62
shu xususiyati tufayli biz ba’zida ko‘rinishimizni yangilab turish imkoniyatiga
egamiz.
Yangi chiqqan zamonaviy liboslarga moslashish odatda sal qiyinroq kechadi.
Deyarli hamma vaqt ko‘pchilikni hayratga soladi. Tajribadan shuni bilamizki, bir
yildan so‘ng yangi chiqqan rusm bizga o‘z hukmini o‘tkazadi,
keyin esa xuddi shu
uslubga moslashib olgandan so‘ng, undan voz kechishdan bosh tortamiz. Zamonaviy
narsalar odatda ayollar uchun uch yil, erkaklar uchun besh yil xizmat qiladi. Eski
modani «ushlab» turishga intilib, yangisi bilan kurashishni to‘xtatgan ma’qul.
Zamonaviy narsani sotib olib, uni «ayash uchun» kamdan-kam ishlatib, shkafga
qo‘yib qo‘ygan odam qattiq adashadi. Ba’zida bunday narsalarni eski sarqit sifatida
olib tashlashga to‘g‘ri kelib qoladi.
Rusm (moda) me’yor hisini, davr talabi, did va yoshga e’tiborni talab qiladi.
Shunday
odamlar borki, ular tezda zamonaviylikning ba’zi unsurlarini ilib oladi,
boshqalarga esa
«maxsus moslaShuv jarayoni»
kerak. Bunda o‘zgaruvchan davrda
tezda moslashib olganlar ularning asabiga tega boshlaydi. Bundaylarga bir oz sabrli
bo‘lishni maslahat beramiz. A.Navoiyning “Mahbubul qulub”
asarida
Dostları ilə paylaş: