200
ayolga uylanish dilga tushib qolsa, oldin uni bir ko‘rishlik yomon emas”
43
deyilgan.
Demak, qiz tomon to‘plagan ma’lumotlari ma’qul tushsa, qiz bilan yigitni bir
marotaba bir-birlariga ko‘rsatishadi. Qiz hamda yigit ham o‘zlarining yaqin
qarindoshlari bilan uchrashuvga chiqadilar. Agar qiz bilan yigit uchrarashib, bir-
birlariga ma’qul bo‘lgan bo‘lsalar, patir sindirish marosimi o‘tkaziladi.
Bu marosim
ham kichik-kirim, ya’ni ozchilik o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bundan so‘ng “oqlik berish”
marosimi bo‘lib o‘tadi ya’ni kuyov taraf qiznikiga “oqlik” jo‘natadi. Bu marosimda
ham kamchilik qatnashib kuyov tarafdan kelinga atab yuborilgan birinchi sovg‘a
salom, shirinliklar, sarponing ma’lum qismi yuboriladi va o‘sha kuni to’y o‘tkazish
muddati begilanadi.
Juda ko‘p joylarda to‘ylar uy sharoitida bo‘lib o‘tadi. Lekin katta shaharlarda
to‘ylar restoran va kafelarda o‘tkazilmoqda. Shuning uchun to‘ylardagi dasturxon
atrofidagi etiket, o‘zini tutish etiketi, raqs tushish etiketi, kiyinish etiketiga qat’iyyan
amal qilinishi lozim. Jamoada yoshi katta onaxonlarni,
otaxonlarni borligini
unutmaslik kerak. Qonuniy nikohini kechki nikoh to‘yi marosimida qayd yetish urf
bo‘lib bormoqda. (Shar’iy nikoh to‘y egalari bilan kelishilgan vaqtda ro‘yxatdan
o‘tkazilgandan so‘ng, masjidning imom-xatibi amalga oshirishi lozim).
Kuyov navkarlar kelinning uyiga karnay-surnay sadolari ostida boradilar.
Ma’lumki, karnay-surnay sadosi nikoh to‘yi e’lonidir. Ushbu tadbirda yosh
bolalarning qatnashishi etiket bo‘yicha maqsadga muvofiq emas. Ko‘p joylarda
ushbu udum to‘y oqshomining ertasi kuni o‘tkazish odatga aylangan. Bu “kelin salom”
deb nomlanadi. Kelin salomda faqat yaqin qarindoshlar va yon qo‘shnilar
qatnashishadi. Buning ham o‘z etiketi bo‘lib, barcha amal qilishi lozim.
Yangi chaqaloq tug‘ilishi munosabati bilan o‘tkaziladigan udum bu “Azon
aytish (Shar’iy marosim) Chaqaloq tug‘ilganidan 7-9 kun o‘tgach, mahalla imomi
yoki yaqin qarindoshlaridan ilmlisi uning o‘ng qulog‘iga azon (chap qulog‘iga takbir)
aytiladi. Bu odat go‘dakning bokira Shuuriga Alloh
nomini muhrlash mazmunida
talqin etilgan”
44
Aqiqa chaqaloq tug‘ilgandan keyin 7, 14, 21 - kunlarning birida bir qo‘yni
so‘yib, uni uchga taqsimlab, bir qismini homiladan bo‘shagan ona uchun, bir qismini
muhtoj oilalarga tarqatish, bir qismini ziyofatga ishlatish tavsiya etiladi.
Qovurdoq yangi bo‘shangan kelinga onasi tomonidan tayyorlab olib boriladigan
taom. O‘zaro mehr-oqibat va do‘stlik rishtalarining mustahkam bog‘lanishini nazarda
tutib ixcham ko‘rinishda o‘tkaziladigan marosim hisoblanadi. O‘sha kuni beshikka
solish marosimini ham o‘tkazib yuborish mumkin. Bundan tashqari, sunnat to‘yi,
beshik to‘yi kabi marosimlar ham bo‘lib bularni ham ixcham va yaqin kishilar
davrasida o‘tkazish maqsadga muvofiq.
43
Axloq - odobga oid hadis namunalari. - T. “Fan” 1990. B.24.
44
Islom ma’rifati. - T., “Toshkent islom Unversiteti” 2005. B.25.