Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Tilak bildirish 
Mehmon sog‘lig‘i uchun aytilgan tilaklar.
Agar mezbon biror-bir mehmon 
uchun tilaklar izxor qilsa, unda to mehmondorchilik tugagunga qadar u qolgan 
mehmonlarni nazardan qoldirmasligi lozim . 


194 
Mehmonlar bo‘lsa, faqat kechaning sababchisi uchungina tilak bildiradilar. Agar 
tilak uy egasiga aytilgan bo‘lsa, uy bekasi ham chiroyli izhorlardan qolib ketmasligi 
lozim. Tilak aytilgan vaqtda dasturxon atrofidagilar uni izhor qilayotgan kishiga 
nisbatan hurmatni ko‘rsatish uchun yemak jihozlarini likop chetiga qo‘yib, o‘zaro 
suhbatlar va tanovulni to‘xtatib diqqat bilan tinglaydilar. Tilak uchun eng qulay vaqt 
ovqatlar orasidagi tanaffusdir, chunki bu vaqtda odamlar ovqat yeyishdan to‘xtagan 
bo‘ladi, ovqat sovumaydi va hammaning diqqati notiqda bo‘ladi.
Dasturxonga ovqat tortilayotgan va odamlar ishtaha bilan yeb turgan vaqtda so‘z 
boshlamaslik kerak. Yaxshilab gapirilgan, jonli va qisqa tilak ziyofatni qizitib, 
jonlantirib yuboradi. Nutqning qisqa va tushunarli bo‘lishi – asosiy shartdir. 
Tantanali qabullarda odatda, erkaklar tilakni o‘rinlaridan turgan holda tinglaydilar, 
ayollarni turishlari shart emas. Agar izhor qiluvchi tilakdan oldin bokal to‘ldirilgan 
vinoni ko‘krakka qadar ko‘tarib olgan bo‘lsa, unda boshqa erkaklar ham xuddi shu 
vaziyatda turadilar. Agar izhor qiluvchi tilakdan avval bokalni qo‘lga olmasa, unda 
boshqa erkaklar ham tinglayotganlarida xuddi shu vaziyatni saqlaydilar, faqatgina 
tilak nihoyasiga yetgandan so‘nggina, odatda tilak aytuvchi so‘zini tugatgach, bokalni 
qo‘liga olganda, ular bokallarni qo‘llariga oladilar. O‘z nomiga aytilgan tilakning 
egasi tilak bilan javob bermog‘i darkor.
Tilakda aytilgan maqtovlarni ayol kishi tabassum bilan qabul qilib, boshqalar 
turgan bo‘lsalar ham o‘z joyida o‘tiraveradi. Bu paytda u qo‘lida vino to‘ldirilgan 
bokalni, to izhor tugagunga qadar ushlab turadi. Aslida olganda, tilak aytilgan izhor 
«egasi» hech qachon to boshqalar ichmagunlariga qadar ichimlikdan ichmaydi, aks 
holda esa u o‘zi uchun o‘zi qadah ko‘tarib, nokamtarinlik qilgan bo‘ladi. Stol 
qarshisida o‘tirgan ayol bilan tilak bildirgan kishi uning nigohini 
«tutib olib»
qadahni 
nomiga ko‘tarib bajaradi. U agar boshqalar turmasalar yoki bunga bir asos bo‘lmasa, 
o‘rnidan turmaydi. Agar juftlik xoli o‘tirishgan bo‘lsalar, tilak sifatida erkak bir-ikki 
og‘iz yarim hazil so‘zlar bilan, masalan, 
«chiroyli ko‘zlaringiz uchun», «baxtli 
daqiqalar uchun»
ichishga taklif qilish bilan kifoyalanadi. Evrupo davlatlarida 
ba’zida tantanali tilaklardan keyin ichib bo‘lgan qadahni yerga urib sindiradilar. 
Bizda esa biror narsani sinishi yaxshilik alomati deb hisoblanmaydi. Rasmiy 
tushliklarda tanovul tugagunga qadar tilaklar aytilmaydi va ular tantanali nutqlar 
oldidan aytiladi. Ilk tilakni soqiy aytadi, qolganlarini esa – uning ruxsati bilan izhor 
qilishadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin