O’simliklar fiziologiyasi


-rasm. Plazmoliz va deplazmoliz holatini o‘simlikdagi ko‘rinishi 6-rasm



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə32/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

5-rasm. Plazmoliz va deplazmoliz holatini o‘simlikdagi ko‘rinishi



6-rasm. Plazmoliz hodisasi: a-normal turgor holatdagi hujayralar; б-sitoplazmaning
hujayra po’stidan ajralishi. в-botiq plazmoliz; г-qavariq plazmoliz; д-sitoplazmaning ayrim uchastkalarida hujayra po’sti bilan bog’langan Gext ipchalari; E-qalpoqchali plazmoliz
Sitoplazmaning ba’zi bir qismlari sitoplazmatik ipchalar yordamida hujayra po’stiga bog’langan bo’ladi. Bu ipchalar Gyext ipchalari deb ataladi.
Oradan bir oz vaqt o’tgach, qoplagich oynaning bir chekkasiga bir tomchi suv tomizib, ikkinchi tomonidan dastlab tomizilgan kimyoviy eritma filtr qog’oz bilan shimdirib olinadi. Suvning qayta shimilishi natijasida sitoplazma dastlabki holatiga qaytadi, ya’ni deplazmoliz hodisasi roy beradi.
Nazorat uchun savollar:
1. Plazmoliz hodisasi deb nimaga aytiladi?
2. Deplazmoliz hodisasi qanday sodir bo’ladi?
3. Sitoplazmaning hujayra po’stida ajralish holatlarini ayting?


4-LABORATORIYA ISHI
Hujayraga moddalarning o’tishi va unda to‘planishi


Darsning maqsadi: Laboratoriya sharoitida hujayraga moddalarning o’tishi va unda to‘planishini kuzatish.
Kerakli asbob va reaktivlar: Kallodiy eritmasi yoki sellofan qog’oz, yod yoki FeCl3 eritmasi, 2 foizli kraxmal kleysteri yoki anor po’chog’idan tayyorlangan eritma, stakancha, keng og’izli probirka.
Ishni bajarish tartibi: Buning uchun og’zi keng toza quruq probirkaga kallodiy eritmasi quyiladi va devoriga yuqtirish uchun bir tekis aylantiriladi. Kallodiy yuqtirilgan probirka qo’lda ishqalab isitiladi. Undan efir hidi chiqishi tugagandan so’ng probirka sovuq suv bilan chayiladi, keyin devoriga yopishgan kallodiy pardasi pinset yordamida ajratiladi. Pardani oson ajratish uchun kallodiy pardasi bilan probirka devori orasiga bir necha tomchi suv tomizilsa, kallodiy xaltacha shaklida ajraladi. Xaltachani butun ekanligini aniqlash uchun puflab ko’riladi.
Agar kallodiy eritma bo’lmasa, eritma o’rniga sellofan qog’ozdan foydalanadi. Sellofan qog’oz ishqalanganda (shiqirdagan) ovoz chiqarishi va yupqa bo’lishi kerak.
Sellofan qog’ozga yoki kallodiy xaltacha ichiga 2 % li kraxmal eritmasi qo’yib, uni yod (I) yoki KI eritmasi solingan stakanga botiriladi. Oradan biroz vaqt o’tgach xaltacha ichidagi kraxmal eritmasi rangi o’zgara (ko’kara) boshlaydi. Bu hodisa chala o’tkazuvchi parda orqali sof eritma ionlari o’tishini, kalloid zarrachalarining kraxmal mitsellalari o’tmaganligini ko’rsatadi. Tajriba oxirida eritmadagi yod ionlari xaltacha ichiga o’tib bo’lganligi aniqlanadi.
Agar stakandagi sarg’ish yod eritmasi rangsizlanib qolsa, bu hodisa eritmadagi yod ionlari xaltachaga o’tib bo’lganligini ko’rsatadi. Buni quyidagicha tushinish mumkin. Kraxmal mitsellalari chala o’tkazuvchi parda orqali tashqariga o’ta olmaydi. Yod ionlari va molekulalari xaltacha ichiga bemalol o’tib, kraxmal bilan qo’shilishi natijasida boshqa turdagi birikmaga aylanadi, ya’ni yod kraxmal bilan bog’lanadi. Shu sababli yod tashqariga chiqmasdan xaltacha ichida to’planadi.


7-rasm. Moddalarning hujayra ichiga o’tishi unda to’planishi: a-kollodiy xaltacha , b-yod+kaliy yodid eritmasi, v-xaltacha osib qoyiladigan shisha tayoqcha


Eslatma. Kallodiy xaltacha o’rniga sellofan qog’oz, kraxmal kleysteri o’rniga anor po’chog’idan tayyorlangan eritmadan, yod eritmasi o’rniga FeCl3 ning och sariq eritmasidan foydalanish mumkin. Anor po’chog’idan eritma tayyorlash uchun u suvda qaynatilib, filtrlanadi. Po’choq tarkibidagi oshlovchi modda – tannin suvga ajralib chiqqach eritma sifatida ishlatiladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin