Umumiy ma’lumot: Mineral elementlar o’simlikning hayotida muhim ahamiyatga ega. O’simlikda kechadigan barcha fiziologik prosesslar normal darajada borishi uchun mineral elementlar katta rol oynaydi. Jumladan, nafas olish, fotosintez, o’sish va rivojlanish prosesslarini normal borishi uchun mineral tuzlar yetarli miqdorda bo’lishi kerak. Dastlab o’simlik urug’larida zapas holda bo’lgan mineral elementlardan foydalanadi, keyinchalik zarur bo’lgan mineral elementlarni tuproqdan ildiz orqali oladi. O’simliklar ba’zi elementlarni ko’p miqdorda talab qiladi. Bularga makroelementlar deyiladi. Makroelementlarga azot, fosfor, oltingugurt, kaliy, kalsiy, magniy, temir kiradi. Bular fiziologik xususiyatlariga ko’ra 2 guruhga bo’linadi. Metallardan kaliy, kalsiy, magniy va temir metaloidlardan azot, oltingugurt. Ikkinchi xil elementlarni o’simliklar oz miqdorda talab qiladi. Bular – mikroelementlar. Bularga bor, mis, rux, marganes, molibden, yod, alyuminiy va boshqalar kiradi.
Kerakli asbob va reaktivlar: Mikroskop, buyum oynalari, yog‘och kuli, probirkalar, kapillyar shisha naycha, shisha tayoqcha, filtr qog‘oz, voronka, distillangan suv, 10% li HCl eritmasi, 1% li FeCl2 eritmasi, 1% li PtCl4 eritmasi, 1% li H2SO4 eritmasi, NH3 (ammiak), 1% li Na2HPO4 eritmasi, 1% li (NH4)2МоO4 ning azot kislotasidagi eritmasi, 1% li Sr(NO3)2 eritmasi, 1% li K4[Fe(CN6)] eritmasi, 1% ли Tl2SO4 eritmasi, 1% li Na2CuPb(NO2)6 eritmasi.
Ishni bajarish tartibi: Tuproqdan qabul qilinadigan mineral elementlarning ba’zilari (N, P, S, Mg, Fe, Co) bevosita organik moddalarning molekulalari tashkil bo’lishida ishtirok etsa, ko’pchiligi moddalar almashinuvi prosesslarini aktivlashtirishda ishtirok etadi.
O’simliklar kulida uchraydigan elementlarni aniqlash uchun tamaki yoki yog’och kuli ishlatiladi. Avvalo ikkita probirkaga 0,2 grammdan kul solinadi, so’ngra ularning biriga distillangan suv, ikkinchisiga HCl ning 10% li eritmasidan qo’yib chayqatiladi. Ular reaksiyaga kirishib bo’lgandan keyin aralashmalar filtrlanadi.Tayyorlangan filtratdan pipetkada 1 tomchi olib, buyum oynasiga tomiziladi. Keyin buyum oynasiga biror elementni aniqlash uchun qo’llaniladigan tegishli reaktivdan 1 tomchi tomiziladi. Oynadagi tomchilar bir-biridan 2 sm narida bo’lishi kerak. Keyin bu tomchilar shisha tayoqcha yoki gugurt cho’pi bilan bir-biriga qo’shiladi. U quriganidan keyin mikroskopda ko’riladi. Har qaysi reaksiyaning borishida o’ziga xos tuzilgan kristallar hosil bo’lganligi kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |