Kerakli asbob va reaktivlar: Undirilgan o‘simlik urug‘lari, azot elementini tutmagan eritma, fosfor elementini tutmagan eritma, kaliy elementini tutmagan eritma, o‘simliklarni o‘stirishda ishlatiladigan shisha idishlar, menzurka, o‘lchov kolbalari, pipetkalar, termometr, chizg‘ich.
Ishni bajarish tartibi: O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi jarayoniga N, P va K elementlarining ta’sirini o‘rganish uchun 12-laboratoriya ishida berilgan 1-jadval asosida tayyorlangan ozuqa eritmalaridan 0,5 litrdan 10 litrgacha bo‘lgan shisha idishlarga olib, ularda ilgaridan kristallizatorlarda undirilgan urug‘lar o‘stiriladi. Maysalarni muqobil sog‘lom holda o‘stirish uchun tajriba harorati 25-30°C bo‘lgan yorug‘ xonalarda o‘tkaziladi.
Odatda, laboratoriya sharoitida o‘tkaziladigan tajribalar qo‘yilgan maqsadga qarab 2 haftadan 6 haftagacha olib boriladi.
Tajriba davrida fenologik kuzatishlar olib boriladi: o‘simlik poyasining va ildizining o‘sishi, yangi chin barglarning chiqishi, shuningdek barg rangi va ildizlarining tashqi ko‘rinishida bo‘ladigan o‘zgarishlar daftarga yozib boriladi.
Tajribaga berilgan vaqt tamom bo‘lishi bilan o‘simlik organlari (bargi, ildizi, poyasi) alohida-alohida kesib olinadi va ularning ho‘l og‘irliklari tarozida tortib olinadi. Keyin esa bu organlar maxsus quritgich shkaflarida quritiladi va ularning quruq og‘irliklari analitik tarozida aniqlanadi. O‘simliklarning ho‘l va quruq og‘irliklari 12-laboratoriya ishidaberilganjadvalga yozib olinadi.
Nazorat uchun savollar: 1. Ozuqa aralashmalarini qanday tayyorlash mumkin?
2. Azot tutmagan ozuqa aralashmasi bilan oziqlantirish hosilga qanday ta’sir kо‘rsatadi?
3. Fosfor tutmagan ozuqa aralashmasi bilan oziqlantirish hosilga qanday ta’sir kо‘rsatadi?