56
nafaqat zamonaviy tusda, balki o‘ziga tushadigan rang bo‘lishi lozim. To‘q rangdagi
kiyimlarni afzal ko‘rarkansiz, och rangdagilarda ham, to‘qda
ham kirlik bir xil
hajmga ega ekanligini yodda tutish lozim. Uning farqi faqat och rangdagi yubka
ko‘zga tezroq tashlanishidadir. Kiyim tanlashda ansamblni ushlashga (birining
ikkinchiga mosligi, monandligi) harakat qilish kerak. Kiyimni rangiga mos keluvchi
jihatlar: sumka, tufli, kamar va b. ni tanlashda o‘ta ideallikka erishishga harakat
qilmagan ma’qul. Faqatgina bitta kiyim uchun qo‘shimcha narsa olish – isrofgarchilik
hisoblanadi.
Libosni yanada ko‘rkam qilib ko‘rsatuvchi mayda narsalar: sharf, bijuteriya va
boshqa narsalar muhim hisoblanadi. Aynan libos bilan bir xil tusda bo‘lishi
shart
emas, bu bachkanalikni ham paydo qilish mumkin. Asosiy gap ranglarning
uyg‘unligi, andozalarning mutanosibligida. Barcha davrlarda erkaklarning kiyimidan
farqli o‘laroq ayollarning liboslarida odmi va jiddiylik kamroq, ularda o‘z
kamchiliklarini berkitgan holda hamda o‘z afzallik jihatlarini alohida ta’kidlagan
holda, o‘z didini yanada yorqinroq ifodalash mumkin. Va shu bilan bir qatorda
ayollarga ozodalik va pardozning qoidalari erkaklarga nisbatan qat’iyroq qo‘yiladi.
Jozibadorlikning yana bir siri – kostyumning qulayligidir, unda u o‘zini erkin va
o‘ziga nisbatan ishonch va tabiiylikni his qilish imkoniyatiga egadir.
Libos
tanlayotganingizda yoningizda sizni kuzatib yuruvchi erkakning ham kiyimini
inobatga olgan yaxshi.
Yodda saqlash lozim bo‘lgan bazi jihatlar:
tashqi ko‘rinishda mayda
chuyda
narsalar bo‘lmaydi. Ularning hammasi ahamiyatga ega. Ziynatlar haqida bir necha
so‘z. Afsuski, hamma ham kostyumini bezashda doimo taqinchoqlardan to‘g‘ri
foydalana olmaydi. Ba’zilar
haddan tashqari zeb
ziynatlarga ko‘milsa, ba’zilari esa
o‘ta oddiylashib ketadilar. Avalambor hech qaysi ayol bu borada tejamasligi lozim,
ammo ularni ko‘z
ko‘z qilish uchun chegaradan chiqib kyetish ham –
«me’yordan
chiqish»
kabi didsizlikdir.
Did bilan kiyinish kishining o‘ziga tanqid bilan qaray olishini ham ifodalaydi.
Inson o‘z tabiiy nuqsonlarini sezib, uni boshqalarga sezilmaydigan qilib kiyinmog‘i
kerak. Kiyim tanlanayotganda yoshni ham unutmaslik kerak. Yoshlar sport kiyimi
bichig‘ida kiyinadilar. Ochiq rangli, guldor kiyimlar ularga ko‘proq yarashadi. O‘ttiz
yoshdagi ayollar (shartli ravishda) didi modaga asos deb qabul qilingan.
Bu yoshda
ayol o‘z qiyofasini yaxshi bilmog‘i, husniga xusn qo‘shiladigan kiyimlarni tanlay
olmog‘i lozim.
Qirq yoshdan keyin o‘tgan yillar oqibatida vujudga keladigan ayrim nuqsonlarni
kiyim va pardoz bilan yashirish kerakligini unutmaslik lozim. To‘liqqina yosh ayollar
juda ham odmi kiyimlar bilan kifoyalanmasliklari kerak, chunki odmi kiyim semizlik
57
bilan birga yoshlikni ham, latofatlikni ham yashirishi mumkin. Muhimi kiyimning
shakli va rangi me’yorida bo‘lsin.
Atir bo‘yi ayol kishiga
alohida bir latofatni beradi, uning chiroyini qandaydir
sirli qadimgi ayollik nazokati bilan o‘raydi. Ammo... Hamma joyda kabi bu yerda
ham oshirib yubormaslik muhim. Kerak bo‘lmagan joyda atirdan foydalanmaslik
maqsadga muvofiq: transportga chiqqanda (agar siz
u yerda tiqilinchda uzoq
qolishingizni bilsangiz). Ba’zi bir iforlar kattalarda, ayniqsa, bolalarda allergiyani
qo‘zg‘atishi mumkin. Buni yoddan chiqarmaslik lozim.
Dostları ilə paylaş: