Ortiqova dilbar ortiqovna obidjanova feruza abdullayevna masharipova gularam kamilovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/184
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#194223
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   184
PROFESSIONALETIKAVAETIKET

Pardoz. 
Azal

azaldan ayollar o‘zlarining ko‘rinishlaridan ham ko‘rkamroq 
bo‘lishga intilib kelganlar, Shunda ular bu maqsad yo‘lida turli xil usullardan 
foydalanishni boshlaganlar. Hozirgi davrda turli kosmetik mahsulotlarning butun bir 
aslahalariga egamiz. Ammo ularni qo‘llash zamonaviy ayol uchun birdan-bir 
maqsadga ega bo‘lib qolmasligi, aksincha, uning uslubini ta’kidlovchi hamda 
individuallikni namoyon qiluvchi vosita sifatida ish ko‘rsatishi lozim. 
Kosmetikadan foydalanish yuzni o‘zgartirishni emas, balki uning ba’zi bir 
chiroyli jihatlarini ta’kidlashni taqozo etadi. Bo‘yanishni ko‘paytirish hoh u o‘n besh 
yasharlik qiz bola, hoh o‘ttiz yoshlardagi ayol bo‘lsin – barchaning yoshini katta qilib 
ko‘rsatadi. Ma’lum bir yoshga etgach ayollar pardozni kamaytirib, unchalik yorqin 
bo‘lmagan ranglarga o‘tishga harakat qilishlari maqsadga muvofiq. Kunduzgi pardoz 
kechki pardozga nisbatan tussizroq bo‘lishni yodda tutish kerak. 
Qo‘llarga kelsak, ular – bizinng «tashrif qog‘ozimiz», desak mubolag‘a 
bo‘lmaydi Qo‘llarni parvarishda nafaqat ayollar, balki erkaklar ham avvalo tozalik va 
ozodalik nuqtai nazardan diqqatlilik bilan munosabatda bo‘lishlari kerak. Lakning 
rangi lab bo‘yog‘i bilan uyg‘un bo‘lmog‘i lozim. Lak qoldiqlari bilan yurishga yo‘l 
qo‘ymaslik hamda tirnoq lakini tozalash vositalardan foydalanishni unutmaslik joiz. 
Tantanali kechalarda ayollar
Eng yaxshi tanlov – ko‘ylak, kostyum, yoki 
yubka. U har qanday vaqtda, har qanday jamoatchilikka to‘g‘ri kelaveradi. Agar 
kostyum to‘q tusda va hech bir koftasiz kiyilishi mumkin tarzda andozalangan bo‘lsa, 
unga mos tarzda e’tiborni tortadigan zamonaviy taqinchoqlar bilan bezatilsa, unda bu 
libosni ko‘ngilochar kechalarga ham kiysa bo‘ladi. 
Kokteyl libosi nomli ko‘ylaklarni bayram kechalarida kiyish mumkin. Uni 
kechqurun yoshlar kechalarida yoki restoranlar uchun kiyish mumkin. Kechki uzun 
ko‘ylaklar faqat dabdabali vaziyatlar uchun mo‘ljallangani durust. Nisbatan odmiroq 
bo‘lgan kechki libos, o‘ta diqqatni o‘ziga jalb qiluvchi kiyimlardan yaxshiroqdir
ayniqsa, qiz bolalar uchun. 


59 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin