O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: В1 Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish): mavzu doirasida ma’lum sohaga oid ilmiy-ommabop nutqni tushunadi, tinglangan matndagi asosiy axborotni ajratib oladi;
nutqini ifodali va ravon ifoda eta oladi, nutqda mantiqiy urg‘uni o‘rinli va to‘g‘ri qo‘yadi;
turli janrdagi matnlarni ifodali o‘qiy oladi, gapning ifoda maqsadi, his-hayajon, sodda va qo‘shma gaplar ohangiga rioya qilib o‘qiydi;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini aniq va ravon yozma bayon qila oladi; fikr ifodasi mantiqan izchil bo‘ladi. 25 - 30 gapdan iborat ijodiy matn yoza oladi. Imlo va uslubiy qoidalarga amal qiladi.
B1+ Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish): 31 — 32 gapdan iborat ijodiy matn yoza oladi. Imlo va uslubiy qoidalarga amal qiladi.
Lingvistik kompetensiya (uslubiyat): B1 Til uslubini yaratuvchi vositalar. Leksik vositalar. Fonetik vositalar. Grammatik vositalar. Sintaktik vositalarni izohlay oladi, farqlaydi va nutq ifodasida o‘rinli foydalanadi.
B1+ Til uslubini yaratuvchi vositalar. Leksik vositalar. Fonetik vositalar. Grammatik vositalar. Sintaktik vositalarni izohlay oladi, farqlaydi va nutq ifodasida o‘rinli foydalanadi.
Nazorat ishlari ( 4 soat, B1+:4 soat)
Mavzularni o‘rganish uchun –( 26 soat, В1+:26soat) Mustahkamlash uchun –(2 soat, В1+:2soat) Takrorlash uchun - (2 soat, В1+:2 soat) Nazorat ishi uchun – (4 soat, В1+:4 soat) Jami: (34 soat, B1+: 68 soat)
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: B1 mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlash.
В1+ mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.