Kerakli asbob va reaktivlar: turli xil о‘simliklar urug‘lari, formalin eritmasi, 4% li NaCl eritmasi, 2% li superfosfat, Petri kosachasi, doka xaltacha, filtr qog‘oz, termostat.
Ishni bajarish tartibi: Ekinlarning tuz ta’siriga chidaliligini oshirish uchun quyidagi tadbirlar о‘tkaziladi:
Ekish oldidan urug‘larni tuzli (4% li NaCl eritmasi) minerallashgan sizot suvlar (3-4 g/l) va mineral о‘g‘itlar eritmalarida (2% li superfosfat) ivitish.
Shо‘rlanishga qishloq xо‘jalik amaliyotida shо‘rlangan yerlarga kо‘p miqdorda suv quyib, zovur qazib kurashiladi. G‘о‘za chigiti, bug‘doy donini 3-4% li NaCl eritmasi bilan bir soat davomida namlash va mineral о‘g‘itlar eritmalarida (2% li superfosfat) ivitish yaxshi natija beradi. Shо‘rga chidamli navlarni yaratishda gen injenerligi bilan bog‘liq ishlarni olib borish bu borasida samarali natijalarga olib keladi.
Kо‘p shо‘r bо‘lgan muhitda urug‘larning unuvchanligi va о‘simlikning о‘sish jadalligi pasayadi. Quyidagi usulda shо‘rga chidamligini aniqlashda chidamlilik kо‘rsatkichi – distillangan suvda unib о‘sgan urug‘larga nisbatan tuz eritmalarida unib о‘sgan urug‘lar miqdori hisoblanadi.
Yaxshi urug‘lar tanlanadi. Petri kosachasi va filtr qog‘oz 1 soat davomida 1050С termostatda qizdiriladi. Har bir tur va nav urug‘i doka xaltachada etiketka bilan alohida har biri formalin eritmasi bilan ishlanadi (300 ml suvga 1 ml 3-5 daqiqa davomida). Keyin ozgina quritib har bir Petri kosachasiga 20-25 donadan urug‘ qо‘yiladi. Petri kosachasi tubiga filtr qog‘oz (filtr qog‘oz tagiga buyum oynasi qо‘yish yaxshi natija beradi) qо‘yilib, kerakli miqdorda turli konsentratsiyali tuz eritmasi, nazorat uchun esa distillangan suv quyiladi. Har bir variantda 2 ta kosacha bо‘lishi kerak. Urug‘lar Petri kosachalarida о‘stirish uchun termostatga qо‘yiladi. Termostat tubiga suv bilan kyuvetka qо‘yiladi.
2– jadval