O’simliklar fiziologiyasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə36/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

P=RTCi
bu yerda: P - izlanayotgan hujayraning osmotik bosimi, (atmosfera hisobida).
K - gaz konstantasi (o‘zgarmas son - 0,0821).
T - absolyut harorat (273°C+1° xona harorati).
C-izotonik konsentratsiya (hujayra shirasi konsentratsiyasining eritma konsentratsiyasiga teng bo‘lgan nuqtasi).
i - izotonik koeffitsiyent, izotonik koeffitsiyent (Vant-Goff bo‘yicha), har xil eritmalarda har xil bo‘ladi. Elektrolit bo‘lmagan eritmalarda i=l ga teng bo‘ladi. Elektrolit eritmalarda esa izotonik koeffitsiyent erigan ionlar miqdoriga va ularning elektrolitik dissotsiyalanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
i=l + a (n-1)
a - dissotsiyalanish darajasi.
n - eritmada erigan ionlar miqdori.
Yuqoridagi formula orqali topilgan hujayraning shimish kuchi daftarga yozib olinadi va undan tegishli xulosa qilinadi.
1-jadval

Probirkalar nomeri

Barg bo‘lakchasi tushurgunga qadar bo‘lgan eritma konsentratsiyasi (n)

Rangli eritmaning
yo‘nalishi

Konsentratsiyasi o‘zgarmay qolgan eritma (n)

Hujayraning so‘rish kuchi (atmosferada)

1

0,1










2

0,2










3

0,3










4

0,4










5

0,5










6

0,6










7

0,7










8

0,8










9

0,9












Nazorat uchun savollar
1. Hujayra nima?
2. Hujayraning sо‘rish kuchini tushuntiring?
3. Hujayra shirasining osmotik bosimi qanday aniqlanadi?


8-LABORATORIYA ISHI
Tranispiratsiya tezligini torzion tarozida aniqlash


Darsning maqsadi: talabalarga o’simliklarning suv bug’latishi jarayonini torzion tarozi yordamida aniqlashni o‘rgatish.
Umumiy ma’lumot: Ma’lumki, o‘simlikdan yangi uzib olingan barg, 5-10 daqiqa davomida xuddi normal o‘simlikda turgandek transpiratsiya qiladi. Shuning uchun ham o‘simlikdan yangi uzib olingan barglarida bo‘ladigan transpiratsiyani qisqa muddatlarda normal sharoitda aniqlash muhim ahamiyatga ega. Qisqa muddat ichida transpiratsiya jadalligini eng oddiy aniqlash usullaridan biri torzion tarozidan foydalanish hisoblanadi.
Kerakli asbob va reaktivlar: O‘simlikdan yangi uzib olingan barg, torzion tarozi, parma, qaychi, millimetr qog‘ozi, qum soat.
Ishni bajarish tartibi: Bu ishni amalga oshirish uchun eng avvalo torzion tarozining nol nuqtasini topib olish kerak. Nol nuqtasini topib olgach, arretir berkitiladi va tarozi qutichasidagi ilgakka o‘rnatilgan pallachaga o‘simlik bargidan parma yordamida yumaloq (doira) shaklida kesib olingan material qo‘yiladi. So‘ngra tarozi eshigi berkitilib, arretir ochiladi. Arretir ochilishi bilan siferblatning pastki tomonidagi strelka chap tomonga siljiydi. Siferblat pastidagi strelkani nolga keltirish uchun o‘simlik vaznini ko‘rsatuvchi strelka dastasi o‘ngdan chapga ko‘tariladi. Pastdagi strelka nolga kelishi bilan arretir berkitiladi. Vazn joylashtiriladigan quticha eshigi ochiladi. So‘ngra esa buyum vaznini ko‘rsatuvchi strelka holatiga qarab, shkala bo‘yicha barg og‘irligi topiladi. Quticha eshigini ochib qo‘yilishiga sabab bargdan normal suv bug‘lanishiga imkoniyat yaratilib berishdir. Barg og‘irligining o‘zgarishini har 2 daqiqada olib borganligi sababli ham quticha eshigi 2 daqiqaga ochib qo‘yiladi.
Vaqt o'tishi bilan quticha eshigi yopiladi va arretir ochiladi. Arretir ochilishi bilan pastki strelka o‘ng tomonga sijliydi. Bu transpiratsiya natijasida o‘simlik vaznininig kamayganligini ko'rsatadi. Bunday paytda og'irlikni ko'rsatuvchi strelka qaytadan nolga keladi. Strelkani nolga keltirish bilan arretir berkitiladi va quticha eshigi ochiladi. Barg og'irliginig o'zgarishini yuqoridagi tartibda yana 2-3 marta o'lchash bilan aniqlanadi.

9-rasm. Transpiratsiyani torsion tarozida aniqlash

Shunday qilib 10 daqiqa davomida barg og‘irligining o'zgarishini, 5 marta tarozida tortib ko'rish orqali transpiratsiya tezligi aniqlanadi. Tajriba davomida olingan ma’lumotlar jadvalga yozib olinadi.




Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin