Осиёнинг табиат зоналари


Materik tabiatiga umumiy tavsif, tabiati shakillanilanishining asosiy bosqichlari



Yüklə 264,5 Kb.
səhifə2/14
tarix29.03.2023
ölçüsü264,5 Kb.
#91134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Qurbonboyeva Zumrad

1.1. Materik tabiatiga umumiy tavsif, tabiati shakillanilanishining asosiy bosqichlari.
Yevrosiyo maydonining kattaligi, geologik tuzilishi va rel’efining murakkabligi, qutbyoni va ekvatoryoni kengliklari oralig’ida joylashganligi, okeanlarning ta’sir doirasi turli darajada bo’lishi, materik tabiatining zonallik xususiyatlari va landshaft tizimlarining xilma-xilligida, keskin farqlanishida namoyon bo’lgan. Uning hududida hamma geografik mintaqalar, ya’ni arktika mintaqasidan to ekvatorial mintaqagacha va ularning tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi barcha landshaft zonalari tizimigacha o’z ifodasini topgan. Har qaysi mintaqa o’zining mustaqil havo massalariga ega. O’tkinchi yoki oraliq mintaqalarda esa asosiy qo’shni mintaqalardan esuvchi fasliy havo massalari hukmronlik qiladi. Materikning kattaligi va okeanlar bilan o’ralganligi har qaysi mintaqada o’lkan maydonlarni egallab yotgan geografik sektorlarni vujudga keltiradi. Jumladan, mo’tadil mintaqada Atlantika yoni sektori, ichki o’tkinchi va ekstrakontinental sektorlar hamda tor polosadan iborat Tinch okeanyoni sektori mavjud. Materik qirg’oqlarining parchalanishi va qirg’oq chiziqlarining yo’nalishi uning hamma tomonlarida bir xil emas. Yevrosiyoning tor g’arbiy qirg’oqlari boshqa tomonlarga ancha uzoqqa kirib borib, shimolda Skandinaviya yarim orolini nisbatan kuchli parchalagan. Ayniqsa, Atlantika okeanining dengizlari materik ichkarisiga janubda Pireney, Apennin, Bolqon, Kichik Osiyo va Qrim yarim orollarini hosil qiladi. Bu yarim orollar bir-biridan bir necha dengizlar va bo’g’izlar orqali ajralib turadi. Yevrosiyoning keng Sharqiy qismining janubiy qirg’oqlari mo’tadil parchalangan. Uning janubiy qismida katta maydonni egallagan Arabiston va Hindiston yarim orollari joylashgan. Ularning qirg’oqlari Hind okeani suvlari bilan yuvilib turadi. Materikning janubi-sharqiy qismida Hindixitoy va Malakka yarim orollari joylashgan. Ularning qirg’oqlari g’arb tomonda Hind okeanining Andaman dengizi va sharq tomonda Tinch okeanining Janubiy Xitoy dengizi suvlari bilan yuvilib turadi. Yevrosiyoning janubiy qirg’oqlari yaqinida shimoliy va sharqiy qirg’oqlariga nisbatan yirik orollar juda kam, ulardan eng kattasi Shri-Lanka orolidir. Yevrosiyoning Tinch okean o’rab turgan sharqiy qirg’oqlari ham yaxshi parchalangan. Qirg’oq yaqinidagi dengizlar Tinch okeanidan Kamchatka yarim oroli, Aleut, Kuril, Yaponiya, Filippin kabi orollar bilan ajralib turadi. Yevrosiyoni shimol tomondan o’rab turgan Shimoliy Muz okeani qirg’oqlari nisbatan kamroq parchalangan va uning dengizlari quruqlik chekkalarida joylashgan. Materikning bu qismida Kola, Yamal, Taymir, Chukotka yarim orollari va qirg’oq yaqinlarida Shpisbergen, Frants Iosif Yeri, Novaya Zemlya, Severnaya Zemlya, Novaya Sibir, Vrangel kabi arxipelaglar va orollar joylashgan. Materikning Shimoliy qirg’oqlari katta masofada Shimoliy Muz okeani va uning dengizlari suvi bilan yuvilib turadi. Bular Norvegiya, Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka dengizlaridir. Ulardan faqatgina bitta - Oq dengiz quruqlik ichkarisiga kirgan. Shimoliy Muz okeani dengizlarining aksariyati shel’fda joylashgan. Yevrosiyoning sharqiy qirg’oqlari Tinch okeanidan orollar tizimi orqali ajralib turgan Bering, Oxota, Yapon, Sariq, Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlari bilan o’ralgan. Bu dengizlar materikning shimoliy qirg’oqlari yaqinidagi dengizlarga nisbatan ancha chuqur. Tinch okean dengizlaridan Bering, Oxota va Yapon dengizlarining eng shimoliy qismi qishda muz bilan qoplanadi. Qolgan dengizlarda Kurosio iliq oqimi o’tadigan joylarda muz qoplami hosil bo’lmaydi. Materikning janubiy qirg’oqlari uncha katta bo’lmagan masofada Hind okeani va uning dengiz hamda qo’ltiqlarining suvlari bilan yuvilib turadi. Bular Arabiston, Qizil, Andaman dengizlari hamda Bengaliya, Fors, Omon, Adan qo’ltiqlaridir. Geografik joylashishiga ko’ra ular ham ichki, ham chekka dengiz va qo’ltiqlarga bo’linadi. Yevrosiyoning g’arbiy qirg’oqlarini Atlantika okeani va uning chekka hamda ichki dengizlari o’rab olgan. Okeanning janubi-sharqiy dengizlari quruqlikning ancha ichkarisiga kirib boradi. Materikning g’arbiy qirg’oqlarini Boltiq, Shimoliy, O’rta, Adriatika, Egey, Marmar, Qora va Azov dengizlarining suvlari yuvib turadi. Ularning aksariyati ichki dengizlar hisoblanadi.

Yüklə 264,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin