O’simliklar fiziologiyasi


Eritmaning konsentratsiyasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə35/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

Eritmaning konsentratsiyasi

Har xil konsentratsiyali eritmalar tayyorlash uchun zarur

Plazmoliz darajasi

Hujayralarning rasmi

Suv (ml)

Eritma (ml)

0,1

9

1



0,2

8

2



0,3

7

3



0,4

6

4



0,5

5

5



0,6

4

6



0,7

3

7



0,8

2

8



0,9

1

9



Nazorat uchun savollar
1.Hujayra shirasi nima?
2.Plazmoliz qanday hodisa?
3. Hujayra shirasining osmotik bosimi qanday aniqlanadi?


7-LABORATORIYA ISHI
Hujayraning shimish kuchini Shardakov usuli bilan aniqlash


Darsning maqsadi. Talabalar bilan hujayraning so’rish kuchini Shardakov usuli bilan aniqlashni о‘rganish.
Kerakli asbob va reaktivlar. Bargli o‘simlik, katta va kichik probirkalar bilan shtativ, 1,0 n NaCl, KCI yoki saxaroza eritmasi, distillangan suv, bargdan namuna olinadigan parma, rezina plastinka yoki katta probka, quruq metilen sinkasi, pinset, byuretkalar, kapilyar naychalar, shishaga yozadigan qalam.
V.S. Shardakov usuli o‘simlik hujayralari har xil konsentratsiyali NaCl, KCI yoki saxaroza eritmasiga tushirilganida shu eritmaning konsentratsiyasini o‘zgartirishiga (orttirish yoki kamaytirishiga) asoslangan. Tajriba vaqtida o‘simlik hujayrasi bilan tashqi eritma o‘rtasida suv almashinish jarayoni ro‘y beradi. Buning natijasida eritmaning konsentratsiyasi hujayraning shimish kuchiga qarab ortadi yoki kamayadi. Buni tashqi eritmaning boshlang‘ich konsentratsiyasi bilan unga hujayra solinganidan keyingi konsentratsiyasini taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan aniqlanadi.
Ishni bajarish tartibi: Berilgan 1,0 n NaCl, KCI yoki saxaroza eritmasidan shtativlardagi katta probirkalarga har biridan 10 ml hajmda 0,1; 0,2; 0,3; 0,4; 0,5; 0,6; 0,7; 0,8; 0,9 n. Suv qo‘shib suyultirilgan eritmalar tayyorlanadi. So‘ngra katta probirkalardagi 10 ml li eritmadan1 ml dan olib, shtativdagi katta probirkalar ro‘parasidagi kichik probirkalarga qo‘yib chiqiladi. Shundan keyin hujayraning so‘rish kuchi aniqlanadigan o‘simlikning bargidan namuna oladigan parma yordamida (barg tagiga rezina plastinka yoki katta proka qo‘yib) doira shaklida kesmalar tayyorlab olinadi. Bu kesmalar kichik probirkalardagi eritma ichiga 20-30 minut solib qo‘yiladi. Bu vaqt ichida probirka 2-3 marta chayqatilib, obdon aralashtiriladi. Oradan 20-30 minut o‘tgach, shu kichik probirkaga metilen sinkasining 1-2 dona kristali qo‘shiladi. Natijada eritma ko‘k rangga bo‘yaladi. So‘ngra bu probirkadagi bo‘yalgan eritmadan kapilyar naycha yordamida olinib, uning bir tomchisini shtativning ikkinchi qatorida turgan katta probirkadagi eritmaning o‘rtasiga asta – sekin tomiziladi. Shu vaqtning o‘zida kapilyar naycha ichidan oqib chiqayotgan rangli suyuqlik pastga yoki yuqoriga qarab harakatlanadi.
Agar hujayraning shimish kuchi eritmanikidan yuqori bo‘lib, eritma tarkibidagi suvni hujayra so‘rib olsa, bu holda eritmaning hozirgi solishtirma og‘irligi boshlang‘ich solishtirma og‘irligiga nisbatan ortadi. (So‘rish kuchi – hujayraning osmotik va turgor bosim kuchi orasidagi kuch.Mo‘tadil iqlim zonasi o‘rmon daraxtlarining so‘rish kuchi 3•106 Pa (30 atm), ayrim o‘t o‘simliklarda 2•10 (20atm) va hatto undan yuqori 4•106 Pa (40 atm); quruq iqlim o‘simliklarida – 60 atm gacha teng bo‘ladi). Bunda kapillyar nay ichida oqib chiqadigan rangli eritma pastga qarab yo‘naladi.
Agar eritmaning shimish kuchi hujayranikidan kuchli bo‘lsa, eritma hujayra tarkibidagi suvni o‘ziga tortib oladi. Kichik probirkadagi eritmaning so‘nggi solishtirma og‘irligi boshlang‘ich solishtirma og‘irligiga nisbatan kamayadi. Bu holda kapillyar nay ichidagi rangli yuqoriga qarab harakatlanadi. Mabodo hujayra shirasi bilan eritmaning konsentratsiyasi o‘rtasida farq bo‘lmasa, suv almashinish hodisasi ro‘y bermaydi va tashqi eritmaning solishtirma og‘irligi o‘zgarmaydi. Bunday holda kapillyar nay ichidan chiqayotgan rangli eritma o‘z joyida qolib, bir tekis tarqalib ketadi. Shu yo‘l bilan suyuqlik va hujayraning shimish kuchlari bir-biriga teng bo‘lgan payt aniqlanadi.


8-rasm. Hujayraning shimish kuchini Shardakov usuli bilan aniqlashda eritmalarning harakati

So‘ngra oldingi ishda ko‘rsatilgan formula yordamida hujayraning shimish kuchi necha atmosfera bosimga teng bo‘lgani topiladi. Bu ishning natijalarini jadvalga yozib boriladi.


Izotonik nuqtani aniqlash bilan o‘simlik hujayrasining shimish kuchini (atmosfera hisobida) quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin