Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Dasturxonatrofida o‘zini tutish 
Stol oldida o‘zini tutishning qoidalar shundayki, unda kichik doirada qat’iy amal 
qilishi unchalik shart bo‘lmagan, lekin ko‘pchilik oldida bu qoidalarni buzish 
mumkin emas bo‘lgan talablardan iboratdir. Mehmonga aytilgan vaqtga borish lozim. 
5

10 daqiqa vaqtliroq borish esa undan yaxshiroq bo‘lardi. Umuman olganda har 
qanday joyga kechikib borish odobsizlikdir. Doimiy ravishda hamma joyga kechikib 
boradigan odam atrofdagilar orasida hurmatini yo‘qotadi.
Mezbonlar odatda kechikkanlarni 15 daqiqadan ortiq kutmaydilar. Mehmon 
keladigan vaqtda eshik ochiq turishi kerak. Ularni eshik oldida samimiyat va 
ochiqko’ngillik bilan kutib olish lozim. Mezbon kelganlarni ust kiyimini echishga 
yordam bermog‘i, qo‘l yuvganida sochiq tutish kerak. So‘ng ular uyga taklif 
qilinadilar. Agar siz mehmonga kechikib kelgan bo‘lsangiz va barcha mehmonlar 
allaqachon stol atrofiga o‘tirgan bo‘lsalar ikkinchi xatoga yo‘l qo‘ymang – ularni 
aylanib chiqib salomlashib yurmaslik zarur. Faqatgina uy bekasi bilan ko‘rishib, 
kechikkanlik uchun uzr so‘rash kerak.
Mezbon bunday holatda o‘rnidan turmaydi va kechikish sabablarini surishtirib 
ketmaydi. Mehmonlarni joylariga o‘tkazar ekanmiz, ularga qulaylik tug‘dirishga 


187 
harakat qilishimiz lozim. Stulni ayollar uchun erkaklar surib, o‘tkazadilar. (Agar 
erkak va ayol birga o‘tiradigan marosim bo‘lsa) stol atrofida mezbon ruxsati bilan 
hamda ayollar o‘tirgandan so‘ng o‘tiriladi. O‘zbek mentalitetida esa kattalar va 
erkaklar o‘tirgandan so‘ng o‘tiriladi.
Mehmondorchilik ustida biror bir kamchilik sezilib qolsa, 
“ishda edim, qo‘lim 
tegmadi” 
degan bahonalar bilan o‘zini oqlash to‘g‘ri emas. Mehmon huzurida bolalar 
sho‘xlik qilsa, ularga tanbeh bermaslik kerak, mehmonning izzat-nafsiga malol 
kelishi mumkin. Bolalarni mehmon kelishidan oldin yoki boshqa xonaga olib chiqib 
tartibga chaqirib qo‘yish kerak. Bolalar ham yoshligidan shu qoidaga amal qilishga 
o‘rganadi.
Umuman, bolalarni kelgan mehmon bilan ko‘rishgandan so‘ng yumshoqlik bilan 
chetlatilgani ma’qul, chunki yosh bola dasturxon atrofida o‘zini tutishni yaxshi 
bilmaydi, sizni va mehmonni noqulay vaziyatga tushirib qo‘yadi. Natijada shirin 
suhbatga xalal yetadi, gurungning fayzi ketadi. 
Mehmonni kuzatayotganda ostonada xayrlashish bilan chegaralanmaslik kerak. 
Mehmonni yaxshiroq kutib ololmaganligi uchun uzr so‘ramaslik joiz. Bu takabburlik 
alomati sanaladi. Mehmondan minnatdorchilik izhor yetishini kutib turmay uning 
kelganligi uchun tashakkur bildirish lozim. 
Yana shuni esda tutish kerakki, quyuq ovqat mehmonga chap tomondan, suyuq 
ovqat va ichimliklar esa o‘ng tomondan taklif etiladi. Bo‘shagan idish – tovoq 
mehmonning o‘ng tomonidan o‘ng qo‘l bilan yig‘ishtirilib, patnisga ustma-ust 
taxlanadi, qoshiq, sanchqi va pichoqlar likopchalar yoniga sekingina qo‘yiladi. Bu 
vaqtda mehmonlarning yordami talab qilinmaydi. Mehmonning yordami kerak bo‘lib 
qolganda odob va hurmat doirasidan chetga chiqmaslik talab qilinadi.
Uy bekasi ovqatni avvalo, mehmonlarga tutadi, o‘ziga eng oxiri oladi. 
Mehmonlarni barcha ovqatlardan tanovul qilib o‘tirishlari uchun uy bekasi 
g‘amxo‘rlik qiladi. Bo‘shagan likopchalarni uy bekasi yig‘ishtirib oladi, uzoqda 
o‘tirgan mehmonlar bo‘sh likopchalarni to uy bekasiga yetib kelguncha qo‘ldan-
qo‘lga uzatishi yoki shu oiladagi qizning qo‘liga berishi mumkin. Onasiga qizi va 
o‘g‘li yordam berib, bo‘sh idishlarni oshxonaga olib chiqib kyetishlari mumkin.
Agar oldingizga olib kelingan ovqatni yyeyishni istamasangiz, uni olmasligingiz 
mumkin, lekin bunga odob qoidasiga amal qilgan holda javob berish kerak bo‘ladi. 
Ovqatni, taomlarni taklif yetish kerak, ammo majburan egizish yaramaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin