O'simliklar dunyosi va uning ahamiyati


O’simliklar xolati, ulardan foydalanish va muhofaza qilish chora



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə2/2
tarix04.02.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#82777
1   2
O\'simliklar dunyosi va ularning ahamiyati

O’simliklar xolati, ulardan foydalanish va muhofaza qilish chora
3.1. Namangan viloyatida tarqalgan o’simliklarni xalq xo’jalik maqsadlarida
foydalanish xolati.
Viloyatning tekislik qismida paxtachilik, sholichilik yaxshi rivojlangan. Bu hududlar kontenental iqlimga mansub, yanvar oyining o’rtacha harorati 0,2-2,40S, iyul oyiniki esa 20+280S. Yillik yog’in miqdori 150-180 mm, vegetatsiya davri 230-240 kun. qlO°S dan ortiq haroratlar yig’indisi 5000-4600°S. Havoning ochiq kelishi mevalarning sershira bbilishiga va ularda bbiladigan kasalliklarni kamayishiga sabab bbiladi.
CHust, Pop, Kosonsoy, CHortoq, Tbiraqbirg’on, Yangiqbirg’on adirliklarida yilning o’rtacha harorati 20+25°S, (eng yuqori harorat 40+41°S), yanvaming harorati esa -1,5-4° S (eng past harorati -20-28°S), vegetatsiya davri 220-230 kun, tekislik zonasiga nisbatan yog’in bir muncha kbip. Yaqin vaqtlarga qadar adirlar qishloq xbjaligida asosan bahorgi, qisman yozgi yaylov sifatida foydalanib kelingan. 1970 yillardan boshlab esa adir-larning intensiv bizlashtirilishi, irrigatsiya ob’ektlari barpo etilishi va nasoslar yordamida sug’orish, bir qator ixtisoslashgan xo’jaliklarning tuzilishi paxta maydonlarining kengayishiga olib keldi.
Viloyat tog’oldi zonasi iqlimi bir muncha sovuq, yanvarning o’rtacha havo harorati -2-4°S, iyul oyiniki esa +20+21°S, yillik yog’in miqdori 250-500 mm. Vegetatsiya davri 180 - 200 kun. Agroiqlimiy xususiyatlar tog’oldi zonasida lalmikor dehqonchilik, bog’dorchilik, uzumchilik, yem-xashak ekinlari yetishtirish, chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish imkonini beradi.
Qulay agroiqlimiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida Namangan viloyatida biziga xos qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi shakllangan. Viloyat paxta, xilma-xil meva va sabzavot ekinlari yetishtirishga ixtisoslashganligi bilan ajralib
turadi. Jami ekin maydoni 230 ming ga bo’lib, shundan, 42 %i paxta, 42%i g’alla, 8%i sabzavotlar, 4%i yem-xashak ekinlari, 4%i esa boshqa ekinlar bilan band (Soliev va boshq., 2003). Namangan viloyatining tuproq-iqlimiy sharoitlari sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish uchun juda qulay. Lekin do’l va kuchli jalalar ekinzorlarga katta iqtisodiy zarar ham keltiradi. Bu hodisalarni oldini olish maqsadida 1969 yildan boshlab do’lga qarshi harbiylashtirilgan bilim xizmati tashkil qilindi. Ammo, kbirigan chora-tadbirlarga qaramay kuchli jala yog’inlari va do’l urishlari davom etmoqda. SHuningdek, yodlangan kumush kukunlari yomg’ir bilan tushib meva-sabzavot ekinlarini zaharlab, turli kasalliklarni kbipayishiga olib kelmoqda, bu hol istiqbolda mamlakatdagi aholi eng zich joylashgan Farg’ona vodiysida do’lga qarshi harbiylashtirilgan xizmatdan voz kechish maqsadga muvofiqligini kbirsatmoqda.
Namangan viloyatining hududi qulay agroiqlimiy xususiyatga ega bbilishi bilan birga issiqxona xo’jaliklarini rivojlan-tirish uchun ijobiy sharoit yaratadi. Aholining qish va bahorda yangi sabzavotlarga bbilgan ehtiyojlarini qondirishda issiqxona xo’jaliklari muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda issiqxona xo’jaliklarida sabzavot mahsulotlari yetishtirish ko’paydi. Viloyatdagi issiqxona xo’jaliklarining umumiy maydoni 15 ga dan ortiq bo’lib, uning har m dan 6,1 kg dan sabzavot olinmoqda.
L.N.Babushkin, N.A.Kogay, SH.S.Zokirovlarning (1985) tasnifiga ko’ra Namangan viloyati hududini ham quyidagi agroiqlimiy zonalarga ajratish mumkin: 1) Issiq (5000-4500°S), 2) Mo’’tadil, issiq va quruq (4500-4000°S), 3) Issiq va sernam (4000-3000°S), 4) Salqin va nam (3000-1000°S).
Ushbu tasnifga muvofiq viloyatdagi ajratilgan agroiqlimiy zonalar o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, viloyat tumanlarida turlicha taqsimlanadi. Jumladan, Mingbuloq, Namangan, To’raqo’rg’on, Uychi, Norin tumanlari hududi va Pop, CHust, CHortoq tumanlarining janubiy qismlari issiq, Pop, CHust, Kosonsoy, Tbiraqbirg’on, CHortoq, Yangiqo’rg’on tumanlarining adir va adirorti tekisliklari mo’’tadil, issiq va quruq, viloyatning tog’ oldi o’rtacha balandlikdagi tog’lar
hududi issiq va sernam, baland tog’lar esa salqin va nam agroiqlim zonalari tarkibiga kiradi. Namangan viloyatidagi agroiqlimiy xususiyatlarni hisobga olib qishloq xo’jalik ekinlarni quyidagicha joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Issiq agroiqlim zonada paxtaning kechpishar (ingichka tolali) navlari, donli ekinlar, poliz ekinlarini, mbi’tadil issiq va quruq zonada paxtaning o’rta va tezpishar navlari, bog’dochilik, uzumchilik, sabzavotchilik, kartoshkachilik, donli ekinlar (bug’doy), issiq va sernam zonada kartoshkachilik, sabzavotchilik, uzumchilik, yem-xashak ekinlari, salqin va nam zonada esa yem-xashak ekinlari va yaylovlarni rivojlantirish imkonini beradi.
Bugungi kunda qulay agroiqlimiy sharoit va omillar ta’sirida mintaqa qishloq xo’jaligida o’ziga xos tarmoqlar va hududlar ishlab chiqarishi vujudga keldi. Adirlarda asosan obikor dehqonchlik rivojlangan bo’lib, paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik, bog’dorchilik, uzumchilik va chorvachilik tarmoqlari shakllangan.
Paxtachilik va donchilik tarmoqlari CHortoq, Uychi, Yangiqo’rg’on, Kosonsoy, To’raqo’rg’on, CHust adirlarida va qisman Pop adirlarida rivojlangan. Paxtachilik tarmoqlari sug’oriladigan maydonlarda, asosan qiyaligi past bo’lgan adirlarda rivojlangan. Donchilik tarmoqlari esa adirlarning sug’orilmaydigan qismlarida rivojlangan.
Bog’dorchilik Uychi, CHortoq, Yangiqo’rg’on, Kosonsoy, CHust, Pop adirlarida joylashgan. Bog’dorchilikda o’rik, olma yetishtirish tarmog’i yaxshi rivojlangan. O’rik yetishtirish ko’proq pastki adirlarga, olma esa yuqori adirlarga xos.
Sabzavotchilik Uychi adirlarining sharqiy qismlarida, CHortoq adirlarida (Alixon qishlog’ining shimoliy qismlarida), Yangiqo’rg’on adirlarida (Iskovot qishlog’ining shimoli-sharqiy va janubi-sharqiy qismlarida), Kosonsoy adirlarida (Qo’qumboy qishlog’ining janubiy qismlarida) tarkib topgan bo’lsa, To’raqo’rg’on, CHust, Pop adirlarida yaxshi rivojlanmagan.
Uzumchilik Uychi adirlarining sharqiy qismlarida, CHortoq, Yangiqo’rg’on, Kosonsoy, CHust, Pop adirlarida rivojlangan.
CHorvachilik adir yaylov zonasi bilan bog’liq bo’lib, ular go’sht-jun qo’ychiligi va go’sht-sut qoramolchiligi kabi tarmoqlardan tarkib topgan.
Go’sht-jun qo’ychiligi Pop adirlari uchun xos bo’lib, Pop adirlarining yuqori qismlariga to’g’ri keladi va shu joylarda echki ham ko’paytiriladi.
CHorvachilikning go’sht-sut tarmoqlari esa viloyatning sharqiy hududlaridagi yuqori adirlariga to’g’ri keladi. Mustaqillik yillarida qishloq xo’jalik ekin maydonlari tarkibida g’alla maydonlarini kengaytirish hisobiga tarkibiy o’zgarishlar yuzaga keldi. Ya’ni paxta maydonlari nisbatan qisqartirilib, donli ekinlar maydoni ko’paydi.
Mintaqada qishloq xo’jalik mahsulotlari tayyorlash hududiy tarkibini tahlil qiladigan bo’lsak, paxtachilik va donchilik barcha tumanlar uchun ixtisoslashgan soha hisoblanadi. Don tayyorlashda Kosonsoy, CHust, Yangiqo’rg’on, Pop tumanlari ajralib turadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, sabzavotchilik va kartoshka yetishtirish adirlarning shimoli-sharqiy va markaziy qismida joylashgan tumanlar uchun xosdir.
Bu mintaqalarda viloyat sabzavotchiligining 53,0 foizi, kartoshkaning 88,4 foizi yetis htiriladi. Bog’dorchilikda ham adir mintaqasida joylashgan Yangiqo’rg’on, CHortoq, CHust, Koson-soy kabi tumanlar maydoni va mahsulot yetishtirish hajmi bo’yicha yetakchi o’rinda turadi (3-jadval). Zero, ushbu tarmoqlarni rivojlantirish uchun mazkur tumanlarda qulay agroiqlimiy sharoitlar mavjuddir.
3.2. O’simliklardan foydalanishda yuzaga kelayotgan asosiy muammolar
Namangan viloyati sharoitida tabiatdan foydalanish va muhofaza qilishning ekologik jihatlarini tadqiq qilish asosida uning muhofazasi barqarorligini ta’minlash, tabiiy resurslar salohiyatini va foydalanish imkoniyat-larini o’rganish, viloyat tabiatida kuzatilayotgan noxush ekologik vaziyatlarni bartaraf etish uchun ilmiy-amliy tavsiyalar ishlab chiqishga bag’ishlangandir. Namangan viloyatida tabiiy resurslardan ekstensiv foydalanishning kuchayishi, suv va havo havzalarining ifloslanishi, tabiiy boyliklarni qashshoqlanib borishi, tuproqning
degradatsiyalashuvi, o’simliklarni mahsuldorligini keskin darajada kamayib borishi, eroziya, sho’rlanish kabi salbiy holatlar ekologik muammolarni vujudga kelish sabablari va omillari hisoblanib, avval bunday ekologik muammolar ayrim resurslar bilan bog’liq holda rivojlangan bo’lsa, 1980-yillardan boshlab resurslardan majmuali foydalanish bilan bog’liq holda rivojlanmoqda.
Inson hayotida o’simlik olami beqiyos darajada muhim. O’simlik-bu kislorod, oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurilish materiallari, em-xashak, nabotot olami, dam olish maskani, dori-darmon, qog’oz va boshqa ko’plab mahsulot etkazib beradigan beg’ubor, inson uchun eng zarur tabiat resursidir. Bioxilma- xillik olam go’zalligi, rekreatsiya boyligi. Namangan viloyatida tog’ yonbag’irlari va daryo qayirlarida tarqalgan o’simliklarda asosan antrapogen faoliyatning salbiy ta’sirlarini ko’rishimiz mumkin. Tog’ va tog’ oldi mintaqasida minglab gektar maydonlarda o’rmonlar mavjud bo’lib, archa, qolgani boshqa turdagi daraxtlar bilan band. Tekislik mintaqasida saksovul va boshqa psammofitlardan iborat o’rmonzorlar tashkil qiladi. Qayirlardagi to’qayzorlarda inson faoliyatining ta’siri yaqqol sezilib 100 ga yerlar muhofaza qilishga muxtoj hisoblanadi. O’rmonlar siyrak, zich o’sgan xaqiqiy o’rmon maydonlari kam qolgan, daraxtlarning aksariyati kasal, qurigan yoki yarim qurigan. Umuman tog’ yonbag’irlari, tog’ oldi qiya tekisliklari, adirlar, qumli tekisliklar o’rmon bilan qoplanish darajasi me’yoridan ancha kam, shuning uchun ham turli tabiiy jarayonlarning rivojlanish makoni juda ham keng va ular tezkorlik bilan sodir bo’lmoqda. Viloyatda ihotazorlarning maydoni keyingi 20 yillikda keskin qisqargan. Irrigatsiya tarmoqlari va suv omborlari qirg’oqlaridagi ihota daraxtzorlarining hozirgi ko’rsatkichi talabga mutlaqo javob bermaydi.
CHo’l va tog’ yaylovlarida o’simlik qoplamining zichligi va yem-xashakbop o’tlarning mahsuldorligini me’yordan past, ko’proq mol iste’mol qilmaydigan begona o’tlarning maydoni kengayib bormoqda. SHuningdek tuproqning eroziyaga berilganligi tufayli o’tlarning egallagan maydonlari ham qisqarmoqda, texnogen omillarining erozion ta’sirining hukmronligi ortmoqda.
O’simlik qoplami muammosi ekologik muammolar ichida nisbatan faol va tez o’zgaruvchan, boshqa omillar ta’sirida yuz beradigan muammolarni shakllanishida o’z ta’sirini ko’rsatadi. O’simliklar muammosi ko’p aspektli va serqirrali, uning tarkibida bir necha aspektli yoki oddiy muammolar mavjud, ularning hammasi ham bir-birlari bilan funktsional bog’liq.
O’simlik va hayvonot olami muhimi ekologik omillar, ularning atrof muhit bilan bo’lgan munosabati aslida joy ekologiyasini belgilaydi. Demak muammo ham ular bilan bog’liq, bu borada tashqi ta’sirni optimallashtirish zarur bo’ladi.
Insonning hayot kechirishi va mehnat faoliyati ham bu muxitda deyarli bir xil kechadi. Landshaftning morfologik qismlari ekologik jarayonlarning yanada chukurroq o’rganish imkonini beradi, yangi ikkilamchi muvozanatni vujudga kelishiga qadar davom etadi. Tuproq ustida yangi o’simlik qoplamini vujudga kelishi bilan ekologik muvozanat tiklanishi mumkin, lekin u avvalgidek barqaror bo’la olmaydi, chunki bunda tuproq, suv havo rejimlari o’zgarishga uchraydi, o’simlik koplami o’zgaradi. Buni oqibatida hududning biologik mahsuldorligi kamayadi, turli jarayonlar vujudga keladi. Bularni barchasi tabiiy resurslardan omilkorlik bilan foydalanishni taqozo etadi.
Keyingi yillarda viloyatda yirik sanoat korxonalarining qurilayotganligi bilan bog’liq bo’lgan atmosfera havosining me’yoridan ortiq ifloslanishi hamda sanoat changi tariqasida tuproq va o’simlik qoplamiga tushishi natijasida shu hududlarda ekologik vaziyatning buzilishi yaqqol sezilmoqda.
Kuzatuvlarga asolaniladigan bo’lsak, mevali daraxtlarning barchasi tashqi muhit omillari bir xil ta’sir etib turgan sharoitda, oltingugurt birikmalarining ta’siri natijasida ularning o’sishi va rivojlanishida keskin tafovvutlar borligi aniqlanmoqda. Kuzatuvda bo’lgan barcha o’simliklarning barglar soni novdalarning yillik o’sishi, barg va gul kurtaklarining shakli va o’lchamidagi o’zgarishlar ekologik toza muhit o’simliklariga nisbatan katta farq qilishi aniqlandi.
Mevali daraxtlarning yillik o’sishi turli ekologik muhit sharoitida bir-biridan ancha farqlanadi. Tajriba nazoratidagi barcha mevali daraxtlar novdasining yillik o’sishi daraxtlar novdasining yillik o’sishidan sezilarli farq qilishini ko’rsatdi. Olcha daraxtida bu ko’rsatkich 2003 yilda 30,1sm, shaftolida 36,7 sm, 2004 yila olchada 26,1 sm, shaftolida 31,3 sm., o’sgan bo’lsa zavod ichi kuzatuvida bu ko’rsatkichlar olchada 2003 yilda 18,2 sm., shaftolida 23,0 sm., 2004 yilda olchada 14,6 sm., shaftolida 19,4 sm ni tashkil etdi.
Atrof - muhitda inson xo’jalik faoliyati ta’sirida turli o’zgarishlar yuz beradi: grunt suvlari sathini ko’tarilishi natijasida tuproq sho’rlanadi, avtomorf zamin yarim gidromorf yoki gidromrof tuproq bilan almashadi.
Bu hol avvalgi vaziyatda vegetatsiyada bo’lgan o’simliklarni suktsessiya yo’li bilan boshqa turdagi o’simliklarga o’z o’rinlarini bo’shatib berishlari sodir bo’ladi. Tuproqning suv—tuz rejimini o’zgarishi unga mos ravishda o’simlik va hayvonlarni o’zgarishiga sababchi bo’ladi. Lekin bu ekologik sharoitga moslashuv o’simliklar turlarini o’zgarmasdan ham sodir bo’lishi mumkin. CHunonchi, delbta sharoitida o’tloq taqir tuproqlarda yulg’un, bir yillik sho’ralar grunt suvlari rejimini o’zgarishiga qaramay ularning vegetatsiyasi davom etadi, ya’ni ular yangitdan vujudga kelayotgan ekologik sharoitlarga moslasha boradilar. Bu mazkur o ’ simliklarning o’sish ko’ lamini naqadar kengligi bilan tavsiflanadi.
Corydalis paniculigera Regel et Schmalh. (Papaveraceae)
Tarqalishi. "Chotqolning janubiy yon bag'irlari, Paromon q.dan shimolda, uzoqligi 3-4 km., soya qoyalar orasida. 41.421190 E 071.737260 1254 m. 09 V 2013. G' apporov F. SH., Naralieva N.M

1.Piyozbosh holati 2. Gullagan davri
Ferula foetida (Bunge) Regel cf. Qurama tizmasi, Pop adirlari, Chap dashti va Xonobod va Muruldu qishloqlari oralig'ida, qurigan suv yo'llarida. N 40.884440 E 070.848040 716 m. 07 V 2013. Tojibaev K.SH., Naralieva N.M., Karimov F.I

1. To'pguli 2.Mayda to'pguli
Matthiola integrifolia Kom. (Brassicaceae)
Qurama tizmasi Xonobod qishlog'i atrofi, Chap dashti. Obishirinsoyning o'ng tomoni, Muruldu yaqini. Tizmaning lyossli qirlari, 40.902030 070.914510 ,d.s.756 m 08 V 2013. Tojibaev K.Sh.

1.Oq rangli guli 2. Binafsharang guli
Tulipa vvedenskyi Botschantz. (Liliaceae) Qurama tizmasi, Rezaksoy xavzasining o'rta oqimi, (Chodaksoyning o'ng irmog'i), janubiy-sharqiy ekspozitsiyaning toshli va tosh-shag'alli yon bag'irlari. 41001'40.1''
070036'29.6'' 1722 m, K.Tojibaev, F.Karimov, N.Naralieva, 13 IV 2013. d.s. 1700 - 1850 m.

3.3. Viloyatda o’simliklarni muhofaza qilish chora-tadbirlari
Tabiiy boyliklarning xo’jalik muomalasiga kiritish va ulardan inson ehtiyojiga ko’proq sarf qilish kuchaygan sari ming yillar davomida barqaror bo’lib kelgan ekologik muvozanat buzilib, inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabat murakkablashib, joylarda ekologik holat keskinlashib bormoqda. “Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir.

Xulosa
O’zbekiston tabiatining ko’rkamligi uning hududida nolir tabiat go’shalarini


(ajoyib soy, jilg’a, buloq, sharshara, shovva, noyob daraxtlar, xar xil jinslar, ochilib qolgan qoyalar, g’orlar, korizlar, sardobalar va hokazolar) tabiiy holicha saqlab qolishga bog’liq. Lekin so’ngi yillarda noo’rin har xil sog’lomlashtirish obyektlarini qurish, sayyoxlarning tabiatga nisbatan noto’g’ri munosabatda bo’lishi, har xil qurilishlar (suv ombori, ariqlar qazish, chorvachilik majmualari va boshq.) sababli o’shaxushmanzara joylarga putur yetkazmoqda. Bizning maqsadimiz manzarali xushtabiat joylarni (tabiat yodgorliklarni) iloji boricha o’z holicha saqlab,kelgusi avlodoarga qoldirish.
O’zbekistonda turi, soni kamayib borayotgan noyob o’simliklar va hayvonlarni hisobga oluvchi ikki jildli O’zbekiston «Qizil kitobi» nashr etilgan.
O’zbekiston «Qizil kitobi»ning birinchi jildiga 63 ta umurtqali hayvon turi, shu jumladan 22 ta sutemizuvchi, 31 ta qush, 5 ta sudralib yuruvchi hayvon, 5 ta baliq turi kiritilgan.
«Qizil kitob»ning ikkinchi jildiga muhofaza qilinishi zarur bo’lgan o’simlik
turlari kirgan. Bu jildga O’zbekistonda muxofaza qilinishi kerak bo’lgan 400 ta o’simlik turining 163 tasi kiritilgan.
O’zbekiston tabiatining muxofaza qilishda qo’riqxona, milliy bog’ va
buyurtmalarning ahamiyati juda katta.
O’zbekistonda hozir qo’riqxona sifatida muxofaza qilinayotgan maydon
250,5 ming ga yoki respublika hududining atigi 0,6% ini tashkil etadi.
O’zbekistonda 9 ta qo’riqxona joylashagn. Qo’riqxonalar haqidagi malumotlar ilovadagi 8-jadvalda berilgan.
Kelajakda respublikamizda qo’riqxonalar maydoni kengayib (Ustyurt,
Orolbo’yida, Qizilqumda yangi qo’riqxonalar barpo etish, Hisor qo’riqxonasini kengaytirish hisobiga), O’zbekiston hududining 3% ini tashkil etadi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. O’zbekistonning o’simliklar dunyosi. Toshkent, O’qituvchi, 1997 y.


2. Yoziyev L. H. Botanika. Qarshi, 2003 y.
3. Sahobiddinov S. S. O’simliklar sistematikasi. T., 1976 y.
4. To’xtaev A., Hamidov A. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. T., 1994 y.
5. Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. T., 2005 y.
6. Hamdamov I. H., Abilova S. A. Tabiiy fanlar konsepsiyasi. T., 2007 y.
7. Haydarov Q., Nishonov S. Tabiatshunoslik asoslari va bolalarni atrof-tabiat bilan tanishtirish.
T. 1992 y.
Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin