Nazorat uchun savollar:
1.O’simlik hujayrasiga suv qanday so’riladi?
2. Moddalarni hujayra membranasiga o’tishini handay aniqlanadi?
3. Gipotonik va gipertonik eritma nima?
5-LABORATORIYA ISHI Tirik va o‘lik hujayra membranasining hujayra shirasi moddalarini o‘tkazuvchanligi
Darsning maqsadi. Laboratoriya sharoitida tirik va o‘lik hujayra membranasining hujayra shirasi moddalarini o‘tkazuvchanligini kuzatish.
Umumiy ma’lumot:Betatsianin qizil lavlagi shirasining pigmenti bo‘lib, suvda yaxshi eriydi. Betatsianin molekulalari hujayra vakuolasidan chiqishi uchun sitoplazmatik matriks, tonoplast va plazmolemma (membrana) dan o‘tishi kerak. Membrana o‘tkazuvchanligiga turli kimyoviy moddalar va yuqori harorat kabi omillarning ta’siri turlicha bo‘lganligidan betatsianinning tashqi muhitga chiqish tezligi ham har xil bo‘ladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: Qizil lavlagi, 50% spirt, 30% sirka kislotasi, xloroform, Byuxner voronkasi, stakan, pipetka, probkali probirka, lineyka, shtativ, pichoq yoki skalpel, namuna oladigan parma.
Ishni bajarish tartibi: Qizil lavlagi ildizmevasining archilgan qismidan eni, bo‘yi, qalinligi 1 sm qilib, 5 ta bo‘lakcha kesib olinadi. Eslatib o‘tamiz, olinayotgan lavlagi mevasi so‘limagan bo‘lishi kerak. Lavlagi kesmalarini tayyorlash paytida shikastlangan hujayralar tarkibidagi moddalarni butunlay chiqazib olish uchun bo‘lakchalar 30 daqiqa davomida byuxner voronkasiga yoki chinni idishga solinadi va vodoprovod suvi tagida yuviladi. So‘ngra 5 ta probirka olib, ularning har bittasiga 1 tadan kesma tushiriladi. Birinchi probirkaga 10 ml sovuq suv, ikkinchisiga 10 ml qaynoq suv, uchinchisiga 10 ml xloroform, to‘rtinchisiga 10 ml 50 % li spirt va nihoyat beshinchisiga 30 % li atsetat kislotasi solinadi. Probirkalar tartib raqamlari bo‘yicha shtativga joylashtiriladi. Probirkalarni har 10-15 daqiqada chayqatib turiladi. Erituvchilarga tushirilgan lavlagi bo‘lakchalari 1-1,5 soat davomida o‘z tarkibidagi rangli moddalarni tashqi eritmalarga chiqazishlik tezligi har xil bo‘lganligidan, probirkalardagi eritmalar ham xar xil darajada bo‘yaladi. Eritmalar ranglarining o‘zgarishi quyidagi jadvalga yozib olinadi.