Ishni bajarish tartibi:Mashg’ulotni o’tkazish uchun kolbaning yarmigacha ungan yoki nish otgan urug’ solib, ular orasiga KOH yoki NaOH eritmasi qoyilgan probirka joylanadi. Kolbaning og’zi egri shisha nay o’rnatilgan kauchuk tiqin bilan mahkam berkitiladi. Egri shisha nayning ikkinchi uchi rangli suv qoyilgan idishga botirib qoyiladi (4-rasm). Oradan 20-30 minut o’tgach, idishdagi rangli eritma shisha nay orqali yuqoriga ko’tarila boshlaydi. Urug’larning nafas olishi qancha kuchli bo’lsa, rangli eritmaning ko’tarilishi ham shuncha kuchayadi. Rangli eritmaning ko’tarilishi kolba ichidagi havoning siyraklashuviga bog’liq. Ungan urug’ nafas olish jarayonida kislorod qabul qilib, karbonat angidrid ajratadi. Ajralgan karbonat angidrid gazi probirkadagi ishqor bilan reaksiyaga kirishib bog’lanadi. Natijada kolba ichidagi havo siyraklashadi, uning o’rniga nay ichidagi rangli eritma ko’tariladi.
31-rasm. O‘simliklarda nafas olish jarayoni borishini isbotlash tajribasi.
Nazorat uchun savollar. 1. O’simliklarning nafas olishi nima?
2. Uning umumiy tenglamasini yozing?
3. Ungan urug’lar tomonidan kislorod qanday o’zlashtiriladi?