularning ta’lim-tarbiyasi bilanmuttasilshug‘ullanish, asosiy masalalardan biri deb hisoblanadi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin