O’simliklar fiziologiyasi
Transpiratsiya jadalligini aniqlash uchun tajribaga olingan doiralar sathi bo‘lishi kerak. Doiralar sathi S=πr2 formulasi orqali topiladi. S - barg yuzasi; π - o‘zgarmas son (3,14); r - doira radiusi Masalan, agar bargdan olingan doiralar diametri 1 sm bo'lsa, uning radiusi 0,5sm bo‘ladi. Bunda yuza S=3,14x(0,5)2=0,7850sm2. Beshta doira yuzasi 0,7850x5=3,9250 sm2 ga teng bo‘ladi. 10-rasm. O‘simlik tanasidan bug‘langan suv miqdorini texnik tarozida aniqlash usuli. Nazorat uchun savollar. Transpiratsiya jadalligi deb nimaga aytiladi? Transpiratsiya jadalligi torzion tarozida qanday aniqlanadi? O’simliklarda suv bug‘latish qanday ahamiyatga ega? 9-LABORATORIYA ISHI O‘simliklarda suv bug‘lanishiga kutikula va po‘stloqning ta’sirini aniqlash Darsning maqsadi: Laboratoriyada talabalar bilan o‘simliklardagi suv bug‘lanishiga kutikula va po‘stloqning ta’sirini aniqlash. Umumiy ma’lumot: Ma’lumki, ba’zi bir to‘qimalarning ustki qatlamlarida bo‘ladigan kutin moddasi va shuningdek, o‘simliklarning po‘stloq qavati himoya vazifasini bajaribgina qolmasdan balki, o‘simlik to‘qimalaridan suvning kam bug‘lanishiga ham yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida o‘simliklar mevasida suvning uzoq vaqt me’yorida saqlanishiga olib keladi. Shu sababli ham meva va sabzаvotlar so‘limasdan uzoq vaqt o‘z holatini saqlab turadi. Kerakli asbob va reaktivlar: Kartoshka, olma, eksikator, tarozi, konsentrlangan sulfat kislota, pichoq. Ishni bajarish tartibi: Bu ishni bajarish uchun og‘irlik jihatidan bir-birlariga yaqin bo‘lgan 2 ta olma va 2 ta kartoshka olinadi. Mana shu olma va kartoshkalarning bittasi ustki po‘stidan tozalanadi. Po‘stdan tozalangan va tozalanmagan mevalar vazni tarozida tortish bilan aniqlanadi. So‘ngra esa, tozalangan (archilgan) va archilmagan olmalar bitta Petri kosachasiga, archilgan va archilmagan kartoshga esa ikkinchi Petri kosachasiga qo‘yiladi. Har ikkala Petri kosachalari, tagiga CoCl2 yoki konsentrlangan sulfat kislotasi solingan eksikatorga tushiriladi va uni qopqoq bilan germetik ravishda berktiladi.
Yüklə 1,2 Mb. Dostları ilə paylaş: |