O’simliklar fiziologiyasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə49/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

Ishni bajarish tartibi: Bu ishni bajarish uchun 500 sm3 hajmli shisha idishlardan 7 ta olib, yaxshilab yuviladi. So‘ngra bu idishlarning birinchisiga 500 ml NaCl, ikkinchisiga 500 ml KCl, uchinchisiga 500 ml CaCl2, to‘rtinchisiga 500 ml oddiy suv solinadi. Mana shu tartibda tayyorlangan eritmalarga bir xil rivojlanishiga ega bo‘lgan tajriba uchun tanlangan о‘simliklar o‘simtalari tushiriladi. Buning uchun idishlar og‘zini berkitishga mo‘ljallangan qopqoqchalarga o‘simtalar joylashtiriladi. Qopqoqchalarni idish og‘ziga berkitganda, unga o‘rnatilgan o‘simtalarning ildizlari ozuqa eritmasiga to‘la botib turishi kerak.
O‘simtalarning muqobil o‘sishini ta’minlash uchun idishlarni harorati 25-300С darajada bo‘lgan yorug‘ xonalarga qo‘yiladi. Idishlardagi aeratsiyani muqobil holda tutib turish uchun esa eritma vaqti-vaqti bilan sun’iy ravishda kislorod bilan boyitib turiladi. Tajribaga olingan eritma har 5-6 kunda yangilanib (almashtirilib) turiladi.
O‘simliklarning o‘sishiga har xil tuzlarning ta’sirini o‘rganish

Variantlar

Poya uzunligi

Ildiz uzunligi

0,12 n. NaCl eritmasi



0,12 n. KCl eritmasi



0,12 n. CaCl2 eritmasi



Suv (oddiy oqova suv)



Tuzlarning o‘simliklar o‘sishiga bo‘lgan ta’siri, 6-7 kundan boshlab sezila boshlaydi. Tajribadan ijobiy natija olishda tuzlarning kimyoviy toza bo‘lishligi muhim ahamiyatga ega. Odatda tajriba 3-4 hafta davom ettiriladi. Shu mo‘ljaldagi vaqt tamom bo‘lishi bilan o‘simliklar eritmalardan olinib, distillangan suv bilan yuviladi va ularning poyasi, ildizlari lineyka yoki millimetr qog‘ozi yordamida o‘lchanadi. Olingan ma’lumotlar yuqoridagi jadvalga yozib olinadi. Imkoniyati bo‘lsa, o‘simliklarning ho‘l va quruq og‘irligi yoki ildizlar soni aniqlansa yanada yaxshi bo‘ladi. Tajribadan olingan natijalar talabalar bilan birgalikda muhokama qilinadi va undan tegishli xulosalar chiqariladi.



Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin