Azot, fosfor va kaliy elementlarini tutmagan Knop eritmalari quyidagicha tayyorlanadi:
1. Azot tutmagan Knop eritmasini tayyorlash.Ozuqa eritmasida azot elementini tutmagan eritma tayyorlashda Са(NO3)2 tarkibidagi Ca miqdorini to‘la saqlab qolish uchun shunday tuz olish kerakki, uning tarkibida kalsiy bo‘lsin. Agar Са(NO3)2tarkibidagi Са ni CaSО4•2Н2О ko‘rinishida olmoqchi bo‘lsak, quyidagi hisob-kitob usulidan foydalanamiz:
Demak, 1 g Са(NO3)2 tarkibida bo‘lgan 0,24 g kalsiyni CaSО4•2Н2О ko‘rinishida olish uchun bu tuzdan 1,03 g olish kerak ekan. Olingan natija asosida azot tutmagan Knop eritmasining tarkibini quyidagicha yozish mumkin:
CaSО4•2Н2О — 1,03 g/l
КН2РО4 — 0,25 g/l MgSО4 — 0,25 g/l
KCl — 0,125 g/l FeCl3 — 0,0125 g/l