Tayanch tushunchalar:
Axloq, shahs, davlat, davlat xizmatchisi, komil inson, ma’naviy kamolot, inson
qadr–qimmati, Boshqaruv odobi, ma’muriy va xo‘jalik faoliyati, amaliy etika,
ijtimoiy adolat, shahs erkinligi, kasbiy pokizalik, mas’uliyatni his qilish, tabiatni
avaylab - asrash axloqiy tavsif, shahs xulq–atvori, axloqiy talablar, ishga aloqador
axloqiy qoidalar, ishlanmalar, rahbarning xizmatidan tashqari xulqi, muomala odobi,
kamtarlik, saxiylik, sermulohazalik, muloyimlik, sertakalluflik, e’tiborlilik, axloqiy
his–tuyg‘ular, hayratlanish, g‘urur, shuhratparastlik, nafratlanish, axloqiy odatlar ,
o‘zini tuta bilish odobi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.
So‘z va ish birligini davlat xizmatchisi etikasidagi asosiy mezon sifatida
baholab bering.
2.
Xodimlarning ruhiyati va xulq-atvorini tushunish uchun nimalarga e’tibor
berish lozim?
3.
O‘ziga ishonch - boshqaruvchi fazilatining muhim mezoni sifatida baholab
bering.
4.
Davlat xizmatchisining asosiy axloqiy qanday qoidalari mavjud?
5.
Rahbarga xos bo‘lgan muhim jihatlar nimalarda namoyon bo‘ladi?
6.
Rahbar shahs ma’naviyatini shakllantirishga to‘siq bo‘ladigan asosiy
illatlarga nimalar kiradi?
7.
Rahbarga xos shahs ma’naviyatining asosiy xislatlari nimalardan iborat?
8.
Amir Temurning rahbar shahsi haqidagi fikrlarining 12 talabga javob
beradigan xususiyatini ta’riflang.
9.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov rahbarlarga xos bo‘lgan qanday
xususiyatlarga e’tibor berish kerakligini ta’kidlaganlar?
10.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning davlat
boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi nimalardan iborat ekanligini
qaysi yig‘ilishda ta’kidlab o‘tdilar?
|