1-jadval
Knop ozuqa eritmasida to‘la miqdorda elementlar bo‘lgan paytda va N, P, K tutmagan eritmalarni tyayyorlashda olinadigan tuzlar miqdori (g/l hisobida)
Variantlar
|
To‘la ozuqa eritma
|
N-tutmagan eritma
|
P-tutmagan eritma
|
K-Tutmagan eritma
|
Ca(NО3)2 — 1,00
|
CaSО4•2Н2О — 1,03
|
Ca(NО3)2 — 1,00
|
Ca(NО3)2 — 1,00
|
КН2РО4 — 0,25
|
КН2РО4 — 0,25
|
|
NaН2РО4 — 0,25
|
MgSО4 — 0,25
|
MgSО4 — 0,25
|
MgSО4 — 0,25
|
MgSО4 — 0,25
|
КCl — 0,125
|
КCl — 0,125
|
КCl — 0,255
|
NaCl — 0,09
|
FeCl3 — 0,0125
|
FeCl3 — 0,0125
|
FeCl3 — 0,0125
|
FeCl3 — 0,0125
|
Ma’lumki, o‘simliklarni suv yoki qum sharoitida o‘stirishda makroelementlar bilan bir vaqtda ularni mikroelementlar bilan ham ta’minlash kerak bo‘ladi. Buning uchun har bir variantdan bir litr eritma yoki 1 kg qum hisobiga 0,003 g Н3ВО3, 0,005 г MnSО4, 0,001 g CuSО4, 0,001 g ZnSО4, 0,001 g Co(NО3)2 tuzlaridan berish kerak.
Kerakli asbob va reaktivlar: Undirilgan o‘simlik urug‘lari, to‘la ozuqa elementlarini tutgan Knop eritmasi, o‘simliklarni o‘stirishda ishlatiladigan shisha idishlar, menzurka, o‘lchov kolbalari, pipetkalar, termometr, chizg‘ich.
Ishni bajarish tartibi: O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi jarayoniga Knop ozuqa eritmasining ta’sirini o‘rganish uchun yuqoridagi jadval asosida tayyorlangan to’la ozuqa eritmasidan 0,5 litrdan 10 litrgacha bo‘lgan shisha idishlarga olib, ularda ilgaridan kristallizatorlarda undirilgan urug‘lar o‘stiriladi. Maysalarni muqobil sog‘lom holda o‘stirish uchun tajriba harorati 25-30°C bo‘lgan yorug‘ xonalarda o‘tkaziladi.
2-jadval
O‘simliklarning o‘sish jarayoniga ozuqa elementlarining ta’siri
(1 ta o‘simlik g hisobida)
№
|
Variantlar
|
O‘simlik organlari
|
poyaning
|
bargning
|
ildizning
|
ho‘l
og‘irligi
|
quruq
og‘irligi
|
ho‘l
og‘irligi
|
quruq
og‘irligi
|
ho‘l
og‘irligi
|
quruq
og‘irligi
|
1
|
To‘la ozuqa eritma
|
|
|
|
|
|
|
2
|
N-tutmagan eritma
|
|
|
|
|
|
|
3
|
P-tutmagan eritma
|
|
|
|
|
|
|
4
|
K-Tutmagan eritma
|
|
|
|
|
|
|
Odatda, laboratoriya sharoitida o‘tkaziladigan tajribalar qo‘yilgan maqsadga qarab 2 haftadan 6 haftagacha olib boriladi.
Tajriba davrida fenologik kuzatishlar olib boriladi: o‘simlik poyasining va ildizining o‘sishi, yangi chin barglarning chiqishi, shuningdek barg rangi va ildizlarining tashqi ko‘rinishida bo‘ladigan o‘zgarishlar daftarga yozib boriladi.
Tajribaga berilgan vaqt tamom bo‘lishi bilan o‘simlik organlari (bargi, ildizi, poyasi) alohida-alohida kesib olinadi va ularning ho‘l og‘irliklari tarozida tortib olinadi. Keyin esa bu organlar maxsus quritgich shkaflarida quritiladi va ularning quruq og‘irliklari analitik tarozida aniqlanadi. O‘simliklarning ho‘l va quruq og‘irliklari jadvalga yozib olinadi.
14-rasm. O‘simlik uchun zaruriy ayrim elementlar sxemasi
Nazorat uchun savollar:
1. O’simlik hayotida ozuqa aralashmalarining ahamiyati qanday?
2. Ozuqa aralashmalarini qanday tayyorlash mumkin?
3. Ekinni ozuqa aralashmalari bilan oziqlantirish hosilga qanday ta’sir kо‘rsatadi?
13-LABORATORIYA ISHI
О‘simliklarni suv kulturasida (azot va fosfor tutmagan ozuqa eritmasi) о‘stirish
Darsning maqsadi: Knop ozuqa eritmasi tayyorlash va ozuqa eritmasi tarkibidagi elementlarning maysalar o’sishiga ta’sirini tajribada о‘rganish.
Umumiy ma’lumot: O‘simliklarni turli xil tuzlar eritmalarining aralashmasida o‘stirish suv kulturasi deyiladi. O‘simliklarni birinchi marta shu usulda K.A.Timiryazev o‘stirgan.
O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanish jarayoniga ayrim elementlarning ta’sirini o‘rganish uchun undirilgan urug‘lar, har xil sharoitda, ya’ni o‘rganilayotgan elementga xos bo‘lgan sharoitda o‘stiriladi. Masalan, agar o‘simliklar rivojlanishiga azot elementining ta’sirini o‘rganmoqchi bo‘lsak, tajriba ikkita variantda - to‘la ozuqa elementlarini tutgan va ozuqa aralashmasi tarkibida azot elementini tutmagan eritmalarda o‘stiriladi. Mabodo, fosfor va kaliy elementlarining o‘simliklar o‘sish va rivojlanish jarayonlariga ta’sirini o‘rganmoqchi bo‘lsak ham xuddi yuqorida aytilganidek, o‘simliklar fosfor va kaliy elementlari yetarli bo‘lgan va bu elementlarni tutmagan eritmalarda o‘stiriladi. Agar tajriba qisqa muddatga mo‘ljallangan bo‘lsa, uni tubandagi dastur ko‘rinishida olib boramiz.
Dostları ilə paylaş: |