Karantin qoidalari quyidagilarga taalluqlidir: boshqa davlatlar yoki karantin ostidagi zonalardan kelgan transport vositalariga; karantin ostidagi materiallar to‘planadigan binolarga; qishloq xo‘jalik va o‘rmon yerlariga (qishloq xo‘jalik ekinlari va boshqa ekinlar o‘stiriladigan maydonlar, ko‘chatlar va shu kabilar) shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining quruqlikdagi davlat chegarasi yerlariga karantin ostidagi materiallar olib kiriladigan chegara punktlariga, ular to‘planadigan joylarga, ularni qayta ishlash va realizatsiya qilish joylariga. 2.O‘zbekiston Respublikasiga quyidagilarni olib kirish man etiladi:
Karantindagi organizmlar bilan zararlangan karantin ostidagi materiallari. Tuproq, tirik ildizli o‘simliklar va ularning tuproq bilan chiqadigan yer osti qismlarini. Ilmiy maqsadlarda o‘simliklarga zarar yetkazuvchi hashoratlar, kanalar va nematodalar, o‘simlik kasalliklarini olib kelgan zamburug‘, viruslar, bakteriyalar namunalari. O‘zbekiston Respublikasiga quyidagilarni olib kirishga ruxsat beriladi: 1. Ilmiy - seleksiya maqsadlari uchun urug‘lik va ko‘chat namunalarini introduksion - karantin pitomniklari va oranjereyalarda albatta tekshiruvdan o‘tkaziladi. 2. Bakteriya, virus, mikoplazma va zamburug‘ kasalliklarining karantin qo‘zg‘atuvchilari tarqalgan mamlakatlardan urug‘ va ko‘chatlar olib kelinishiga Bosh Davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda maxsus ajratilgan introduksion - karantin pitomniklarda davlat nav sinash uchastkalarida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish maqsadidagina yo‘l qo‘yiladi. 3. Oziq-ovqat, yem-hashak, begona o‘tlarning karantin turlari faqatgina o‘simliklar karantini Bosh Davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda qo‘yiladi. Chet ellardan karantin ostidagi yuklar va o‘simlik materiallarini O‘zbekiston Respublikasiga o‘simlik karantin Bosh Davlat inspeksiyasi tomonidan import mollariga beriladigan karantin ruxsatnomasi halqaro fitosanitar sertifikatlari bo‘lsa qo‘yiladi. Karantin ostidagi import tranzit materiallar O‘zbekiston Respublikasining xududidan yopiq yoki izotermik, tashishga yaroqli va plombalangan vagonlarda, avtofurgonlarda, avtorefrijirator yoki konteynerlarda tashib o‘tiladi.
3. Karantin ostidagi materiallar va transport vositalarini zararsizlantirish va tozalash karantin va boshqa xavfli o‘simlik zararkunandalari bilan zararlangan barcha yuklar O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishi vaqtida chegara punktlarida zararsizlantirishi lozim.
Xorij materiallar yoki tranzit tarzidagi karantin ostidagi materiallar tashib bo‘lishganidan keyin barcha turdagi transport vositalari chiqindilarni yo‘q qilgan holda albatta tozalanishi va zararsizlantirilishi lozim. Zararsizlantirish lozim bo‘lgan materiallar va transport mahsus fumigatsiya otryadlari tomonidan o‘tkaziladi.
Kemalar va barjalarni, vagonlar, konteynerlar, avtotransport va yuklarni zararsizlantirish va yuk qabul qilish oluvchilar tomonidan zararsizlantirish texnolgiyasi va texnika xavfsizligi talablariga javob beradigan maxsus jixozlangan bandargohlar, maydonlar va binolar ajratiladi.
Karantin ostidagi yuklar chet el portlarida zararsizlantirilganda O‘zbekiston Respublikasiga jo‘natish oldidan va bunday kemalar, portlarga, stansiyalarga, yetib kelgandan keyin fumigatsiya otryadlarining mutaxassislari tryumlardagi fumigaktlarning miqdorini aniqlaydi va ular maxsus Instruksiyaga muvofiq to‘g‘ri degazatsiya qilinganligi ustida nazoratni amalga oshiradilar.
Sitrus o‘simliklari mevalarini refrijeratsiya qilish, yukni qabul qilib oluvchilar tomonidan, o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi nazorati ostida muzlatgich kameralarda zararsizlantiriladi. sitrus mevalarini zarasizlantirish instruksiyasiga asoslangan talablarga muvofiq holda o‘tkaziladi.
Zararlangan karantin ostidagi materiallarni degazatsiya, fumigatsiya, refrijeratsiya qilish, boshqa usullarda zararsizlantirish, tozalash, qaytarib yuborish yoki boshqa manzilga jo‘natish, yo‘q qilib yuborish, yuklarni, bagajlarni, posilkalarni ochish yoki upakovkalash, ularni zararsizlantirish joylariga olib borish va u yerdan qaytarib olib kelish bilan bog‘liq xarajatlar yukni qabul qilib oluvchi hisobidan bo‘ladi.
“Karantin ostidagi o‘simlik mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi xududiga olib kirish va undan olib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi ushbu qoidalarni buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.