O’simliklar fiziologiyasi


O’simlikning nur manbaidan uzoqligi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə66/73
tarix28.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#169160
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73
Усим.физ лаборатория 08.10.2021

O’simlikning nur manbaidan uzoqligi

Ekran

Harorat 0C

5 min. davomida ajralib chiqqan pufakchalar soni

40 sm

oq

200C




60 sm

oq

200C




80 sm

oq

200C




40 sm

oq

100C




60 sm

oq

100C




80 sm

oq

100C






Nazorat uchun savollar:

  1. Fotosintezga haroratning ahamiyati qanday?

  2. Fotosintezga harorat qanday ta’sir ettiriladi?

  3. Haroratning o’simliklarga qanday ta’siri bor?



27-LABORATORIYA ISHI
Unayotgan urug‘larga kislorod yutilishini aniqlash


Darsning maqsadi: Og’zi berkitilgan (ikkita) idishda ya’ni havo kira olmaydigan qilib bekitilgan kolba ichiga yangi unayotgan urug’lar qanday qilib nafas olishini aniqlash.
Umumiy ma’lumot: Nafas olish prosessi barcha tirik mavjudotlarga xos bo’lib, hayot uchun zarur energiya hosil qilishda asosiy manba hisoblanadi. Odamlar, hayvonlar va ko’pchilik o’simliklarda nafas olish erkin kislorod hisobiga boradi va aerob nafas olish prosessi deyiladi. Bunda sarflanadigan organik modda quyidagi tenglamaga muvofiq suv va karbonat angidridgacha parchalanadi.
C6N12O6 + 6O2 → 6CO2 + 6N2O + 674 kkal.
Kislorodsiz sharoitda o’simliklarda anaerob nafas olish prosessi sodir bo’lib, bunda quyidagi reaksiyaga muvofiq energiya ajralib chiqadi.
C6N12O6 → 2CN3CN2ON + 2CO2 + 35 kkal
Anaerob nafas olishda sarflanadigan organik moddaning oksidlanish natijasida etil spirt va karbonat angidrid ajralib chiqadi. Anaerob nafas olishda aerob nafas olishdagiga qaraganda energiya bir necha marta kam ajraladi. Kislorodsiz sharoitda hayot kechirishiga moslashgan ayrim mikroorganizmlarda anaerob nafas olish prosessi sodir bo’lib, oraliq mahsulotlar qatorida etil spirt, sut kislota, moy kislota va har xil gaz lar ajraladi. Mikroorganizmlarning anaerob nafas olish prosessi bijg’ish deyiladi. Nafas olish har qanday prosesslarida ham ajralgan energiyaning ko’p qismi mazkur mavjudotlarning hayot prosesslarida sarflansa, qolgan qismi issiqlik va yorug’lik ta’sirida tashqi muhitga tarqaladi. Bunda faqat organik moddalar sarflanmay, hayot uchun muhim bo’lgan birikmalar sintezlanadi. Demak aerob nafas olish, anaerob nafas olish va bijg’ish prosesslari juda murakkab bo’lib, bunda sarflanuvchi organik moddalar o’zgarishga uchraydi. Ma’lum vaqtda ma’lum miqdordagi o’simliklar to’qimasidan ma’lum miqdorda karbonat angidrid ajralishi nafas olish intensivligi deyiladi. Nafas olish intensivligi tashqi faktorlarga bog’liq bo’ladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin