Ta’ziya marosimlari etiketi Ta’ziya bu ko‘ngil so‘rab, yupatish demakdir. Dinimizda ta’ziyani shar’iy odat
bo’lib, u uch kun qilib belgilangan. Ta’ziyaga borish kerak bo‘lgan inson urf-
odatlarimizni hurmat qilgan holda etiket bo‘yicha kiyinishi, o‘zini tutishi, muomala
qilishi lozim.
Janozada, yani ko‘mish marosimida faqat erkaklar ishtirok etadilar. Urf-
odatimizga ko‘ra mayit chiqqan xonadonda 3 kun ovqat pishirilmaydi. Bu oilaning
yaqin qo‘ni-qo‘shnilari tomonidan ovqat chiqariladi. Bugungi kunda o‘tkazilayotgan
yigirma, qirq, yil oshi kabi marosimlar dinda asli bid’at hisoblanadi. Lekin ota-onani
ruhini shod qilib turish biz uchun farz. Buning uchun alohida marosim qilib eslashni
o‘zi kifoya qilmaydi.
Hamonki, mazkur odatlarga yillar davomida xalqimiz amal qilib kelayotgan
ekan, mazkur sanalarda hayr-ehson, “amri-ma’ruf” (insonlarni yaxshilikka buyurish)
sifatida, ixcham shaklda, isrofgarchiliksiz o‘tkazilsa maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ammo barcha marosimlar isrofgarchiliksiz amalga oshirilishi shart. O‘zi «qo‘l uchida
kun ko‘rib», butun umri davomida yiqqan molu-davlatni bir kunda «sochib» yuborish
hech kimga baxt keltirmaydi. Biroq buning aksi bo‘lishi mumkin. Buning ustiga
bunday isrofgarchiliklar iqtisodiy qiyinchilikni «ko‘tarolmay» pul topishning nohalol
yo‘llariga undashini unutmaslik lozim.
Tayanch tushunchalar: Sovchilik, unashtirish, non sindirish, to‘y, kelin salom,challar, beshik to‘y,
sunnat to‘y, qovurdoq, azon aytish, aqiqa, din, ta’ziya, shar’iy marosim, urf-odat,
xayr-ehson, amri-ma’ruf, tilovat, Qur’on.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1.
Sovchilikka borish etiketi haqida nimalarni bilasiz?
2.
Unashtirish marosimi u nima?
3.
To‘ydagi hamma rioya qilishi lozim bo‘lgan etiketlar haqidagi fikringiz.
4.
To‘ydan keyinggi kundagi marosimlar etiketi nimalardan iborat?
5.
Ta’ziyada inson qanday etiket qoidalariga amal qilishi zarur?
6.
Ta’ziya marosimlarida qanday tartibda kiyinish etiketiga amal qilinadi?
7.
Ta’ziyaizhor qilish qoidalari nimalardan iborat?