O’simliklar fiziologiyasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə39/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

Nazorat uchun savollar:
1. Transpiratsiya jadalligi nima?
2. Transpiratsiyani aniqlashni qanday metodlarini bilasiz?
3. Transpiratsiyani hajmiy usulda qanday aniqlash mumkin?
4. Transpiratsiya jarayonini kobalt xlorid usulida qanday aniqlanadi?


11-LABORATORIYA ISHI
O'simlikka yutilayotgan suv miqdorini potometr yordamida aniqlash


Darsning maqsadi.Talabalar bilan o‘simlikka yutilayotgan suv miqdorini potometr yordamida aniqlash.
Umumiy ma’Iumot: 0‘simlikka yutilayotgan va aksincha undan parlanib ketayotgan suv miqdorini aniqlashda potometr asbobidan keng foydalaniladi.
Potometr hajmi 300-500 ml keladigan silindr idish bo‘lib, uning og‘zini bekitadigan rezina tiqinida 3 ta teshikcha bo‘ladi. Rezina tiqinidagi teshiklaming biriga silindrdagi suv hajmini o'lchaydigan egri shisha naycha o‘matiladi va unga millimetrli qog‘oz yopishtiriladi. Ikkinchi teshikka o‘simlik novdasi o'rnatiladi va nihoyat uchinchi teshikchaga potometrga suv quyishga mo'ljallangan jo'mrakli shisha naycha o'rnatiladi.

12-rasm. Transpiratsiya hodisasini kuzatish
-Ustitsalar orqali amalga oshiriladi.
-O‘simlik ildizi orqali barglargacha suv oqimini qabul qiladi va tanasini sovutadi.
-Juda issiq vaqtda ustitsalar yopiladi va suv bug‘lanishi kamayadi.
Kerakli asbob va rеaktivlar. Bargli o'simiik novdasi, potometr, qaychi, kauchuk tiqin, qaynatilgan sovuq suv, lineyka yo millimetrli qog'oz, tarozi, vazelin voki parafin, qog'oz.
I shning borishi. Bu ishni bajarish uchun potometr asbobni qaynatib sovitilgan suv bilan to'lgaziladi. So'ngra o'simiik novdasi o’rnatilgan rezina tiqin bilan potometr og'zi germetik ravishda beikitiladi. Tiqin berkililganda potometrda boigan ortiqcha suv egri naycha oiqali chiqazib yuboriladi Maboda, o'simlik novdasi silindrdagi suvga yetmasdan qolsa, tiqinga o'rnatiigan jo'mrakli nay orqali suv qo‘yiladi.




13-rasm. O'simlikka yutilayotgan suv miqdorini potometr yordamida aniqlash

Eslatib o'tamiz, tiqin bilan silindr ichidagi suv yuzasi oralig‘ida havo pufakchalari bo’lmasligi kerak. Aks holda tajriba yaxshi natija bermasligi mumkin. Silindr og‘zini tiqin bilan berkitishning o'zidayoq egri nay ichidagi suv satbi belgilab qo‘yiladi. Tiqinga o'rnatilgan nay va o'simlik novdasining yon tomonlaridan suv chiqib ketmasligi uchun ularning atrofiga vazilen surkab qo'yiladi. Potometr yorug'lik yetarli bo'lgan xonalarda bolishi bilan birga, harorat 25-350C atrofida bo'lsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Tajriba 30-60 daqiqaga mo'ljallanadi.Oradan mo'ljallangan vaqt o'tishi bilan egri naydagi suv hajmi yoki miqdori aniqlanadi.


Bulling uchun avvalo nay yuzasini topish kerak. Nay yuzasi S=πr2 formulasi bo'yicha topiladi. O'simlik tomonidan yutilgan suv miqdori (P) ni aniqlash uchun yuqoridagi formuladan topilgan sonni egri nay ichida kamaygan suvning balandligi (h) ga ko'paytirish kerak. Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
P=S h
Transpiratsiya tezligini aniqlash uchun barglarning umumiy sathini topish kerak.Buning uchun 200-400 sm sathga ega boigan qog'oz olib, tarozida tortib vazni aniqlanadi.
Keyin esa, xuddi shu qog'ozga mos keladigan qog'oz olib, novdadagi barglar shakli unga aniq qilib chizib olinadi va barglar shakli qaychi bilan qirqib olinadi. Qirqib olingan barg shakllarining vazni tarozida aniqlanadi. Shundan keyin barglarning umumiy sathi topiladi. Masalan, 400 sm2 sathga ega bo'lgan qog'oz og'irligi 0,5 g, barglar chizilgan qog'ozning og'irligi 0,8 g deb faraz qiladigan bo'lsak, barglar sathi quyidagicha topiladi

Transpiratsiya intensivligi quyidagicha hisoblanadi: agar umumiy sathi 640 sm2 bo’lgan barglar 30 minut davomida a gramm suv bug'latgan bo'lsa, umumiy sathi 10000 sm2, ya’ni 1 m2 keladigan barglar qancha suv bug'latadi?
Bu quyidagi proporsiya orqali topiladi:

Yarim soatda 14,06 gramm miqdorda suv bug'langan bo'lsa, bir soatda bug'langan suv miqdorini aniqlash uchun uni ikkiga ko'paytiriladi:
14,06x2=28,12 g
Demak, transpiratsiya intensivligi, ya’ni bir soatda 1 m2 (10000 sm2) barg sathidan suvning bug'lanishi 28,12 g ni tashkil qilar ekan.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin