O’simliklar fiziologiyasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə50/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

Eslatma: Tuzli eritmalarda о‘simliklarni о‘stirish tajribalari davomli bо‘lib, bir-birini tо‘ldirgani va uzoq muddat davom etishini hisobga olganda, 16, 17, 18-laboratoriya ishi tajribalarini bir vaqtda qо‘yish maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Nazorat uchun savollar:
1. Bir metall ionlari deganda nimani tushunasiz?
2. Tuzlar ionlari о‘simliklarga qanday ta’sir kо‘rsatadi?
3. Tuz ionlarining salbiy ta’sirini qanday yо‘qotish mumkin?


17-LABORATORIYA ISHI
О‘simliklarni ikki metall ionlari tutgan tuz eritmasida о‘stirish


Darsning maqsadi: Talabalarni о‘simliklarni ikki metall ionlari tutgan tuz eritmasida о‘stirish usullari bilan tanishtirish.
Umumiy ma’lumot: Sof holda olingan bir metall ionlari tutgan tuz eritmasida, o‘simliklar sekin o‘sadi yoki yomon o‘sadi, ayrim hollarda esa, o‘simlik butunlay o‘smaydi, ya’ni u zaharlanadi. Buning isbotini 16-laboratoriya ishimizda о‘tkazilgan tajribada kо‘rdik.
Ionlar antogonizmi bu – bitta tuz ionlarining salbiy ta’sirini, boshqa tuz ionlari tomonidan kamaytirilishi yoki uni butunlay yo‘qotilishi tushuniladi. Agar, o‘simlikka zahardek ta’sir qiluvchi osh tuzi eritmasiga, kalsiy, magniy va kaliy tuzi eritmalaridan ma’lum miqdorda qo‘shilsa, o‘simliklarning o‘sish jarayoni tezlashadi. Bu bitta osh tuzining o‘simlikka bo‘lgan salbiy ta’sirini, boshqa tuzlar tomonidan kamaytirilganini yoki butunlay yo‘qotilganligini ko‘rsatadi. O‘simliklarni har xil tuz eritmalarida o‘stirish yo‘li bilan ularning optimal rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan tuz ionlari konsentratsiyasini tanlab olish mumkin. Ozuqa eritmalaridagi tuz ionlari konsentratsiyasining o‘simliklar o‘sishi uchun optimal holda bo‘lishi muvozanatlashgan (tenglashtirilgan) eritma deb ataladi. Eritmada, tuz ionlarining soni qancha ko‘p bo‘lsa, ularning o‘simliklar o‘sish va rivojlanishiga bo‘lgan ijobiy ta’siri ham shuncha yuqori bo‘ladi.

17-rasm. Ionlar antogonizmi sxemasi: Ionlar antogonizmi (NH4 ionlari Ca 2+, Mg 2+, K+ ga nisbatan tez so‘riladi). Ionlar sinergizmi (kationlar so‘rilishi 30% baland)


Ionlar o‘rtasida bo‘ladigan antogonistik kurashni plazmolemma yuzasidan ionlarning adsorblanishida, tashuvchilar va fermentlar markazi uchun bo‘ladigan kurashida ham ko‘rish mumkin. Ionlar o‘rtasida bo‘ladigan antogonistik kurashni ko‘rsatadigan tajribalarni o‘tkazishda nihoyatda toza kimyoviy reaktivlardan va o‘ta toza idishlardan foydalanish kerak.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin