O’simliklar fiziologiyasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə40/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

Nazorat uchun savollar:

  1. O’simlikdagi suv rejimi nima?

  2. O’simlikda suv yetishmasligi qanday kechadi?

  3. Potometr qanday asbob?



12-LABORATORIYA ISHI
О‘simliklarni suv kulturasida о‘stirish: tо‘liq ozuqa eritmasida (Knop eritmasi) о‘stirish


Darsning maqsadi: Knop ozuqa eritmasi tayyorlash va ozuqa eritmasi tarkibidagi elementlarning maysalar o’sishiga ta’sirini tajribada о‘rganish.
Umumiy ma’lumot: Boshqa kimyoviy elementlar bilan almashtirib bо‘lmaydigan, о‘simliklarning о‘sishi va rivojlanishi uchun о‘ta zarur bо‘lgan 19 ta element alohida ahamiyatga ega. Ular C, H, O, N, P, S, K, Ca, Mg, Fe, Mn, Cu, Zn, Mo, B, Si, Na, Cl, Co kabi elementlar бўлиб, 16 tasi mineral elementlardir. Chunki, C, H va O о‘simliklarga asosan CO2, O2 va H2O holida о‘zlashtiriladi.
C, H, O, N – elementlari organogenlar deyiladi. Chunki ular о‘simlik quruq og‘irligining asosiy-95% qismini tashkil qiladi. Bunda uglerod 45%, kislorod 42%, vodorod 6,5%, azot 1,5% miqdorni tashkil qiladi. О‘simlik quruq og‘irligining qolgan 5% qismi kul elementlariga, xususan P, S, K, Ca, Mg, Fe, Al, Na, Si va boshqalarga tо‘g‘ri keladi. О‘simliklarning mineral tarkibi tо‘g‘risida ularning kulida uchraydigan elementlarning miqdoriga qarab xulosa qilinadi va yuqorida keltirilgan elementlar birgalikda makroelementlar deyiladi. О‘simlik tо‘qimalarida juda kam miqdorni (0,001%) tashkil qiluvchi ammo о‘simliklarning muqobil о‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bо‘lgan Mn, Cu, Zn, Mo, B, Co kabi elementlar mikroelementlar deyiladi. Mineral elementlar о‘simliklarning barglarida 2-15%, poyalarida 0,4-1% tо‘planadi.
O‘simliklarni turli xil tuzlar eritmalarining aralashmasida o‘stirish suv kulturasi deyiladi. O‘simliklarni birinchi marta shu usulda K.A.Timiryazev o‘stirgan.
Ma’lumki, ozuqa eritmalariga olinadigan tuzlar tarkibida ikkitadan asosiy element bo‘ladi. Agar birorta tuz tarkibidagi qaysi bir elementni ozuqa eritmasi tarkibidan chiqarib tashlamoqchi bo‘lsak, uning tarkibida bo‘lgan ikkinchi elementni to‘laligicha saqlab qolishimiz uchun uni boshqa tuz ko‘rinishida olishimizga to‘g‘ri keladi. Mabodo, tajriba uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘lsa o‘simliklarni ozuqasiz sharoitda o‘stirish varianti dasturdan chiqarib tashlanadi. Shuni eslatish kerakki, fiziologik tajribalardan ishonchli natija olish uchun har bir variantda bo‘ladigan o‘simlik (idish) lar soni 5 tadan kam bo‘lmasligi, ya’ni tajriba 5 qaytarmali bo‘lishi kerak.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin