O’simliklar fiziologiyasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə27/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

Chidamlilik darajasi

Ekin turlari

Mevali daraxtlar

Ekin yetishtirishdan kо‘zlangan maqsad

О‘ta sust

Beda

Shaftoli

Chorva yem-xashagi va oziq-ovqat

Sust

Bug‘doy, pomidor tarvuz, bodring, arpa

Olma

Oziq-ovqat

О‘rta

Paxta

О‘rik

Xalq xо‘jaligi va oziq-ovqat

Yuqori

Lavlagi

Olcha, olxо‘ri

Chorva yem-xashagi va oziq-ovqat

О‘ta yuqori

Kungaboqar, jо‘xori

Uzum

Chorva yem-xashagi va oziq-ovqat

Ayrim ekinlar tuproqning shо‘rlanishiga nisbatan о‘ziga xos xususiyatga ega bо‘ladi. Masalan, P.A.Genkel va B.N.Stroganovlarning fikriga kо‘ra, kungaboqar sulfatlarga qaraganda xlorid tuzlar ta’siriga chidamliroq. G‘о‘za esa, aksincha, sulfatli shо‘rlanish ta’siriga chidamli bо‘ladi.


Tuproq namligi о‘simliklarning tuz ta’siriga chidamliligining muhim omili hisoblanadi. Tuproq qanchalik nam bо‘lsa, eritmasining konsentratsiyasi shuncha past va ekinlarning tuz ta’siriga chidamliligi shunchalik yuqori bо‘ladi. Aksincha, tuproqning namligi kamayishi bilan tuproq eritmasining konsetratsiyasi (tuproqdagi tuzlar miqdori о‘zgarmaganda). Ekinlarning tuz ta’siriga chidamliligiga tuproqdagi oziq moddalar, ayniqsa organik moddalar sezilarli darajada ta’sir etadi. Serunum tuproqlarda va dalalar organik moddalar bilan yaxshi о‘g‘itlanganida о‘simliklarning о‘sishiga tuzlarning zararli ta’siri ancha kamayadi. Tuproq kо‘proq shо‘rlangan bо‘lsa, kо‘p mineral о‘g‘it solishdan foyda yо‘q, aksincha zarar keltiradi, chunki tuproq eritma konsentratsiyasi yanada ortib boradi.
О‘simliklarning tuz ta’siriga chidamliligi joyning iklimiy sharoitiga ham bog‘liq. Issiq, quruq iqlimli, yog‘ingarchilik kam bо‘ladigan tumanlarda о‘simliklar (mо‘tadil iqlimli tumanlardagiga qaraganda) tuz ta’siriga uncha chidamaydi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin